Umumiy ma'lumoti tayyori. Doc



Yüklə 5,03 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə75/154
tarix27.12.2023
ölçüsü5,03 Kb.
#199433
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   154
Bozor iqtisodiyoti va biznes asoslari

Kredit vazifalari. 
Kredit xilma-xil vazifalarni turli shakllarda bajaradi. Ular 
quyidagilardan iborat. 
1)
qimmatbaho qog’ozlar chiqarish; 
2)
bo’sh pullarni kapitalga aylantirish; 
3)
qarz usuli bilan pul mablag’larini tarmoqlararo taqsimlash; 
4)
pul qarzi usuli bilan iqtisodiy o’sishni rag’batlantirish. 
Qimmatbaho qog’ozlar kredit orqali muomalaga, xo’jalik harakatiga kiritiladi. 
Veksel, chek, sertifikat shular jumlasidandir. Tadbirkorlarni qo’llab, ularning pulga 
bo’lgan ehtiyojlarini qondirilishi tufayli harakatdagi kapital miqdori ko’paytiriladi, 
iqtisodiy taraqqiyot ta’minlanadi va tezlashtiriladi. Kredit orqali tarmoqlar o’rtasida 
ishlab chiqarish resurslarining ko’chishi yuz berib, zaruriy taraqqiyot 
muvozanatining ta’minlanishi uchun vositachilik qilinadi. Umuman, kredit bo’sh 
pullarni kerakli joylarda ishlatish imkonini tug’dirib, umumiy iqtisodiy o’sishni 
tezlashtirishga yordam qiladi. 
Ko’rinib turibdiki, kredit o’z vazifalarining amalga oshuvi tufayli iqtisodiy 
harakat va taraqqiyotdagi ahamiyatini oshiradi. Qarz xuddi, yuzaki qaraganda, 
ikkinchi darajali narsaga o’xshab ko’rinadi. Lekin bajaradigan vazi-falari, bozor 
iqtisodiyotida uning o’rni juda katta ekanligini va usiz bozor iqtisodiyotini tasavvur 
etib bo’lmasligini ko’ramiz. Demak, bozor iqtisodiyoti rivoji uchun kredit tizimini 
avj oldirish har bir mamlakat uchun o’ta zarur vazifalardandir. 
Kredit bozori mavjud ekan, demak, unda baho bor va shu orqali qarz jarayoni 
yuzaga kelishi mumkin. Baho qarz xaqidan iborat bo’lib, kreditda qarz foizi deyiladi. 
Chunki, u qarz miqdoriga nisbatan foiz hisobi bilan belgilanadi. Amalda foiz 
kreditning bahosidir. Agar qarzga talab ortsa, foiz ko’tariladi, kamaysa — pasayadi. 
Bundagi tak-lif harakati ham shunday xususiyatga ega, lekin harakat yo’nalishi 
aksincha bo’ladi. 
Foiz darajasi talab va taklif muvozanati bilan birga yana bir qancha omillarga 
bog’liqdir. Bularning ichida qarz muhlati, qarz berish shartlari, inflyatsiya darajasi, 
qarzning qanday pul bilan berilishi, pulni qarz berishdan boshqa yo’lda ishlatishdan 
keladigan foyda darajasi, qarz berish xatarliligi kabilarni qayd qilish mumkin. 

Yüklə 5,03 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   154




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin