Oksidlarni formulasini tusish – deyarli barcha oksidlarda kislorod ikki valentlik namoyon qiladi. Elementni beldisidan keyin kislorod beldisi yozilib, valentliklar almashtirilib indeks sifatida yoziladi. Masalan:
Kaliy oksidi – K2O
Natriy oksidi – Na2O
Mis oksidi – CuO
Magniy oksidi – MgO
Alyuminiy oksidi – Al2O3 Ftor oksidi – F2O
Vodorod oksidi – H2O (suv)
Oksidlarni nomlash – elementni nomiga oksidi so’zi qo’shib birikmalarning nomi yasaladi. Agar element o’zdaruvchan valentli bo’lsa, element no midan keyin qavs ichida uning valentligi rim raqamida ko’rsatiladi. Masalan:
Mis (II) oksidi – CuO
Magniy (II) oksidi – MgO
Uglerod (II) oksidi – CO
Alyuminiy (III) oksidi – Al2O3 Temir (III) oksidi – Fe2O3 Nikel (III) oksidi – Ni2O3 Uglerod (IV) oksidi – CO2 Oltingugurt (IV) oksidi – SO2 Kripton (IV) oksidi – KrO2 Oltingugurt (VI) oksidi – SO3 Xlor (V) oksidi – Cl2O5 Fosfor (V) oksidi – P2O5 Yod (VII) oksidi – I2O7 Brom (VII) oksidi – Br2O7 Osmiy (VIII) oksidi - OsO4
Oksidlar kimyoviy xossalariga qarab quydagilarga bo’linadi: 1) Аsosli oksidlar – asoslarga muvofiq keladigan oksidlar, ularga metallarning past valentli oksidlari misol bo’ladi: Na2O, K2O, CaO, MgO, BaO .
2) Кislotali oksidlar – kislotalarga muvofiq keladigan oksidlar, ularga metallmaslarning barcha oksidlari va metallarning 5,6,7,8 valentli oksidlari misol bo’ladi, ular kislota angidridlari ham deb yuritiladi. SO3, CO2, N2O5, P2O5, NO2, CrO3, SiO2, CI2O7