Internet veb-saytlari
1.
http:\\www.cer.uz
–
O’zbekiston Respublikasining “Iqtisodiy tadqiqotlar markazi”
ning “Ekonomicheskoe obozrenie” jurnalining elektron manzili. Turli xil
iqtisodiy mavzularga oid materiallarni olishga imkon beradi.
2.
http:\\www.economyfaculty.uz – “Mikro-makroiqtisodiyot” kafedrasi sayti
mavjud bo’lgan veb-sayt
PDF created with pdfFactory trial version
www.pdffactory.com
62
3.
http:\\economics.com.ua –bozor iqtisodiyotiga taalluqli bo’lgan ma’lumotlar veb-
sayti
4.
http:\\www.bearingpoint.uz – “O’zbekiston iqtisodiyoti” qo’llanmasiningg veb-
sayti
5.
http:\\goldenpages.uz – iqtisodiyotning eng so’nggi yangiliklari
6.
http:\\rea.ru – Rossiya iqtisodiyot akademiyasining veb-sayti
7.
http:\\5ballov.ru –diplom, dissertatsiya, referat va kurs ishlarining namuna
variantlarini o’zida qamrab olgan veb-sahifa.
8.
http:\\bankreferatov.ru –diplom, dissertatsiya, referat va kurs ishlarining namuna
variantlarini o’zida qamrab olgan veb-sahifa.
PDF created with pdfFactory trial version
www.pdffactory.com
63
IX-MAVZU. MULK SHAKLLARI
9.1. Mulk shakllarining bozorga ta’siri
9.2. Davlat mulki
9.3.
Х
ususiy mulk
9.1. Mulk shakllarining bozorga ta’siri
Har qanday iqtisodiy tizimda bo’lganidek, bozor iqtisodiyotida ham mulk
muammosi hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi va harakatdagi mavjud mulk
shakllarining bozor talabiga, uning xususiyatlariga mos kelishi talab etiladi. Yuqorida
qayd qilganimizdek, erkin iqtisodiy taraqqiyot, xo’jalik xillarining turliligi, iqtisodiy
tashabbuskorlik, raqobat holati bozorning mo-hiyatini belgilovchi asoslardir. Bular
avvalo mavjud mulk shakllariga bog’liq bo’lib, ularning ifodasini tashkil etgan xolda
asosan mulk mohiyatidan kelib chiqadi.
Iqtisodiy tizimlar mulk shakllarining aksi bo’lga-nidek, bozor munosabatlari
ham o’zlariga xos va mos mulk shakllarini talab etadi.
Tarixda turli mulkchilik va yakka mulkchilik davrlari mavjud bo’lgan. Jamiyat
turli xil mulkchilik asoslarida rivojlanib kelgan. XX asrga kelib yakka mulkchilik
tizimi ham barpo bo’ldi. Bozor munosabatlari, bozor iqtisodiyotining mulk
shakllariga bog’liqligi ijtimoiy mulkchilik sharoitida, ayniqsa juda ayon
bo’ldi.
Х
o’jaliklarning turliligi, darajalarining har xilligi kurashga da’vat etadi, ya’ni
raqobatga olib keladi. Ijtimoiy mulk esa, aksincha, tenglik, bir xillik xususiyatini
yaratadi. Bundan tashqari u xo’jalik yuritishda
markazlashuvga olib kelib, mustaqil
harakat qilish, tashabbus ko’rsatish imkonlarini yo’q qiladiki, bunday sharoit bozor
taraqqiyotini inkor etadi.
Eng muhim narsa shuki, ijtimoiy mulk bir xillik bo’lsa, xususiylik turlilikdan
iboratdir.
Mulk moddiy va boshqa boyliklardan foydalanish sharoitlari, munosabatlari,
egalik qilish, o’zlashtirish mazmunini o’z ichiga oladi. Mulkka egalik esa ko’proq
boylikka ega bo’lish va u bilan boshqa barcha sharoitlarni qo’lga
kiritishdir. Shunga
ko’ra u iqtisodiyot asosidir. Iqtisodiy faoliyatda mulkning hal qiluvchi ahamiyat kasb
etishi unga egalik darajasini kuchaytirish va boyliklarga nisbatan erkin munosabatda
bo’lishga erishishda ifodalanadi. Ma’lumki, ishlab chiqarish sharoiti, taqsimot va
iste’mol holati, miqdori va darajasi albatta mulk munosabatlariga bog’liq va u bilan
belgilanadi.
Undan foydalanish, unga egalik qilishda umumiylik va xususiylik
mavjuddir, boshqacha qilib aytganda, uning qatnashchilari tenglik, tengsizlik va
itoatkorlik holatida bo’lishi mumkin. Bunda albatta mulkiy munosabatlar bir xilda
bo’lmay, balki turli xilda va turli ta’sirda bo’ladi.
Mulkka egaliqdagi umumiylik amalda tenglikni yuzaga keltirmaydi. Chunki,
uning harakati kimdir tomonidan boshqarilishi kerak, u vakil, belgilangan shaxs,
yoki tashkilot bo’lishi mumkin. Bunday sharoitda barchaning manfaatlari bir xilda
e’tiborga olinishi mumkin emas, chunki, kimki mulkka yaqin u uni boshqarish
huquqlariga ega bo’lsa, u manfaatdorlikdagi bir xillikka to’la rioya eta olmaydi va u
PDF created with pdfFactory trial version
www.pdffactory.com
64
o’zi, o’ziga yaqinlarning manfaatiga ko’proq e’tibor beradiki, bu boshqalarning
manfaati hisobiga amalga oshadi. Shu bilan birga umumiylikda xaqiqiy mulk egaligi
ta’min-lanmaydi, asosan egasizlik ustunlik qiladi. Shuning uchun ham yirik
iqtisodchilarning ijtimoiy mulkda egasizlik xususiyati mavjud, deb ta’kidlashida
haqiqat bor. Shuning uchun ham mulqdagi umumiylikning samaradorlik darajasi,
ayrim voqelikdan tashqari, yuqori bo’la olmaydi. Bu esa ijtimoiy mulkning
istiqbolini belgilaydiki, bunga asoslangan tizim uzoq umr ko’rishi, yuqori
taraqqiyotni ta’minlashi mumkin emas. Bundan tashqari mulkdagi umumiylik bozor
sharoitlarini inkor etadi.
Mulkdagi xususiylikning ijobiy tomonlari ko’p, u ijtimoiylikka nisbatan bir
qancha ustunliklarga ega. U, avvalo, umumiylikning teskarisi bo’lgan turlilik, xilma-
xillik, tengsizlik sharoitlari bilan borliqdir. Bunda egalik darajasi yuqori bo’lib,
javobgarlik hissiyoti kuchli bo’ladi. Eng muhimi shaxsiy manfaatdorlik to’la yoki
to’laroq ifodalanadi. Mulqdan foydalanishning shaxsga bevosita bog’liqlik darajasi
yuqori bo’ladi.
Mulk xususiyligi
yuritishdagi turlilik, xilma-xillik va erkinlik sharoitlarini yaratish
tufayli bozor munosabatlariga mos keladigan raqobatga asos soladi. Bozor
munosabati bilan mulk muammosi, uning harakatdagi shakllariga e’tibor berar
ekanmiz, uning bozor iqtisodiyoti rivojida o’rni, ahamiyati, bozor uchun uning
ma’qul va zarur ko’rinishlari, bozor iqtisodi rivoji maqsadida mulk
munosabatlarining taraqqiyotiga e’tibor berish zarur.
