Umumiy holda kilogramm


 Laboratoriyada va natural o‘lchashlar. Biomexanik tavsiflar



Yüklə 44,85 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/2
tarix07.01.2024
ölçüsü44,85 Kb.
#206190
1   2
 
3.3. Laboratoriyada va natural o‘lchashlar. Biomexanik tavsiflar 
Harakat amali jarayonidagi biomexanik tavsiflarning o‗zgarishlari to‗g‗risidagi 
bilimlar har xil moddiy tizimlardan olinadigan birlamchi axborotda bazalashadi. 
Datchiklar odamga, sport jihozlariga va qurilmalariga, tayanch yuzalarga 
o‗rnatilishi mumkin. Kontaktsiz o‗lchash tizimlari ham qo‗llanadi. Datchik, 
odamga yoki uni qurshab turgan jismlarga bevosita tegib turadi. Uni qo‗llash 
paytida, biomexanik tavsif elektr signaliga aylanadi, u, kuchaytirilganidan keyin 
kompyuterning chiqish portiga beriladi. 


72 
Signal datchikdan ikkita usulda uzatiladi: o‗tkazuvchi aloqa orqali yoki 
radiosignal orqali, yorug‗lik signali, issiqlik (infraqizil) nurlanishi – buning 
barchasi datchik va qabul qiluvchining telemetrik aloqasi (―telemetriya‖, 
yunonchadan tele – uzoq; metron – me‘yor, ―masofadan turib o‗lchash‖ni 
anglatadi). 
O‘tkazuvchi aloqa
(o‗tkazuvchi telemetriya) foydalanishda eng sodda va 
elektrik yoki radio to‗siqlar paytida barqaror, lekin chegaralanishga ega – odam 
harakatlari parametrlarini o‗lchash paytida, uni fazoning berk sohasida qo‗llash 
mumkin. 
Bunday fazoviy-chegaralangan o‗lchash sifatida, odamni tribunada 
harakatlanishini, og‗ir atletik mashqlar, uloqtirish aylanasida uloqtiruvchining 
harakatlari va hokazolarni tadqiq qilish xizmat qiladi. Ularning barchasi 
laboratoriya o‗lchashlariga mansub. 
Radiotelemetriya
, datchikdan bitta yoki bir nechta radiokanallar orqali 
olinadigan birlamchi axborotni uzatishni ta‘minlaydi. Uzatishning ushbu usuli 
odamning alohida biomexanik parametrlarini harakat faoliyatining tabiiy 
sharoitlarida nazorat qilish imkonini beradi. Odamning tanasiga datchiklar va 
radiouzatgich – miniatyurali ko‗p kanalli uzatuvchi moslama mustahkamlanadi. 
Stadion, zal, basseynning biron-bir qismiga o‗rnatiladigan qabul qilish 
moslamasining antennasi signallarni ushlaydi, moslamaning o‗zida esa, qabul 
qilingan signal qayta kodlashtiriladi va eslab qolinadi. Telemetriya qo‗llanilgan 
paytida odamning harakatlari chegaralanmaganligi tufayli, ma‘lumotlarni qayd 
qilish va uzatishning mazkur usulini natural o‗lchash deb, ya‘ni odam o‗zining 
harakat amallarini tabiiy tarzda amalga oshirganda, masalan, musobaqalar yoki 
trenirovkalar vaqtidagi kabi yetarlicha katta fazodagi harakatlanishlar bilan 
o‗lchash deb aytish mumkin. So‗zsiz, o‗lchashning kontaktsiz vositalari bilan 
biomexanik parametrlarni o‗lchashni, odam harakatlarining erkinligini 
chegaralamaydigan natural o‗lchashlar qatoriga kiritish mumkin. 

Yüklə 44,85 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin