Umumiy ma'lumoti tayyori. Doc



Yüklə 5,03 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə74/154
tarix27.12.2023
ölçüsü5,03 Kb.
#199433
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   154
Bozor iqtisodiyoti va biznes asoslari

 
Internet veb-saytlari 
 
1.
http:\\www.cer.uz
 –
O’zbekiston Respublikasining “Iqtisodiy tadqiqotlar markazi” 
ning “Ekonomicheskoe obozrenie” jurnalining elektron manzili. Turli xil 
iqtisodiy mavzularga oid materiallarni olishga imkon beradi. 
2.
http:\\www.economyfaculty.uz – “Mikro-makroiqtisodiyot” kafedrasi sayti 
mavjud bo’lgan veb-sayt
3.
http:\\economics.com.ua –bozor iqtisodiyotiga taalluqli bo’lgan ma’lumotlar veb-
sayti 
PDF created with pdfFactory trial version 
www.pdffactory.com


94 
4.
http:\\www.bearingpoint.uz – “O’zbekiston iqtisodiyoti” qo’llanmasiningg veb-
sayti 
5.
http:\\goldenpages.uz – iqtisodiyotning eng so’nggi yangiliklari 
6.
http:\\rea.ru – Rossiya iqtisodiyot akademiyasining veb-sayti 
7.
http:\\5ballov.ru –diplom, dissertatsiya, referat va kurs ishlarining namuna 
variantlarini o’zida qamrab olgan veb-sahifa. 
8.
http:\\bankreferatov.ru –diplom, dissertatsiya, referat va kurs ishlarining namuna 
variantlarini o’zida qamrab olgan veb-sahifa. 
 
PDF created with pdfFactory trial version 
www.pdffactory.com


95 
XIII-MAVZU. KREDIT VA BANKLAR FAOLIYATI
 
13.1. Kredit tushunchasi 
13.2. Banklar 
13.3. Banklar turi 
 
13.1. Kredit tushunchasi 
 
Pul harakati va pul mablag’lari bilan bog’liq bo’lgan bozor iqtisodiyotidagi 
muhim voqeliklardan yana biri kreditdir. Moliya va kreditning umumiyligi 
shundaki, ikkovi ham pul mablag’lari bilan bog’liq iqtisodiy munosabatlardan iborat. 
Lekin ular o’rtasida muhim farq ham mavjud. YA’ni moliya xo’jalik egalarining 
pullari bilan bo’lgan munosabatlarni o’z ichiga olsa, kredit qarz pullar harakati va ularga 
bog’liq munosabatlarni bildiradi. Moliyada pulni ishlatish erkin va xarajatsiz amalga 
oshsa, kreditda bu xaq to’lash tufayli va muhlati kelganda qaytarib berish sharti bilan 
ishlatish huquqiga ega bo’linadi. 
Kredit pullarning harakati, aylanishda bo’lishi bo’sh, vaqtincha ishlatilmay 
erkin holdagi pullar mavjudligidan kelib chiqadi. Pul egalari ixtiyorida vaqtincha 
bo’sh turgan pullarni foiz bilan qaytarish sharti asosida ma’lum vaqt ichida ishlatish 
uchun olinadi. Ko’rinib turibdiki, kredit qarz beruvchi pul egasi bilan qarz oluvchi 
tadbirkor yoki iste’molchi o’rtasida bo’ladigan aloqadan kelib chiqadi. Kreditning 
umumiy sub’ektlari qarz beruvchi puldor va qarzdor tadbirkordir. Bu erda shuni 
ilova qilish o’rinliki, kredit shaxsiy iste’mol yoki kapital sifatida foydalanilishi 
mumkin. Biz asosan ikkinchisi, ya’ni kapital ustida so’z yuritamiz. 
Shunday qilib, har qanday pul kredit ob’ekti bo’lavermaydi, faqat hozircha 
ishlatilmayotgan va vaqtincha egasi qo’lida bo’sh turgan pul, qarzga berilishi 
mumkin bo’lgan pul kredit ob’ekti bo’lib hisoblanadi. Bunday pul egalari aholi, 
korxona va firmalar, shuningdek, davlat bo’lishi mumkin, ayni vaqtda qarz 
oluvchilar ham ayni shulardir. 
Kreditning o’zi takror ishlab chiqarish jarayonidan kelib chiqadiki, ayni vaqtda 
pulga muhtojlar ham ko’p bo’ladi va shuningdek, puli vaqtincha bo’sh bo’lgan pul 
egalari ham ko’p bo’ladi. Masalan, ishlab chiqarish, tovarlar sotilishi vaqtida pullar 
bo’sh bo’lsa, tovarlar sotib olish, ya’ni xomashyo, materiallar, energiya sotib 
olishda, ish xaqi to’lash vaqtida pullar ko’p kerak bo’ladi. Iqtisodiy aylanma 
jarayonida bir vaqtda bo’sh pulni ishlatishni istovchi va pulga muhtoj va uni 
axtaruvchilar mavjuddir. Bunday muammolar kredit orqali hal qilinadi. Aytaylik, 
amortizatsiya ajratmalari, investitsiyaga atalgan pullarning xomashyo va materiallar 
pulining yig’ilib borishi, ish xaqining ma’lum vaqtdagina to’lanishi tufayli yig’ilib 
borishi kabilar bevosita ishlab chiqarish jarayonlari bilan bog’liqdir. Bulardan 
tashqari aholini ijtimoiy himoyalashga ajratiladigan pullar ham ma’lum vaqt ichida 
jamg’arilib, so’ngra ishlatiladi. Aholi iste’molida ham shunday holatlar bo’ladi va 
ma’lum qism daromad jamg’arilib boriladi. Davlat moliyasida ham pul yig’ilishi va 
vaqti-soati kelganda sarf etilishi tabiiydir. Bular qarz berish uchun, ya’ni kredit 
uchun manbalar bo’lib xisob-lanadiki, ular ayni vaqtda qarz fondlarini shakllantirib 
PDF created with pdfFactory trial version 
www.pdffactory.com


96 
boradi. 
Demak, iqtisodiy hayotning o’zi, pul resurslarining harakati, pullarning 
ishlatilishidagi davriylik kabilar kreditga asos solib, uni bo’sh pullar bilan ta’minlab 
turadi. Albatta bu kreditning bir tomoni, ya’ni kredit bozoridagi taklifning shakllanish 
jarayonidir. Ma’lumki, shu bilan birga talab zarur. Pul mavjud ekan, u doimo aylanib, 
harakatda bo’lar ekan, demak, unga doimo muhtojlik mavjud bo’ladi. U pulga bo’lgan 
talabni yuzaga keltiradi. 

Yüklə 5,03 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   154




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin