Umumiy ma'lumoti tayyori. Doc



Yüklə 1,04 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə64/149
tarix11.06.2023
ölçüsü1,04 Mb.
#128723
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   149
Bozor iqtisodiyoti va biznes asoslari

Moliya tizimi 
Davlat moliyasi daromadlari avvalo, aytganimizdek, milliy daromad va milliy 
boylik qiymatining taqsimlanishi va qayta taqsimlanishi jarayonida paydo bo’ladi. 
Aniq holda davlat ixtiyoriga tekkan qismi hiso-biga shakllanadi. Buning ichki 
manbalari soliqlar, zayomlar, emissiyadan iboratdir. 
Soliqlar davlat byudjetining manbai bo’lib, xo’jalik faoliyatini rag’batlantirish 
va ijtimoiy himoya qilish vazifalarini bajaradi. Albatta soliqning ob’ekt va 
sub’ektlari bo’lib, uning normasi, imtiyozliligi ham mavjud. 
Davlat zayomlari qarz hisobiga shakllanadi. U korxona, tashkilotlar va 
fuqarolardan qarz olish hisobiga byudjet kamomadini qoplash maqsadida 
qo’llaniladi. Ular markaziy, mahalliy bo’lib, muhlati tugagach davlat tomo-nidan 
sotib olinadi. Emissiya qo’shimcha pullar chiqarish bilan bog’liq bo’lib, qo’shimcha 
daromaddir, ya’ni o’z xarajatlarini qoplay olmaganda qo’llash mumkin bo’lgan 
vosita hisoblanadi. Kredit emissiyasi ham bo’ladi. Basharti soliq va zayomlar etarli 
miqdorda bo’lmasa, emissiyadan foydalanishadi. 
Bu manbalardan tashqari davlat moliyasiga uning iqgisodiy faoliyatidan 
keladigan tushumlar ham kirib, dividend, foiz, ijara haqlari, davlat mulkini sotish 
kabilardan kelgan daromadlar shular jumlasidandir. Albatta bu va bularga o’xshash 
daromadlar davlat xarajatlarini qoplash uchun ishlatiladi. 
Davlat moliyasining ikkinchi tomoni umumdavlat xarajatlaridir, bular asosan 
davlat byudjeti orqali amalga oshadi, ya’ni davlatning investitsiya ajratmalari, 
mudofaa xarajatlari, ijtimoiy ehtiyoj uchun ajratmalar, davlat boshqaruvi kabilarning 
moliyaviy manbai asosan uning byudjetidir. Davlat byudjeti asosiy xarajatlari-ning to’rt 
asosiy xili mavjud: 1) ishlab chiqarishni taraqqiy ettirish; 2) davlatga qarashli maorif, 
sog’liq-ni saqlash, ijtimoiy ta’minot; madaniyat tarmoqlarini pul bilan ta’minlash; 3) 
mavjud davlat idoralari xarajatlari; 4) mamlakat mudofaasini ta’minlash. Davlat 
byudjetining daromad qismi, albatta, birinchi navbatda, ana shu to’rt xil xarajatlarni 
Moliya qismlari 
Mikromoliya 
Makromoliya 
Firma 
moliyasi 
Shaxslar 
moliyasi 
Davlat 
moliyasi 
Ijtimoiy 
moliya 
Oila moliyasi 
PDF created with pdfFactory trial version 
www.pdffactory.com


91 
to’la qoplashi zarur. 
 
 
 
Davlat byudjetining asosiy xarajatlari strukturasi 
Byudjet kamomadi bu xarajatlarni qoplay olmasligi bilan bog’langan bo’lib, 
byudjet taqchilligini yuzaga keltiradi. Bunday ahvol ko’pincha qo’shimcha soliqlar 
kiritish, emissiyadan foydalanish, zayomlar chiqarish va chet mamlakatlardan qarz 
olish kabilarga olib keladi. Davlat byudjetining taqchillik holati salbiy holatga 
o’xshab ko’rinadi. Amalda hamma vaqt ham buni juda xavfli deb bo’lmaydi. Barcha 
mamlakatlar, hatgo eng rivojlangan mamlakatlar davlat byudjetida ham bunday 
axvolni uchratish mumkin. Gap taqchillik darajasida va uning xususiyatida-dir. 
Taqchillik juda katta va uni kamaytirishning iloji bo’lmasa, albatta bu iqtisodiy xavf 
turg’dirishi mum-kin. Shu bilan birga byudjet iste’mol yo’nalishida bo’lsa va uning 
kamomadi shu bilan bog’liq bo’lsa, bu ham xatarli. Agarda byudjet taqchilligi 
iqtisodiy taraqqiyot yo’nalishi bilan bog’liq bo’lib, ishlab chiqarish investitsiyasi 
yuqori darajada bo’lsa, buning qo’rqinchli tomoni yo’q. Chunki, bu xalq 
xo’jaligining istiqbolli tuzilishini yaratish, samaradorlikni oshirish va umuman
iqtisodiy o’sishni ko’zlagan xarajatlar bo’lib, bu o’zini tezda oqlashi mumkin. 
Byudjetdagi muvozanatni ta’minlash va undagi taqchillikni qoplash asosan 
iqtisodiy rivojlanish, byudjet daromadlarini oshirish tufayli amalga oshiriladi. 
Makromoliyaga bevosita davlat moliyasidan tashqari bir qancha fondlar kiradi. 
Ijtimoiy sug’urta, nafaqa, aholini ish bilan ta’minlash, yo’l qurilishi, tabiatni 
muhofaza etish, tarixiy yodgorliklarni saqlash, tadbirkorlarga, harbiylarga yordam 
berish, innovatsiya, korxonalarga yordam (sanatsiya) kabi fondlar shular 
jumlasidandir. 
Bu xildagi moliya fondlarining umumiy xususiyatlari bozor va nobozor 
munosabatlari mavjudligidadir. Chunki, bunday moliya fondlari harakati, ya’ni 
ularning shakllanishi, ishlatilishi uchun tijoriy asosda yoki tekin xarajatni qoplash 
shartsiz amalga oshuvi xususiyatlidir. Aralash iqtisodiyotga xoslik bu fondlarda juda 
ochiq ifodalanadi. 
Bular ichida sug’urta fondlari katta o’rin egallaydi. Ma’lumki, sug’urta 
moliya munosabatlarining bir turidir. Buning daromad manbai sug’urtalangan aholi 
va xo’jaliklarning pul manbaidan iborat bo’lib, mahsulot qiymati taqsimotida bir 
qismini sug’urtaga ajratish tufayli pul fondi, sug’urta fondi paydo bo’ladi. 
Sug’urtalash shu fondni tashkil etish, taqsimlash va ishlatish kabi jarayonlarni o’z 
ichiga oladi. 
Sug’urtalash tub mazmuni bilan zararni qoplash maqsadida zarar ehtimoli 
Investitsiya 
Ijtimoiy -
madaniy 
Boshkaruv
Harbiy
Davlat byudjeti 
xarajatlari
PDF created with pdfFactory trial version 
www.pdffactory.com


92 
asosida yuzaga keladi. Sug’urta ob’ekti xilma-xildir. Shunga ko’ra u ikkiga 
bo’linishi mumkin: mol-mulk sug’urtasi va ijtimoiy sug’urta. Mol-mulkka boylik 
turlarini sug’urtalash kirsa, ijtimoiy sug’urtaga hayotiy, turmush xotirjamligi kiradi. 
Tadbirkorlik xavf-xatarini sug’urtalash ham paydo bo’lib, kengaymoqda. 
Ijtimoiy sug’urtaning ahamiyati ortib bormoqda, bunga ajratiladigan pul 
resurslari ko’paymoqda. Buning uch manbai mavjud: davlat, korxona va tashkilot 
hamda shaxsiy mablag’lar. Bular jamiyat a’zolarining mehnatga yaroqsiz, o’zini 
ta’minlay olmaydigan qismlari uchun ishlatiladi. 
Bozor iqtisodiyoti sharoitida tibbiy sug’urta ham kengaymoqda. Bundan 
maqsad insonlar sog’lig’ini
saqlash bo’lib, pirovardida barchaga minimal tibbiy yordam 
berishni tashkil etish, sug’urtalanganlarning salomatligini ta’minlash bilan bog’iq 
xarajatlarni qoplashdan iboratdir. Bu sug’urta fondi ham davlat, korxona, 
firmalarning majburan ajratadigan va fuqarolarning o’z xohishlari bilan ajratadigan 
pul mablag’laridan tarkib topadi. 

Yüklə 1,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   149




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin