Umumiy ma'lumoti tayyori. Doc


Iste’mol tovarlari bozori



Yüklə 5,03 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə17/154
tarix27.12.2023
ölçüsü5,03 Kb.
#199433
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   154
Bozor iqtisodiyoti va biznes asoslari

Iste’mol tovarlari bozori
, ya’ni iste’molchilar bozori 
kishilarning, tirikchiligi uchun zarur bo’lgan tovarlar va xizmatlar 
bozoridir. Bu bozorda keng iste’mol buyumlari, madaniy, maishiy va kommunal 
xizmatlari oldi-sotdisi olib boriladi. Bu bozorda deyarli barcha fuqaro ishtirok
etadi. Bu bozorning O’zbekistonda aniq ko’rinishlari bor: magazinlar,
savdo uylari, firmalar, supermarket, do’kon (shop), oshxona, nonvoyxona, har xil 
ustaxonalar, sartaroshxonalar, salonlar, nihoyat, dehqon bozorlari va buyum 
bozorlari. 
2. 
Ishlab chiqarish vositalari va resurslar bozori
— ishlab chiqarish uchun
zarur bo’lgan narsalar bozori. Bu bozorda ulgurji savdo-sotiq yuz beradi. 
Mazkur bozor savdo firmalari, savdo uylari, birjalar faoliyatida, er va boshqa 
ko’chmas mulk savdosida namoyon bo’ladi. Bunday bozorda resursga talabgorlar 
resurs etkazuvchilar bilan koitrakt-shartnomalar asosida aloqa qiladilar. Resurs 
bozorining bosh bo’g’ini tovar birjasi hisoblanadi. 
Tovar birjasi ulgurji savdo bilan shugullanuvchi tijorat korxonasidir. 
Birjadagi savdo-sotiq opsratsiyalari quyidagi belgilarga ega: a) birjada 
tovarlarni etkazib berish haqida bitim tuzishib, ularning pulini to’lash birjadan 
tashqarida yuz beradi; b) birjada sotiladigan tovarlarning o’zi emas, ularning 
namunasi va naqdligini tasdiqlovchi xujjat qo’yiladi; v) birjada hali yo’q tovarlarni 
sotish haqida ham bitim tuzidadi, bu qishloq xo’jaligi mahsulotlariga taalluqlidir. 
Bo’lg’usi hosil yuzasidan savdo bitimi ilgariroq tuzilib, tovarni etkazib bsrish hosil 
yig’ilganidan keyii yuz beradi; g) birja uyushgan bozor bo’lib, bu erdagi savdo-sotiq 
operatsiyalari belgilangan tartibda o’tkaziladi. Universal birjalar har xil mollar bilan 
savdo qilsa, ixtisoslashgan birjalar ayrim tovarlarni (don, paxta, metall va hokazo) 
sotadi. 
3. 
Ish kuchi yoki mehnat bozori
— ish kuchi oldi-sotdi qilinadigan bozor. Ish 
kuchi maxsus tovar bo’lganidan uning bozori o’z xususiyatiga ega. Ish kuchi 
insonning ishlash qobiliyati. Agar oddiy tovar sotilganda uning egasi o’zgarsa, ish 
kuchi necha marta sotilmasin, o’z egasi bilan birga qoladi. Chunki,b uni inson 
jismidan ajratib bo’lmaydi. 
Mehnat bozori mehnat birjalari, ishchi yollovchi vositachi firmalardan va 
nihoyat, kishilarni bevosita ishga jalb etuvchi korxonalarning o’zidan iborat. Sharqqa 
xos bo’lgan tartibsnz mehnat bozori - bu mardikor bozoridir.
4

Yüklə 5,03 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   154




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin