23
kompaniyalari, fond birjalari (qimmatli qog’ozlar birjasi) va boshqalarning faoliyati
bu bozorning yaqqol ko’rinishidir.
5.
Intelektual tovarlar bozori
— aqliy mehnat mahsuli bo’lgan
tovarlar va
xizmatlar bozori. Bu bozorda ilmiy ishlanmalar, g’oyalar,
texnikaviy loyihalar va
chizmalar, axborot, san’at, adabiyot va ilmga tegishli asarlar,
ijrochilik xizmati va
turli tomosha xizmatlari sotiladi. Bu bozorning muhim unsuri litsenziya bozori va
hozirgi kunda shou-biznes va kino bozorlaridir.
6
.Qurol-aslaha bozori
bozorning
alohida turini tashkil etadi, bu erdagi
tovarlar iste’mol
buyumlari ham emas, resurslar ham emas. Bu erda xavfizlikni
ta’minlovchi qurol-yarog’lar sotiladi. Bu bozor salonlar va ko’rgazmalar
shaklida
bo’ladi. Mayda qurollar magazin orqali sotiladi.
Bozor o’zining qamrov doirasi jihatidan mahalliy, hududiy,
milliy va jahon
bozorlariga bo’linadi. Bozor qanchalik turga bo’linmasin, ixtisoslashmasin, baribir, u
oldi-sotti orqali kishilar o’rtasidagi iqtisodiy aloqalarni o’rnatishga hizmat qiladi.
Qisqacha xulosalar
Sotuvchilar bilan xaridorlarning o’zaro manfaatli aloqasi asosida yuzaga
kelgan bozor turga bo’linmasin, ixtisoslashmasin baribir
u iqtisodiy aloqalarni
o’rnatishga xizmat qiladi.
Erkin bozorda xaridor va sotuvchilarning tanlovi ularning saralanishiga va
ulardan kuchlilarining monopol bozorni tashkil etishiga olib keladi.
Bozorga g’oyat xilma – xil tovar va xizmatlar chiqariladi, ular bozor ob’ektini
aniqrog’i ob’ekti jihatdan bozor turlarga bo’linadi.
Dostları ilə paylaş: