70
Hissadorlik mulk bu turkumdagi eng salmog’li va ta’sirli shakl bo’lib, keng
tarqalgandir. Bu ham aslida birlashgan mulk bo’lib, aktsiya chiqarishga
asoslangandir. Bu aktsiyalar erkin harakatda bo’ladi, qimmatbaho qog’ozlar qatorida
savdoda
ishtirok etadi va sotiladi, sotib olinadi. Aktsiyaga ega bo’lganlar shu
asosdagi mulkning qatnashchilari hisoblanadilar. Korxonalarning faoliyatida ishtirok
etish huquqiga ega bo’ladilar. Aktsiyalar uchun korxonalar faoliyatlari natijasiga
qarab daromad oladilar. Bu mulkda ishtirok etish ixtiyoriydir. Chunki, istagan vaqtda
aktsiyani sotib olish yoki sotib yuborish mumkin.
Umuman, bozor iqtisodiyotining rivojlanishida bu xil mulkning ta’siri katta.
Chunki, hissadorlik jamiyatlari juda yirik bo’lib, ular
juda katta hajmdagi mulkni
birlashtiradilar. Shu bilan birga aktsioner mulkda davlatlarning ishtiroki katta
bo’lishi mumkin.
Aytaylik, hozirgi bozorga o’tish davrida O’zbekistonda asosiy
sanoat korxonalari
aktsionerlashganiga qaramay, ulardagi mulkning asosiy qismi
davlat mulkidan tarkib topgan. Sanoat, savdo, transport va qurilishda paydo bo’lgan
yirik hissadorlik korxonalar mulklarida davlat qismi yuqoridir.
Bundan tashqari hissadorlik mulk boshqa mamlakatlar
mulklari ishtirokida
yuzaga kelishi mumkin. Jahonda xalqaro hissadorlik jamiyatlari ko’p. Masalan,
transmilliy kontsernlar xuddi shunday mulkni tashkil etadilar.
Dostları ilə paylaş: