47-modda. Safarbarlik bo‘yicha va urush davrida harbiy xizmatga chaqirilish munosabati bilan fuqarolarni moddiy jihatdan ta’minlash Safarbarlik bo‘yicha va urush davrida harbiy xizmatga chaqirilgan fuqarolar bilan ish (xizmat)
joyida to‘la hisob-kitob qilinadi. Ularga amalda ishlagan vaqtlari uchun ish haqi, ishdan bo‘shatish
nafaqasi va foydalanilmagan ta’til uchun kompensatsiya to‘lanadi.
Safarbarlik bo‘yicha va urush davrida harbiy xizmatga chaqirilganlarning egallab turgan turar
joy maydoni saqlanib qoladi.
Oldingi tahrirga qarang. Safarbarlik bo‘yicha va urush davrida harbiy xizmatga chaqirilgan fuqarolarning oilalarini
davlat tomonidan ta’minlash qonunchilikka muvofiq amalga oshiriladi.
(47-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) 48-modda. Safarbarlikdan bo‘shatish Safarbarlikdan bo‘shatish O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmoniga asosan amalga
oshiriladi.
LexUZ sharhi Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 93-moddasining 18 bandi . Oldingi tahrirga qarang. Harbiy xizmatchilarni safarbarlikdan bo‘shatish bilan bog‘liq xarajatlar qonunchilikda
belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan amalga
oshiriladi.
(48-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) Oldingi tahrirga qarang. VIII . Harbiy xizmatchilarning, oliy harbiy ta’lim muassasalari kursantlarining (tinglovchilarining), harbiy yig‘inlarga chaqirilgan harbiy xizmatga majburlarning va safarbarlik