Mulkchilikning turi va shakllari mavjud. Mulk turi ijtimoiy iqtisodiy tuzumlarga
nisbatan belgilanib, asosan bularga xos mulkiy munosabatlarni ifodalaydi. Bunda mavjud
mulk shakllari avvalo ekspluatatsiya yoki noekspluatatsiya tuzumlarining asosi bo’lib
hisoblanadi. Ma’lumki, tarixan yashab o’tilgan tuzumlar ekspluatatsiya bilan bog’liq
bo’lib, ularni quldorlik, feodal va kapitalizm tuzumlari deb farqlar edik.
Ekspluatatsiyaning mazmuni ishlab chiqarishni tashkil etish uchun zarur boyliklar
ma’lum sinf, guruhlar qo’lida bo’lib qolganlarning ular uchungina mehnat qilishi bilan
belgilanadi. Mehnat qilgan mahsulot taqsimotida ishtirok etmay, kam daromad olgan va
mulk egalari esa mehnatsiz ham ko’p daromad olgan. O’z mehnati bilan daromad oluvchi
mulkdorlar ham bo’lganu, lekin ular asosiy guruhlar qatoriga kirmagan.
Jamiyat taraqqiyotida, avval, iqtisodiy rivojlanish natijasida aralash iqtisodiyot
yuzaga kelib, ko’pchilikning mulk egasi bo’la olishi sharoiti paydo bo’ladi. Yuqori
darajada ishlab chiqarish, iqtisodiy o’sish ko’pchilikning mulkka hissador bo’lishi,
moddiy resurslar ishlab chiqarilgan mahsulotlarni o’zlashtirishda qatnashuvi mumkin
bo’ladi. Umuman, iqtisodiy taraqqiyotda barchaning manfaatdorligi yuzaga keladiki,
bu yangicha mulkiy munosabatlar mazmuniga xos mulk turini yaratadi.
Mulkchilik yakka hukmronlikdan turlilik tomon rivojlanadiki, bu shakllari
taraqqiyotini ko’rsatadi Mulk to’g’risida yuqorida aytib o’tilgan fikrlar uning
shakllarida o’z ifodasini topadi va o’z ta’sirini mavjud harakatdagi mulk shakllari
tufayli namoyon etadi.
YAkkamulkchilik to’la ijtimoiy mulk shaklidan iborat bo’lsa, mulk shakllarining
turliligi asosan davlat mulki, shaxsiy mulk, shuningdek, jamoa, qo’shma, kooperativ
mulklari kabilardan iboratdir. Mulkdan foydalanishda yana qo’shimcha shakllar ham
PDF created with pdfFactory trial version
www.pdffactory.com
65
yuzaga keladi. Bular qatoriga ijara, pudrat, sheriklik, fermerlik (dehqonchilik)
kabilarni qo’shish mumkin.
Mulk shakllari mulkni o’zlashtirishdagi qo’rinishlar, mulkning amaliy ifodasi
bo’lib, uning mazmunini bildiradi.
4-tarx.
Bozor iqshsodiyotvdagi mulk shakllari
Aytganimizdek, bozor iqtisodiyoti turli mulk shakl-larini taqozo etadi.
Yuqorida keltirilgan tarxda mavjud mulk shakllari bog’liqligi ko’rsatilgan. Asosan
davlat, xususiy va birlashma mulklarni mulk turlari desak, turlar shakllarga, shakllar esa
o’z navbatida, yana o’z ichida mulk subshakllariga bo’linib ketadi. Mulk shakllarining
turliligi, yangilarining paydo bo’lishi bozor iqtisodiyoti taraqqiyoti natijasidir. Biron
bir mulk shakli mavjud ekan, demak u samarali harakatda bo’ladi.
Mulk turlari nisbatini xo’jalik sub’ektlari tuzumi bo’yicha olsak, O’zbekistonda
bu 2002 yilning 1 yanvariga qadar quyidagicha edi:
1.
Davlat korxonalari
2.
Х
ususiy korxonalar
3.
Birlashma korxonalar
Dostları ilə paylaş: |