Laboratoriya ishi №3 Anionlarni ochish reaksiyalari va aralashmasini analizi. Anionlar ochish reaksiyalarini bajarish va aralashmasini analizini bajarish. Sulfat ion – SO42-, sulfit ion – SO32-, karbonat ion-SO32-, fosfat ion – PO43-, arsenat ion – AsO43-, arsenit ion – AsO33-, borat ion – BO33-, yoki tetraborat ion - B4O72-, xromat ion – CrO4- yoki dixromat ion – Cr2O72-, ftorid ion - F-, silikat ion – SiO32-, oksalat ion –C2O42- va boshqalar kiradi. Sanab o‘tilgan ionlar Ba2+ ionlari bilan suvda qiyin eriydigan, ammo kislotalarda eriydigan tuzlar hosil qiladi. Shuning uchun 1-analitik gruppa anionlari kislotali eritmalardan bariy tuzlari holida cho‘kmaga tushmaydi.
Demak, neytral yoki kuchsiz asosli eritmada pH-7-9 bo‘lganda BaCl2 I-analitik gruppa anionlarining reagentidir. I-analitik guruh anionlarining Ag+ ioni bilan hosil qilingan tuzlari II analitik guruh anionlari hosil qilgan tuzlardan suyultirilgan kislotalarda va xatto suvda Ag2SO4 va AgF erishi jihatidan farq qiladi. AsO33- va AsO43- anionlarining reaksiyalari As+3 va As+5 xossalarini o‘rganishda ko‘rib chiqilgan. Sulfat ion SO42- sulfat kislota N2SO4 ning anionidir. Sulfat kislota kuchli kislota bo‘lib, faqat galogenid kislotalar HCl, HBr, HJ va nitrat kislotadan HNO3 kuchsizroqdir.
SO42- - ionining xususiy reaksiyasi.
1. Bariy xlorid BaCl2 (Ba2+ ioni) Sulfat ioni bo‘lgan eritmalar bilan oq cho‘kma BaSO4 hosil qiladi. Bariy sulfat kuchli kislotaning tuzi bo‘lib suvda qiyin eriydi, kislotalarda esa erimaydi. Bu bilan BaSO4 boshqa hamma anionlarning bariy tuzlaridan farqlanadi; uning ana shu xossalaridan SO42- ionini topishda foydalaniladi:
Ba2+ + SO4-2 → BaSO4↓
Tajriba: Probirkada natriy sulfatning – Na2SO4 2-3 tomchi eritmasiga 2-3 tomchi bariy xlorid eritmasi qo‘shiladi. Cho`kma 2 qismga bo‘linadi, hamda uning xlorid kislota va ishqorda erishi tekshiriladi.
qo‘rgoshin tuzlari (Pb2+ ioni)
qo‘rgoshinning eruvchan tuzlari SO42- ionlari bilan qo‘rgoshin sulfatning suyultirilgan kislotalarda erimaydigan lekin qizdirilganda o‘yuvchi ishqorlarda va ammoniy atsetatda eriydigan oq cho‘kmasini hosil qiladi:
Pb2+ + SO4-2 → PbSO4↓
Tajriba: 4-5 tomchi sulfat kislotga yoki uning tuzi eritmasiga shuncha eritma qo‘shiladi. Cho‘kmaning ishqorlarda va konsentrlangan ammoniy atsetat eritmasida qizdirilganda erishi tekshirib ko‘riladi. Konsentrlangan H2SO4 PbSO4 cho‘kmasini eritib, qo‘rgoshin gidrosulfat hosil qiladi.
PbSO4 + H2SO4→ Pb(HSO4 )2↓