Umumiy ma'lumoti tayyori. Doc



Yüklə 5,03 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə49/154
tarix27.12.2023
ölçüsü5,03 Kb.
#199433
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   154
Bozor iqtisodiyoti va biznes asoslari

 
9.3. 
Х
ususiy mulk 
Eng qadimgi va keng tarqalgan mulk xususiy shakldagi mulk bo’lib, u asosan 
ayrim shaxslar bilan bog’liqdir. 
Х
ususiy mulkning asosiy xususiyati shuki, mulk bir kishining ixtiyorida 
bo’ladi va mulkka nisbatan to’la mustaqil ish tutish imkoniyati tug’iladi. 
Х
ususiy 
mulkning chegarasi uning egasidagi imkoniyat va qobiliyatga bog’liq. Bozor 
iqtisodiyoti rivojida bu tur alohida o’rin egallaydi. 
Х
ususiy mulk bir shakldagi mulk, 
lekin har bir xususiy mulk o’ziga xos alohida mulk bo’lganligi tufayli, ular mustaqil 
mulklar, ya’ni juda ko’p miqdordagi, ming-minglab sonli mulklardir. Ularning har 
biri bozorning alohida ishtirokchisi va raqobat kurashining qatnashchisidir. Bundan 
xususiy mulk raqobatni kengaytiruvchi, kuchaytiruvchi mulk shakli ekanligi yana bir 
bor oydinlashadi. 
Shunga ko’ra xususiy mulk bozor sharoitiga juda tez moslashadigan, xaridor 
talabini tez e’tiborga olib ish tutish va faoliyat ko’rsatish uchun eng qulay sharoitga 
ega bo’lgan mulk shaklidir. Bunday xususiyat bozor iqtiso-diyotida xususiy 
mulkning ahamiyatini kuchaytiradi va etakchilik rolini belgilab beradi. Demak, 
PDF created with pdfFactory trial version 
www.pdffactory.com


67 
bozor rivoji uchun birinchi navbatda, xususiy mulk keng quloch yozmog’i, 
iqtisodiyotda asosiy o’rinni egallamog’i talab etiladi. Zero, xususiy mulk 
taraqqiyotisiz bozor iqtisodiyotini tasavvur etib bo’lmaydi. 
Х
ususiy mulk asosiy o’rinni 
egallamaguncha va davlat mulki ustunligi yo’q qilinmaguncha iqtisodiy 
taraqqiyotning ob’ektivligiga nisbatan sun’iylikning ustunligi sharoiti mavjud 
bo’laveradi. 
Х
ususiy mulk turlicha: kichik, o’rta, katta va juda katta hajmlarda bo’ladi va 
xuddi shunday xo’jaliklarni ifodalaydi. Albatta ular to’xtovsiz ravishda kattalashish va 
kengayish xususiyatiga ega. Shunga ko’ra xususiy mulk, ayrim shaxslar mulki 
bo’lishiga qaramay, juda katta hajmda million, milliard dollar miqdorida bo’lishi 
mumkinki, u juda yirik korxonalarni ham o’z ichiga oladi. 
Х
ususiy mulk 
O’zbekistonda juda tezlik bilan shakllanmoqda. Uning hissasi xo’jalik sub’ektlari 
ichida 2003 yil boshida 44,1 foizni tashkil etdi. Bu 1996 yilning boshiga nisbatan 9,4 
foiz ko’pdir. 
Х
ususiy mulk ikki, ya’ni individual va korporativ shaklda bo’ladi. 

Yüklə 5,03 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   154




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin