66
deb atalayotgan davlat mulklari qaysi shaklda bo’lishiga qaramay, asosan xususiy
xarakterda va bozor qoidalari asosida faoliyat ko’rsatadi. Shunga ko’ra
u bozor
munosabatlarini rivojlantirish, raqobatga sharoit yaratish uchun xizmat qiladi.
Lekin davlat mulkining boshqa bir turi mavjud bo’lib, u o’z hajmi va harakat
mazmuni nuqtai nazaridan farklanadi. Bu sobiq sho’rolar mamlakatlarida yuzaga
kelgan davlat mulkidir. Bu xil mulk shak-li ijtimoiy mulk bo’lib, o’ta darajada
umumlashgan va markazlashgan mulkdir. Sobiq sho’ro
imperiyasida bunday mulk
avvalo ishlab chiqarish vositalari milliylashtirilib, ularni hech qanday to’lovsiz
davlat ixtiyoriga olish hisobiga paydo bo’la boshladi. Bunda, birinchi navbatda, erga
bo’lgan xususiy mulkka barham berildi va u davlat mulkiga aylantirildi.
Mayda mulk va bunga asoslangan ishlab chiqarish vaqtincha xususiyligicha
saqlanib, 30-yillarga kelib, ular ham umumlashtirildi
va artel shaklidagi
kooperativlarga birlashtirildi. Qishloq xo’jaligida kolxozlar tuzildi, shaharlarda
hunarmandchilik artellari yuzaga keldi. Nomiga bu jarayon
ixtiyoriylik asosida
tashkil topdiyu, amalda majburiy usulda yuzaga keldi. Shu bilan mamlakatda xususiy
mulk yo’q qilinib, umuman xususiy manfaat ham inkor etilib, ijtimoiylikka asos
solindi.
Birlashmalar, ya’ni korxona va tashkilotlar uyushmasi mulki mavjud bo’lib,
bular asosan davlat mulki asosida bo’lganligi tufayli, buni davlat mulkiga bog’lab
ko’rsatmoqchimiz. Chunki, bu umuman birlashma mazmunida bo’lib, xususiy mulk
ishtirokida ham bo’lishi mumkinligi va xususiylik
munosabatlariga moyillik
bo’lishiga qaramay davlatchilik ustunlik qiladi va asos bo’lib hisoblanadi. Bunday
mulk ham boshqalarga o’xshagan xalq xo’jaligining bar-cha tarmoq va sohalarida
yuzaga keladi. Uyushma mulki esa ishtirokchilar mulkidan
ajratilgan qisminigina
tashkil etib, umumiy manfaat uchungina ishlatiladi. Bu ayniqsa, o’tish davriga juda
xarakterli bo’lib, O’zbekistonda ham ko’p qo’llanilmoqda.
Dostları ilə paylaş: