Umumiy kimyo



Yüklə 0,91 Mb.
səhifə18/44
tarix25.12.2023
ölçüsü0,91 Mb.
#194806
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   44
Analitik laboratoriya 2 kurs

    Bu səhifədəki naviqasiya:
  • 1.BaCl
2.Kumush nitrat–AgNO3 bilan o‘tkaziladigan reaksiyalar
AgNO3 fosfat ionlar bilan kumush fosfatning sariq cho‘kmasini hosil qiladi, bu cho‘kma mineral kislotalarda va ammoniy gidroksidda oson eriydi:
Na2HPO4 + 3AgNO3 → Ag 3PO4↓ +2NaNO3 + HNO3
HPO3-2+ 3Ag+ → Ag3PO4 + H+
Tajriba: Natriy gidrofosfatning 4-5tomchi eritmasiga shuncha kumush nitrat qo‘shiladi. Olingan cho‘kmaning nitrat kislotada va ammoniy gidroksidda erishi tekshiriladi.
PO43- - ortofosfat kislota anioni, rangsizdir.
CrO42- -xrom ionlarining reaksiyalari.
CrO42- anioni – sariq rangli, kislotali muhitda u zarg‘aldoq rangli Cr2O72- ga aylanadi:
2CrO4-2 + 2H ® Cr2O7-2 + H2O
Xromat va dixromat kislotalar faqat eritmalardagina mavjud bo‘ladi va ularni toza holda ajratib olishga harakat qilinsa ular xromat angdrid CrO2 bilan suvga parchalanadi:
1.BaCl2-bariy xlorid bilan o‘tkaziladigan reaksiya
Bariy xlorid-BaCl2 xromat ionlar bilan bariy xromatning sariq cho‘kmasini hosil qiladi:
CrO4-2 + Ba2+ → BaCrO4
Tajriba: 2-3 tomchi bariy xlorid yoki nitratga shuncha kaliy xromat quyiladi. Bariy xromatning oq-sariq cho‘kmasi tushishi kuzatiladi.


SiO32--silikat ionlarining reaksiyalari.


1.Bariy xlorid-BaCl2 bilan o‘tkaziladigan reaksiyalari
BaCl2 silikat ion SiO32- bilan oq cho‘kma BaSiO3 hosil qiladi. Kislotalar uni parchalab, har xil silikat kislotalar aralashmasidan iborat bo‘lgan iviq cho‘kmaga aylantiradi.
BaCl2 + Na2SiO3 ® BaSiO3↓ + 2NaCl
Ba2+ + SiO3-2 ® BaSiO3
Tajriba: Natriy silikat eritmasiga bariy xlorid eritmasidan tomizganda oq cho‘kma hosil qiladi. Bu cho‘kmani 2 ga bo‘lib, 1-siga HCl eritmasidan quyilganda, oq cho‘kma parchalanib, iviq cho‘kmaga aylanadi.

Yüklə 0,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   44




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin