Umumiy ma'lumoti tayyori. Doc



Yüklə 5,03 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə77/154
tarix27.12.2023
ölçüsü5,03 Kb.
#199433
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   154
Bozor iqtisodiyoti va biznes asoslari

 
13.3. Banklar turi 
 
Davlat, xususiy va jamoa banklari mavjud.
 
Buning asosida mulk shakllari, pul 
sarmoyalari manbalari yotadi. Davlat banklari xazina saqlash, pul chiqarish, pul 
muomalasini ta’minlash, moliyani tartibga solish kabi vazifalarni bajaradi. Davlat 
banklari markaziy deb atalib, bir tizimni tashkil etadi. Masalan, AQShda davlat bank 
tizimi 13 ming banklarni o’z ichiga olib, shundan 1G’3 qismi milliy va qolgani 
shtatlar ixtiyoridadir. Barcha milliy va shtatlardagi eng yirik banklar federal rezerv 
tizimini tashkil etadi. ?olgani bu tizimdan chetda bo’lib, faqat 15 foizi depozitga 
egadir. AQSh ning "markaziy banki" 12 okrut federal rezerv bankidan ibo-rat bo’lib, 
federal rezerv kengashiga birlashadi. Federal rezerv tizimi hukumatga emas, balki 
AQSh kongressiga itoat etadi. 
Banklar faoliyati hukumat e’tiborida bo’ladi, chunki ularning bozor 
iqtisodiyotida tutgan o’rni juda katta. 
Shuning uchun ham pulning vujudga kelish jarayoni, bank kreditlari, 
banklarning paydo bo’lishi va faoliyatlari bozor tizimi sharoitida hukumatning 
e’tiborida bo’lishi shart. 
Jamoa banklari birlashmalar, yirik tashkilotlar, kooperatav ittifoqlari tomonidan 
o’z faoliyatlarini moliyalashtirish uchun tashkil etiladi. 
PDF created with pdfFactory trial version 
www.pdffactory.com


98 
Х
ususiy banklar miqdoriy jihatdan asosiy bo’lib, ular juda ko’pchilikni tashkil 
etadi va bozor iqtisodiyotida moliyaviy, kredit vazifalarini bajarib, tovar-pul 
muomalasi rivojiga katta ta’sir ko’rsatadi. 
Faoliyat xususiyatlariga ko’ra banklarning xili ko’p. Bularning asosiy qismi 
tijorat banklaridir. 
Bular bir necha tur banklardan iborat bo’ladi. Masalan, “Tashqi 
iqtisodiy faoliyat banki”, “Milliy bank”, “
Х
alq banki”, “Paxta banki”, “Asaka bank” 
“G’alla banki”, “Sanoat-qurilish banki” kabilar bo’lib, ularning hududiy bo’limlari 
ham ko’p. Bularning ichida milliy bank tashqi iqtisodiy aloqalar uchun xizmat qilsa, 
qolganlari asosan ichki bozor, mamlakatning tovar-pul muomalasi uchun xizmat 
qiladi. YAngi tashkil etilgan xalq banki fuqarolar bilan aloqada bo’lib, omonatchilar 
bilan ish olib boradi, aholiga pul qarz berish ishlarini bajaradi. Bu juda tarqoq 
holdagi pul massasini yig’ib, ishga soladi va bundan keng aholi-omonatchilarni 
manfaatdor qilib, bo’sh yotgan pulning ishlatilishidan kelgan daromadning bir 
qismini foiz hisobida to’laydi. 
Hozir respublikada faoliyat ko’rsatayotgan tijorat banklarining soni 38 ta 
bo’lib, ularning aktivlari 1518,4 mlrd. so’mga ko’paydi va 2002 yil 1 yanvar holatiga 
3198,8 mlrd. so’mni tashkil etdi. 
Tijorat banklari tomonidan O’zbekistonnnig real sektorini kreditlash va 
investitsiya shaklida moliyalashtirish bo’yicha olib borilayotgan ishlar respublikamiz 
iqtisodiyotini yanada yuksalishga zamin yaratmoqda. 
Х
ususan, tijorat banklarning 
iqtisodiyot turi sohalarini rivojlantirishga yo’naltirilgan kredit qo’yilmalari 2001 yil 
mobaynida 928,8 mlrd. so’mga ko’payib, 2002 yil 1 yanvar holatiga 1920,1 mlrd. 
so’mni tashkil etdi. 
Banklar faoliyatidagi eng muhim tomonlardan biri shuki, ular o’z mijozlari 
o’rtasidagi pul muammolari, o’zaro to’lovlar va boshqa shunga o’xshash xizmatlarni 
ham bajaradi. Ma’lumki, iqtisodiy aloqalarni amalga oshirishda to’lovlar asosiy o’rin 
egallab, tovarlar harakati, ularning bir egalikdan ikkinchisiga o’tishida, ya’ni takror 
ishlab chiqarish jarayoni ishlab chiqarish va tovar-pul muomalasining to’xtovsiz 
harakatini ta’minlashda hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi. Chunki, to’lovlardagi 
uzilish mahsulotlar siljishining to’xtab qolishiga, iqtisodiy aloqalarning buzilishiga 
olib keladi. Qulay to’lov usullarini qo’llash, mijozlar o’rtasidagi ishonchni ku-
chaytirish ko’p jihatdan banklar ish faoliyatiga bog’liqdir. 

Yüklə 5,03 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   154




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin