36
V-MAVZU. IQTISODIY MEXANIZM VA TIZIMLAR
5.1. Iqtisodiy mexanizm
5.2. Iqtisodiy tanlov qoidasi
5.3. Iqtisodiy tizimlar
5.1. Iqtisodiy mexanizm
Iqtisodiy mexanizm iqtisodiy taraqqiyotni ta’minlovchi
va bir-birini taqozo
etuvchi vositalardir. Iqtisodiy mexanizm universal xarakterga ega, u- hamma erda bor.
Mexanizm iqtisodiyotning motori, uni harakatga soluvchi vosita.
Iqtisodiy mexanizm bir necha unsurlarning yaxlitligidan tashkil topadi. Unga
iqtisodiy stimullar (rag’bat beruvchi kuchlar), ishlab chiqarish, ayirboshlash va
iste’molni tashkil etish, iqtisodiy
faoliyatning ixtisoslashuvi, iqtisodiy faoliyat
kooperatsiyasi va xo’jalik aloqalarini o’rnatish usullari kiradi
Iqtisodiy mexanizmning etakchi bo’g’ini iqtisodiy stimullar hisoblanadi.
Iqtisodiy stimullar insonlarning o’z iqtisodiy manfaatlarini yuzaga
chiqarishining aniq vositasidir.
Ehtiyoj manfaatni yuzaga keltiradi, manfaat esa stimullar orqali amalga oshadi.
Stimulni - yaxshi daromad topishga intilish, - dsb ham ta’riflash mumkin.
Manfaatdorlik insonning iqtisodiy xatti-harakatni belgilaydi.
Iqtisodiy manfaat insonning o’zi anglab etgani bois
uning xatti-harakatlariga
sababchi bo’lgan hayotiy ehtiyojdir.
Iqtisodiy manfaatni uch turga bo’lish mumkin:
a) individual manfaat — ayrim kishining yoki alohida oilaning yaxshi
yashashdan iborat manfaati;
b) guruhiy-korporativ manfaat—firmaning umumiy manfaati bo’lib, tobora
ko’proq foyda olishdan iborat.
v) umummilliy yoki umumjamiyat manfaati — butun xalqning umumiy
manfaatidir. Mazkur manfaatni YAMM ifodalaydi. Chunki,
yaratilgan mahsulot
qanchalik ko’p bo’lsa, kishilar shunchalik to’q va farovon yashaydilar.
Iqtisodiyot mehnatga tayanadi. Mehnatga undash esa ikki yo’l bilan
ta’minlanadi: zo’rlash va moddiy rag’batlantirish orqali. Zo’rlashga tayangan
mehnatning unumdorligi past bo’lib, o’zini oqlamaydi. Manfaatdorlikka, ya’ni
iqtisodiy stimulga asoslangan mehnat unumli bo’ladi, shu boisdan o’rta
asrdayoq
Markaziy Osiyoda mehnatga majburlash o’rniga erni hosilbay ijaraga berish,
dehqonni qiziqtirish orqali erdan foydalanish yuzaga kelgan.
Iqtisodiy faoliyat ixtisoslashadi, bunga sabab jamiyatda mehnat taqsimotn bor.
Mehnat taqsimoti yagona mehnatning mustaqil ahamiyatga ega bo’lgan mehnat
turlariga ajralib borishi, mehnat turlarining to’xtovsiz ravishda yangidan paydo
bo’lishidir.
Bir mehnat turini bajarish
ayrim kishilarga birkitiladi, natijada kasblar
ko’payib boradi. Bir vaqtlar mehnat taqsimotn tufayli deqonchilikdan sanoat ajralib
chiqqan. hozir esa sanoatning o’zi yuzlab tarmoqlarga ajralgan har bir tarmoqning
PDF created with pdfFactory trial version
www.pdffactory.com
37
o’zida yuzlab korxonalar borki, ularda har xil kasb egalari ishlaydi.
Mehnat
taqsimlanganidan ishlab chiqarish turli korxonalarni, korxona ichida esa har xil kasb
sohiblarini ish yuzasidan hamkorlik qilishini talab qiladi. Chunki, yagona mahsulot
yaratishda ko’pchilik mehnati ishtirok etadi. Masalan, bir samolyot ishlab
chiqarishda mingdan ortiq korxonalar qatnashib, uning butlovchi qismlarini etkazib
beradi.
Mehnat taqsimoti mehnat kooperatsiyasini muqarrar yuzaga keltiradi.
Mehnat kooperatsiyasi ixtisoslashgai mehnat turlarining bir-biriga bog’lanib
muayyan turdagi mahsulot yaratishda ishtirok etishidir.
Korxonalar bir-biriga turli zarur mahsulotlar etkazib beradi, bu kooperatsiya
aloqalari dsb yuritiladi. Kooperatsiya xo’jalik aloqalarida muntazamlikni talab qiladi.
Ixtisoslashuv korxonalarning ayrim mahsulot yoki uning ma’lum
qismlarini
tayyorlashga
moslashuvini
bildiradi.
Ixtisoslashuv,
birinchidan,
mehnat
unumdorligini oshiradi, Ikkinchidan, mahsulot sifatini ta’minlaydi.
Iqtisodiy mexanizmning muhim bo’g’ini xo’jalik aloqalarini o’rnatish usuli
hisoblanadi, ixtisoslashuv mavjud sharoitda zaruratga aylanadi. Chunki, turli tarmoq
va korxonalar o’zaro aloqasiz ishlay olmaydilar.
Х
o’jalik aloqalari barter yoki
bozordagi oldi-sotdi aloqalari shaklini oladi.
Iqtisodiy mexanizm pirovard natijada iqtisodiy sa’y-harakatlarning oqilona
bo’lishiga qaratiladi.
Iqtisodiy oqilonalik eng kam resurs sarf qilgan holda eng ko’p
iqtisodiy
natijaga erishish yo’lini bildiradi.
Dostları ilə paylaş: