2.Kumush nitrat AgNO3bilan o‘tkaziladigan reaksiyalar AgNO3 silikat eritmalari bilan HNO3 da eritilganda sariq cho‘kma Ag2SiO3 hosil qiladi.
Na2SiO3 + 2AgNO3 → Ag2 SiO3↓ + 2NaNO3 SiO3-2 + 2Ag+ → Ag2SiO3↓
Tajriba: Porbirkaga natriy silikati eritmasidan 2ml quyib, ustiga AgNO3 eritmasidan bir necha tomchi tomizilsa, probirkada sariq cho‘kma paydo bo‘ladi. Cho‘kmaga AgNO3 tomizilsa sariq cho‘kma erib ketadi.
Suyultirilgan kislotalarni silikatlarning uncha suyultirilmagan eritmalariga ohista qo‘shilsa, silikat kislotalar oq iviq cho‘kma (gel) holida cho‘kadi. Ba’zan probirkadagi aralashmaning hammasi iviqqa aylanadi. Kislota tez qo‘shiladigan bo‘lsa (ayniqsa silikatlarning suyultirilgan eritmasida) cho‘kma darhol hosil bo‘lmaydi, yoki ko‘p vaqtgacha hosil bo‘lmasligi mumkin. Bunda silikat kislotalar eritmada kolloid (zol) holida qoladi. Iviq hosil bo‘lishida ham qisman kolloid eritma olinadi. SHuning uchun kislotalar ta’sirida silikat kislotalar to‘liq cho‘ka olmaydi. Silikat kislotalarni to‘lik ajratish uchun eritmani konsentrlangan HCl bilan cho‘kma quriguncha bir necha marta bug‘latish kerak. Bunda silikat kislotalar erimaydigan holga keladi va qolgan qoldiqqa kislota qo‘shilgan suv bilan ishlov berib sentrifugada ajratib olish mumkin.
Borat ionlar – B4O72- va BO2- ning xususiy reaksiyalari. 1.BaCl2 -bariy xlorid bilan o‘tkaziladigan reaksiya. BaCl2 buraning konsentrlangan eritmalaridan bariy metaboratning sirka, xlorid va nitrat kislotalari eriydigan oq cho‘kmasini cho‘ktiradi:
Na2B4O7 + BaCl2+ 3H2O → Ba(BO2)2↓ +2H3BO3 +2NaCl
B4O72- + Ba2+ + 3H2O → Ba(BO2)2↓ +2H3BO3