Oligolopistik bozor . Ozchilik firmalar hukmron bo’lgan bozor, bu erda
raqobat ko’pgina sotuvchilar orasida emas, balki xaridorlar o’rtasida yuz beradi.
Bunga misol tariqasida O’zbekistondagi tsement bozorini olish mumkin. Bozorga 3
korxona mahsulot chiqaradi, TSement xarid qilish uchun raqobat esa : xaridorlar
o’rtasida boradn.
Sof monopoliya bozori . Bunday bozorga tovarni butun bir tarmoqda hukmron
bo’lgan ayrim korxonalar etkazib beradi. Masalan, O’zbekisgonda paxta terish
mashinalarini faqat Toshkent Qishloq xo’jaligi mashinasozlik zavodi, traktorlarni
faqat Toshkent Traktor zavodi tayyorlab bozorga chiqaradi. Ichki bozorda ularning
raqiblari yo’q,
O’z turidan qat’iy nazar har qanday bozor o’zining ixtisoslashgan kichik bir
qismlariga segmentlariga ega bo’ladi
Bozor segmentlarga quyidagi belgilariga qarab ajraladi: aholining
xarid
qobiliyati; yashash sharoiti; yoshi va jinsi; qaysi tovarlarni afzal ko’rishi;
kishilarningg mehnat faoliyati, turmush tarzi; inflyatsiya darajasi; bozor
infrastrukturasi holati.
Bozor aloqalari faol bo’lishi uchun bozor infrastrukturasi yaxshi ishlashi lozim.
Bozor infrastrukturasi bozor aloqalarini yurgizish uchun xizmat qiluvchi
korxona, tashkilot va muassasalar majmuidir.
Infrastrukturani birjalar, savdo uylari, savdo kompaniyalari, hisob-kitob
idoralari, maslahatchi firmalar, broker va auditor idoralari, yarmarkalar, tender
(maxsus savdo) uyushtiruvchi tashkilotlar, bojxona idoralari, banklar, sug’urta
kompaniyalari kabilar tashkil etadi. Ularning vazifasi oldi-sotdiga xizmat qilishdir.
PDF created with pdfFactory trial version
www.pdffactory.com
22
2.3. Bozorning turlari Bozorga g’oyat xilma-xil tovar va xizmatlar chiqariladi, ular bozor ob’ektini,
aniqrog’i u erdagi oldi-sotdi ob’ektini tashkil etadi. O’z ob’ekti jihatidan bozorni
quyidagi turlarga bo’lish mumkin:
1.