Umumiy kimyo



Yüklə 0,91 Mb.
səhifə16/44
tarix25.12.2023
ölçüsü0,91 Mb.
#194806
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   44
Analitik laboratoriya 2 kurs

    Bu səhifədəki naviqasiya:
  • Tajriba
3. AgNO3 - kumush nitrat (Ag+ ioni)
AgNO3 SO32- ionlari bilan neytral muhitda kumush sulfitning oq kristal cho‘kmasini hosil qiladi:
Na2SO3 + 2AgNO3 → Ag2SO3 + 2NaNO3
SO3-2 + 2Ag+ → Ag2 SO3
Cho‘kma HNO3 va NH4OH da eriydi: Ortiqcha miqdor Na2SO3 da cho‘kma kompleks tuz hosil qilib eriydi.
Ag2SO3 + Na2SO3 → 2Na [Ag(SO3)]
Kompleks tuz eritmasi yoki Ag2SO3 cho‘kmasi qaynatilganda kumush metali ajralib chiqadi:
2Na [Ag(SO3)] → 2Ag + Na2SO4 + SO2
Tajriba: Natriy sulfitning 4-6 tomchi eritmasiga shuncha kumush nitrat qo‘shiladi. Cho‘kmali eritma uch qismga bo‘linadi va cho‘kmaning suyultirilgan nitrat kislotada, ammoniy gidroksidda va ortiqcha miqdor natriy sulfitda erishi tekshiriladi. Uchinchi probirkadagi eritma qaynatiladi va eritmadan kumush metalining ajralishi kuzatiladi.
CO32- ionlarining xususiy reaksiyasi.
1.BaCl2 bilan o‘tkaziladigan reaksiya
BaCl2 CO32- ionlari bilan nitrat, xlorid va sirka kislotalarda eriydigan bariy karbonatning oq cho‘kmasini hosil qiladi:
CO3-2 + Ba2+→ BaСO3
Tajriba: natriy karbonatning 4-5 tomchi eritmasiga shuncha bariy xlorid qushiladi. Cho`kmaning kislotalarda erishi tekshiriladi.
2.Kislotalar bilan o‘tkaziladigan reaksiya
Suyultirilgan kislotalar karbonatlarni parchalaydi, bunda karbonat angdrid ajralib chiqadi.
Na2CO3 + 2HCl → 2NaCl + H2O +CO2
CO3-2 + H+ → H2O + CO2
Bu CO32- ioniga spetsifik reaksiyadir. Karbonat angidrid gazining ajralib chiqishi ohakli yoki bariyli suvning loyqalanishidan aniqlanadi:
Ca(OH)2 +CO2 → CaCO3↓ + N2O
CO2 ni uzoq vaqt yuborilganda cho‘kma kalsiy bikarbonat hosil bo‘lishi natijasida eriydi:
CaCO3 + H2O → CO2 + Ca(HCO3)2
Tajriba: Tajriba sulfit angidrit gazini aniqlash uchun ishlatiladigan asbobda o‘tkaziladi. Asbob sklyankasiga 5-6 tomchi karbonat eritmasi va shuncha xlorid kislota solinadi. Sklyanka og‘zi 1-2 tomchi ohakli suv bor pipetka o‘tkazilgan probka bilan tez berkitiladi va ohakli suvning loyqalanishi kuzatiladi.

Yüklə 0,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   44




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin