Umumiy ma'lumoti tayyori. Doc



Yüklə 5,03 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə72/154
tarix27.12.2023
ölçüsü5,03 Kb.
#199433
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   154
Bozor iqtisodiyoti va biznes asoslari

sug’urta fondlari 
katta o’rin egallaydi. Ma’lumki, sug’urta 
moliya munosabatlarining bir turidir. Buning daromad manbai sug’urtalangan aholi 
va xo’jaliklarning pul manbaidan iborat bo’lib, mahsulot qiymati taqsimotida bir 
qismini sug’urtaga ajratish tufayli pul fondi, sug’urta fondi paydo bo’ladi. 
Sug’urtalash shu fondni tashkil etish, taqsimlash va ishlatish kabi jarayonlarni o’z 
ichiga oladi. 
Sug’urtalash tub mazmuni bilan zararni qoplash maqsadida zarar ehtimoli 
Investitsiya 
Ijtimoiy -
madaniy 
Boshkaruv
Harbiy
Davlat byudjeti 
xarajatlari
PDF created with pdfFactory trial version 
www.pdffactory.com


92 
asosida yuzaga keladi. Sug’urta ob’ekti xilma-xildir. Shunga ko’ra u ikkiga 
bo’linishi mumkin: mol-mulk sug’urtasi va ijtimoiy sug’urta. Mol-mulkka boylik 
turlarini sug’urtalash kirsa, ijtimoiy sug’urtaga hayotiy, turmush xotirjamligi kiradi. 
Tadbirkorlik xavf-xatarini sug’urtalash ham paydo bo’lib, kengaymoqda. 
Ijtimoiy sug’urtaning ahamiyati ortib bormoqda, bunga ajratiladigan pul 
resurslari ko’paymoqda. Buning uch manbai mavjud: davlat, korxona va tashkilot 
hamda shaxsiy mablag’lar. Bular jamiyat a’zolarining mehnatga yaroqsiz, o’zini 
ta’minlay olmaydigan qismlari uchun ishlatiladi. 
Bozor iqtisodiyoti sharoitida 
tibbiy sug’urta 
ham kengaymoqda. Bundan 
maqsad insonlar sog’lig’ini
saqlash bo’lib, pirovardida barchaga minimal tibbiy yordam 
berishni tashkil etish, sug’urtalanganlarning salomatligini ta’minlash bilan bog’iq 
xarajatlarni qoplashdan iboratdir. Bu sug’urta fondi ham davlat, korxona, 
firmalarning majburan ajratadigan va fuqarolarning o’z xohishlari bilan ajratadigan 
pul mablag’laridan tarkib topadi. 
Tadbirkorlik sug’urtasi 
tadbirkorning faoliyatini kafolatlashda ahamiyatlidir. 
Bunda foydani kam olish yoki 
olmaslik xavfi, pul tushumining o’z vaqtida bo’lmasligi, savdo-sotiqdagi 
noxush hodisalar kabilar sug’urtalanadi. Bu sug’urta tadbirkorning ishonch bilan ish 
boshlashiga yordam qiladi, uni sinish holatidan asraydi, faoliyatiga dalda bo’ladi. 
Sug’urtalar ham oldi-sotdi ob’ekti bo’lib, o’z bozorlarini tashkil etadi. Sug’urta 
resurslaridan kapital sifatida keng foydalaniladi, ayniqsa, ishlab chiqarishga keng jalb 
etishda qo’l keladi. 
Notijorat tashkilot, muassasalar, ya’ni kasaba uyushmalari, ko’ngilli jamiyatlar, 
partiyalar, yoshlar, xotin-qizlar va faxriylar ittifoqlari, ijodiy uyushmalar, ilmiy-
ma’rifiy tashkilotlar kabilarning ham moliyasi mavjud bo’lib, ular ham turli 
manbalardan yig’iladi. Vaqtincha ortiqcha bo’lgan ulardagi pul mablag’lari tijorat 
ishlarda qo’llanilishi va moliya bozorida ishtirok etishi mumkin. 
Х
ayriya maqsadida homiylik tufayli yig’ilgan pullar ham o’z moliyasini tashkil 
etib, yuqorida aytganimizdek, turli jarayonlarda ishtirok etadilar. Bunda maxsus va 
xayriya fondlari katta o’rin tutadi. 
Х
ayriya fondlari ko’ngilli bo’lib, miqdori 
chegaralanmaydi va faqat savob ishlar uchun xayriya sifatida ishlatiladi. Islom 
mamlakatlarida vaqf fondi tashkil etilgan. Bunga er, imorat, antikvar, qadrli kitoblar, 
pul va boshqa boyliklar kiradi. O’zbekistonda shunga o’xshash mahalla, navro’z kabi 
fondlar mavjud. 
Bozor va aralash iqtisodiyot sharoitida, erkin va demokratlashgan ijtimoiy-
iqtisodiy sharoitda moliyaning turlari, ayniqsa makromoliya turlari, xillari juda ko’p 
bo’lib, ular pul xususiyatlaridan keng foydalanish imko-nini beradi va iqtisodiy o’sish 
hamda inson turmushi darajasini ko’tarishda barcha imkoniyatlarni ishga solishga 
yordam beradi. 

Yüklə 5,03 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   154




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin