83
o’zgartirib, uning rivojlanishini tezlashtiradi, natijada insonning iqtisodiy istiqboliga
katta yo’l ochib beradi. Lekin iqtisodiyotda va uning pul xo’jaligida ishlar
yomonlashib borsa, muomala qisqarib, pul qadrsizlanib, o’rniga eskicha bevosita
tovarlar almashuvi — barterning kuchayishi yuz beradi. Amaliy hayotimizda bunday
misollar ko’p uchraydi, ya’ni pulni o’lchov birligi vazifasidan asta-sekin
chetlashtirib, uning o’rnini eng zarur, talabi yuqori tovarlar egallagan.
Qiymat o’lchovidan kelib chiqadigan pulning keyingi xususiyati jamg’arish
vositasi
ekanligidir. Pul paydo bo’lishi, o’z faoliyati va ta’sirini kengaytira borishi
tufayli daromadni saqlash, uning bir qismini zarur vaqtgacha jamg’arib borish
imkoni tug’iladi. Shu bilan boylikning bir qismini pul sifatida jamg’arish sharoiti
yaratiladi.
Masalan, biron-bir qadrli buyum, ko’proq sarmoya talab etadigan narsa sotib
olish maqsadi paydo bo’lsa, albatta pulning bu xususiyati, vositachiligi qo’l keladi.
Daromadning bir qismi sarf etilmay saqlanib boriladi va kerakli hajmda pul
jamg’arilishi bilan katta xarid qilish imkoni tug’iladi. Uy, mashina yoki boshqa
shunday katta qimmatli tovarlar sotib olish shular jumlasidandir. Hozir esa, ayniqsa,
rivojlangan mamlakatlarda bularning hajmi kengayib borib, ko’pchilik ro’zg’or
buyumlar, ya’ni mebel, gilam, xolodilnik, televizor, magnitofon va boshqa shunga
o’xshash tovarlar qo’shilmoqda.
Pulning bu sohadagi katta ustuvorligi shuki, uni istagan vaqtda va zarur
mikdorda ma’qul tovarga aylantirish mumkin. Bu juda qulaydir. qadrli va qimmat
buyumlar ham jamg’arma sifatida xizmat qila oladi. Ayniqsa, "o’lmas mollar"
qadrlidir. Lekin bularni pulga aylantirish va ayni zarur tovar sotib olish ma’lum
vaqtni talab etadi. Pul jamg’armasi esa bu ishning juda oson va tez amalga oshishini
ta’minlaydi.
Pulning xususiyatlari tufayli uning bajaradigan vazifalari, muomalasini
uyushtirish, pullarni ayirboshlash, saqlash, sotish, moliya va kreditni amalga oshirish
kabi iqtisodiy munosabat, aloqalar yuzaga keladi. Bular keyingi mavzu va
mulohazalarga yo’l ochib beradi.
Dostları ilə paylaş: