Umumiy ma'lumoti tayyori. Doc



Yüklə 5,03 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə26/154
tarix27.12.2023
ölçüsü5,03 Kb.
#199433
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   154
Bozor iqtisodiyoti va biznes asoslari

4.3. Mehnat unumdorligi 
 
Inson har doim farovon yashashga intilib kelgan. Buiing uchun esa 
mahsulotlarni va xizmatlarni ko’plab va sifatli ishlab chiqarish zarur. Resurslar 
kamyob bo’lganidan ularni tejab-tergab ishlatish kerak. Bu esa o’z navbatida mehnat 
unumdorligini oshirishni talab qiladi. 
Mehnat unumdorligi insonning vaqt birligida ma’lum miqdorda mahsulot va 
xizmatlarni yarata olishidir. 
Mehnat unumdorligi ishlab chiqaruvchi vaqt birligida (masalan bir soat, bir 
ish kuni yoki bir yilda) qancha sifatli mahsulot yaratgani yoki mahsulot birligini 
(masalan, 1 metr gazlama, 1 m
3
gaz, 1 tonna paxta) ishlab chiqarish uchun qancha 
vaqt sarflagani bilan o’lchanadi. Mehnat har xil bo’lgani uchun uning natijasini 
ketgan vaqt bilan o’lchash qiyin. Masalan, 1 tonna paxta, bug’doy, ko’mir yoki 
metall turlicha mahsulot bo’lganidan ularni ishlab chiqarish uchun ketgan vaqtni 
taqqoslab bo’lmaydi. Shu boisdan unumdorlik mahsulotni pul-qiymat shaklida 
hisoblab aniqlaydi. Misolga qaytsak 1 tonna paxta 100 ming so’m, ko’mir 2 ming 
PDF created with pdfFactory trial version 
www.pdffactory.com


33 
so’m, bug’doy 30 ming so’m turadi. Shunga qarab yaratilgan mahsulot pulga 
chaqiladi. Pulda hisoblangan mahsulotni ishlovchilar soniga bo’lsak, mehnat 
unumdorligi kelib chiqadi. 
Agar ko’mir konida 1000 kishi ishlab, bir yilda 2 million tosh ko’mir qazib 
olgan bo’lsa, jami ko’mir 4 mlrd. so’mlik bo’ladi. Bunda har bir ishchi yiliga 4 mln. 
so’mlik ko’mir qazib olgan bo’ladi. 
Х
ullas unumdorlikni aniqlash uchun yaratilgan 
mahsulot ishlovchilar soniga bo’linadi. Unumdorlik soatlar bo’yicha hisoblanganda 
yaratilgan mahsulot ishlangan soatlarga bo’linadi. 
Mehnat unumdorligiga ta’sir etuvchi omillarni uchga bo’lish mumkin. 
1. Ishlab chiqarishning texnika-texnologiya darajasi. Tsxnika qanchalik 
mukammal bo’lsa, mehnat unumdorligi ham shunchalik yuqori bo’ladi. 
2.
Shaxsiy-insoniy omilnnng sifati. Agar ishlovchilarning bilim darajasi,ish 
malakasi va tajribasi yuqori bo’lsa, unumdorlik ortadi yoki aksincha. 
3.
Ishlab chiqarishning tabiiy sharoiti. Bu sharoit qanchalik qulay 
bo’lsa,unumdorlnk shunchalik yuqori bo’ladi. Tabiiy sharoitni inson
o’zgartira olmaydi, ammo texnikani mukammallashtirish orqali noqulay tabiiy 
sharoitda ham unumdorlikni oshirish mumkin. Mehnat unumdorligini mugtasil oshib 
borish iqtisodiyotga xos qonuniyatdir, shu tufayli resurslar cheklangan bo’lishiga 
qaramay mahsulot ko’payib boradi. 
Moddiy shakli jihatidan mahsulot va xizmatlar ishlab chiqarish vositalari 
(moddiy resurslar) va iste’mol buyumlaridan iborat bo’ladi. 
Ishlab chiqarish biror korxona doirasida, shuningdek, mamlakat miqyosida olib 
boriladi. Ayrim ishlab chiqaruvchi yoki korxona yaratgan mahsulot—individual 
mahsulot hisoblanadi, jamiyatdagi barcha kishilarning iqtisodiy faoliyati esa yalpi 
milliy mahsulotni (YAMM) yaratadi. 
YAlpi milliy mahsulot bir yil davomida pirovard natijada yaratilgan va bozor 
narxida hisoblangan barcha mahsulot va xizmatlardir. 
Aholi jon boshiga yaratilgan YAMM miqdori iqtisodiyotning naqadar 
rnvojlanganligini bildiradi. Agar bu ko’rsatkich qanchalik yuqori bo’lsa, mamlakat 
shunchalik boy hisoblanadi, uning «fuqarolari shu qadar farovon yashaydi. Masalan, 
1993 yilda YAponiyada aholi jon boshiga yaratilgan YAMM 31,4 ming dollar bo’ldi, 
Bangladeshda bu ko’rsatkich 220 dollarga tug’ri keldi. Demak, YAponiya boy, 
Bangladesh esa kambag’al mamlakat. Individual va YAMM mavjudligi iqtisodiy 
faoliyatning ikki darajali bo’lishidan kelib chiqadi. Birinchisi — mikroiqtisodiyot. 
Bu sektor (tarmoq) firma va ayrim uy xo’jaliklari (oilalar va oilasiz kishilar) 
doirasidagi iqtisodiy faoliyat bo’lib, uning asosiy unsuri firma (korxona) hisoblanadi. 
Ikkinchisi — makroiqtisodiyot, butun xalq xo’jaligi miqyosida milliy doiradagi 
jamiki iqtisodiy faoliyatdir. Mikroiqtisodiyotning barcha turlari o’zaro bog’lanib, 
bir-birini taqozo etuvchi yaxlit faoliyatni hosil etganda makroiqtisodiyot vujudga 
keladi. Makroiqtisodiyotning asosini ijtimoiy nshlab chiqarish tashkil etadi. 

Yüklə 5,03 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   154




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin