Umumiy kimyo



Yüklə 0,91 Mb.
səhifə27/44
tarix25.12.2023
ölçüsü0,91 Mb.
#194806
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   44
Analitik laboratoriya 2 kurs

Laboratoriya ishi №7
Mavzu: Ishchi ishqor eritmasini konsentratsiyasini aniqlash. Berilgan kislota foiz konsentratsiyasini aniqlash

Kislota-asosli titrlash (protolitometriya) Kislota-asosli reaksiyalarga asoslangan barcha titrimetrik (hajmiy) aniqlashlar kislota-asosli titrlash usuliga kiradi. Bu usulda biror kislotaning titrlangan eritmasidan foydalanib, ishqorlarning miqdorini yoki ishqorning titrlangan eritmasidan foydalanib, kislotalarning miqdorini aniqlash mumkin. Shuningdek kislota-asosli reaksiyalar bilan bog`liq boshqa aniqlashlar ham o'tkaziladi. Masalan, gidrolizlanish natijasida kuchli ishqoriy muhitga ega bo`ladigan va shuning uchun ham kislotalar bilan titrlanadigan Nа2СО3 va Na2B4O7 ga o'xshash ba'zi tuzlar, suvning qattiqligi, ammoniyli tuzlar, organik birikmalar tarkibidagi azotni aniqlash kabilar bunga misol bo'ladi.


Kislota-asosli atsidimetriya usulining asosiy ish eritmalari kuchli kislotalar - HC1, НСlO4 yoki H2SO4, alkalimetriya usulining asosiy ishchi eritmalari ishqorlar - NaOH, KOH yoki tetraalkil (tetrametil- tetraetil-, tetrabutil-) ammoniy gidroksidlar eritmasidir. Lekin bu moddalar boshlang'ich moddalarga qo'yiladigan talablarga javob bermaydi. Shuning uchun ularning titrlangan eritmalarini bevosita namuna tortimlari asosida tayyorlab bo'lmaydi. Bunday moddalarning taxminiy konsentratsiyali eritmalari tayyorlanib, ularning titri malum titrli standart eritma yordamida aniqlanadi. Kislotalarning titrini aniqlash uchun qayta kristallanganda toza holda dastlabki moddalarga qo'yiladigan talablarga javob beradigan bura (Na2B4O7 *10H2O) yoki soda (Na2СО3*10H2O), ishqorlarning titrini aniqlash uchun esa, ko`pincha, oksalat kislota (H2C2O4 *2H2O) yoki kahrabo kislota ishlatiladi.
Titrlash uchun eritmalar tayyorlash Xlorid kislotaning taxminiy 0,1 N eritmasini tayyorlash. Xlorid kislota dastlabki moddalarga qo'yiladigan talablarga javob bermaydi. Shuning uchun odatda uning taxminiy konsentratsiyali eritmasi tayyorlanib, uning titri buraning standart eritmasi yordamida aniqlanadi. Xlorid kislotaning taxminiy 0,1 N eritmasini tayyorlash uchun laboratoriyada mavjud bo'lgan konsentrlangan kislotaning molyar konsentratsiyasini uning zichligi (p) bo'yicha ma'lumotnomadan topamiz va tayyorianishi mo'ljallangan hajmli (Vt) eritmani tayyorlash uchun talab etiladigan kislotaning hajmi hisoblanadi.
Kislota-asosli titrlash (protolitometriya)
Kislota-asosli reaksiyalarga asoslangan barcha titrimetrik (hajmiy) aniqlashlar kislota-asosli titrlash usuliga kiradi. Bu usulda biror kislotaning titrlangan eritmasidan foydalanib, ishqorlarning miqdorini yoki ishqorning titrlangan eritmasidan foydalanib, kislotalarning miqdorini aniqlash mumkin. Shuningdek, kislota-asosli reaksiyalar bilan bog‘liq boshqa aniqlashlar ham o‘tkaziladi. Masalan, gidrolizlanish natijasida kuchli ishqoriy muhitga ega bo‘ladigan va shuning uchun ham kislotalar bilan titrlanadigan Na2CO3 va Na2B407 ga o‘xshash ba’zi tuzlar, suvning qattiqligi, ammoniyli tuzlar, organik birikmalar tarkibidagi azotni aniqlash kabilar bunga misol bo‘ladi.
Kislota-asosli atsidimetriya usulining asosiy ish eritmalari kuchli kislotalar - HC1, НСlO4 yoki H2S04, alkalimetriya usulining asosiy ishchi eritmalari ishqorlar - NaOH, KOH yoki tetraalkil (tetrametil- tetraetil-, tetrabutil-) ammoniy gidroksidlar eritmasidir. Lekin bu moddalar boshlang‘ich moddalarga qo‘yiladigan talablarga javob bermaydi. Shuning uchun ularning titrlangan eritmalarini bevosita namuna tortimlari asosida tayyorlab bo‘lmaydi. Bunday moddalarning taxminiy konsentratsiyali eritmalari tayyorlanib, ulaming titri ma'lum titrli standart eritma yordamida aniqlanadi. Kislotalarning titrini aniqlash uchun qayta kristallanganda toza holda dastlabki moddalarga qo‘yiladigan talablarga javob beradigan bura (Na2B4O7*10H,O) yoki soda (Na2CO3*10H2O), ishqorlarning titrini aniqlash uchun esa, ko‘pincha, oksalat kislota (H2C2O4 *2H2O) yoki qahrabo kislota ishlatiladi.

Yüklə 0,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   44




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin