87
Moliyaviy axborotda
auditorlik xizmati ma’lum o’rin egallab, axborotdan
foydalanishni yaxshilaydi va tezlashtiradi. Chunki, auditorlik xizmati korxonalar,
kompaniyalarning xo’jalik-moliyaviy faoliyatini tahlil etadi,
ekspertizasini bajaradi,
xolisona xulosalar chiqaradi va ularni o’z vaqtida etkazib beradi. Ma’lumki, bunday
xizmat moliyaviy boshqaruvda ahamiyatlidir.
Moliya vazifalaridan unumli foydalanish iqtisodiy o’sish uchun xizmat qiladi.
Moddiy va mehnat resurslari-ning to’g’ri yo’nalishda bo’lishi va ularni samarali sarf-
lash moliya faoliyatiga, uning vazifalari reallashuviga bogliq. Ko’rib
chiqqanimizdek, takror ishlab chiqarish, iqtisodiy o’sish pul mablag’lari bilan
ta’minlanishdan boshlanadi. Shu yo’lda moliya o’z vazifalarini bajarish bilan iqtisodiy
va ijtimoiy o’zgarishlarni tartibga soladi, samarali xo’jalik faoliyatini
rag’batlantiradi. Bularni amalga oshirish moliyaviy vositalar tufayli yuz beradi.
Bular qatoriga ishlab chiqarish va
noishlab chiqarish xarajatlari, amortizatsiya,
foyda, aktsiya kursi, dividend, soliqlar, sug’urta xaqi, bank xaqi, dotatsiya, subsidiya,
kompensatsiya kabilarni kiritish mumkin. Moliyaviy vositalar fondlarda shakllanib
moliya resurslarini tashkil etadi.
Ana shu resurslar orqali moliyaning ta’siri va harakati amalga oshadi. Aytaylik,
amortizatsiya fondi va foy-daning bir qismi investitsiya uchun xizmat qiladi,
bularning ko’payish rezervlari ishlab chiqarish quvvatlarini ko’paytirish rezervlari
demakdir. Agarda bular etarli bo’lmasa, texnika, texnologiyaga sarf etish kamayadi
va ishlab chiqarish o’sishi susayadi. Yoki dividendlarni olaylik. Bular yuqori bo’lsa,
aktsiya chiqargan kompaniyalar ahvolining yaxshiligidan darak beradi,
ularning
moliyaviy holati yaxshi bo’lib, aktsiya kursi oshadi, qo’shimcha kapital kelishi,
umuman iqtisodiy o’sish tezlashadi.
Moliyaviy resurslarda asosiy o’rinni foyda va milliy boylik tutadi. Bular iqtisodiy
o’sish manbaini tashkil etadi. Foyda, sof daromad sifatida investitsiya, turli rezervlar,
sug’urta va ijtimoiy fondlarni uyushtirish uchun taqsimlanadi.
Moliyaviy resurslar pul shaklida bo’lganligi tufayli ular moddiy ta’minlanish
orqaligina iqtisodiy kuchga ega bo’ladilar. Agarda ularni mahsulot bilan qoplash
imkoni bo’lmasa, uning iqtisodiyot uchun, ayniqsa ishlab chiqarish uchun hech
qanday ta’siri bo’lmaydi.
Moliyaviy
resurslar ikki turga, ya’ni
mikroresurslar va makroresurslarga
bo’linadi. Mikroresurslar markazlashmagan bo’lib, korxona, firma, kompaniya,
tashkilot, jamoa uyushmalari, shaxslarning pul resurslaridan iboratdir. Bunga qarzga
olingan pullar ham kiradi. Makroresurslar asosan davlat ixtiyoridagi pul resurslaridan
iborat bo’lib, umumdavlat miqyosida tashkil etiladi. Bular umuman byudjetda
jamg’ariladi. Shu bilan birga boshqa fondlar ham mavjuddir.
Bozor iqtisodiyotida, albatta, mikroresurslar asosiy o’rinni egallaydi. Bozorda
erkin iqtasodiy faoliyat sharoitida albatta firma, kontsern,
korporatsiya, birlashma,
korxona kabilarning moliyasi asos bo’lib hisoblanadi. Lekin bozor iqtisodiyotini
tartibga solishda davlat moliyasi etakchi o’rinda bo’ladi.
Iqtisodiy faoliyatni moliyalashtirish, moliya resurslarining tashkil topishi
asosan uch usulda amalga oshadi: 1) o’zini-o’zi moliyalashtirish, 2)
qarz olish
(kredit), 3) zaruriy holatlarda davlat ajratgan moliyadan foydalanish. Birinchi usulda
PDF created with pdfFactory trial version
www.pdffactory.com
88
pul mablag’lari, resurslari har bir iqtisodiy sub’ekt tomonidan o’z xisobiga shakllanadi.
Ikkinchi usulda qarz olish hisobiga moliya resurslari tashkil topadi. Uchinchi usulda
davlat byudjeti yoki boshqa umumiy fondlar hisobiga moliyalashtirish zaruriyati
tug’ilishi bilan moliya resursi paydo bo’ladi va shu asosdagi sarmoyalar ishga solinadi.
Bozor iqtisodiyoti talabi bo’yicha sarmoya va mablag’larning erkin harakati
ta’minlanadi. Bu albatta moliya bozorining rivojida hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi.
Moliya bozori milliy va xalqaro miqyosda bo’lib, bunda pul mab-lag’larining erkin
harakati shakli tushuniladi. Har qanday bozor shakliga o’xshab, pul bozorining ham
ob’ekt va sub’ektlari mavjuddir. Moliya bozorining ob’ektlari asosan qimmatbaho
qog’ozlar, pul, qarz pul kabilardir. Aktsiya, obligatsiya, chek, veksel kabilar
qimmatbaho qorozlar bozorining ob’ektini tashkil etsa, qarz pullar kredit bozorining
ob’ekti hisoblanadi. Moliya bozorida pul egalari
va ularga muhtojlar uning
sub’ektlari hisoblanadi. Bularning o’rtasidagi bevosita munosabat va oldi-sotdi moliya
bozorining mazmunini bildiradi. Bu jarayonda talab va taklif ta’siri hamda erkin baho
asos bo’lib xizmat qiladi.
Moliya bozori bo’sh pul mablag’larini jamg’aradi va ma’lum maqsadni
mo’ljallagan holda ularni moliyaviy resurslarga aylantiradi. Bu aholi qo’lidagi
harakatsiz yotgan pullarni ishga solishda ayniqsa qo’l keladi. Ka-pitalga aylangan
pul mablag’larining tarmoqlar o’rtasi-dagi harakatini, ularning sohadan sohaga
ko’chishini ta’-minlab, erkin ko’chib yurish, pul resurslaridan samarali
foydalanishni ta’minlashda moliya bozorining ta’siri katta. Masalan, kompyuter
sanoati tezlik bilan o’sib borar ekan, demak, buning uchun katta mablag’ zaruriyati
tug’iladi. Buning uchun bu sohaga keng miqyosda pul kapitali darkor. Metallurgiya
kengaymasa, hatto qisqarib borsa bundagi pul kapitali erkin holda boshqa tarmoqqa,
misolimizdagi kompyuter sanoatiga ko’chishi kerak. Chunki,
bu erda talab yuqori,
foyda katta, demak, baho ham yuqori, metallurgiya va shunga o’xshash tarmoqlarda
esa talab kam, foyda nisbatan past. Bu moliya bozori orqali hal qilinadi. Pul
sarmoyalari erkin holda, ya’ni oldi-sotdi tarzida eng zarur tarmoqlar tomon harakat
qiladi, pul resurslari bilan ta’minlash normallashtirilib boriladi.
Dostları ilə paylaş: