124
Bularning 70 foizga yaqini o’rta va uzoq muddatli kreditlardir.
Tadbirkor va
fermyerlarga berilgan mikrokreditlar hajmi esa 27mlrd. so’mdan ziyod bo’ldi.
Kichik va o’rta biznes vakillarining moddiy-xomashyo resurslaridan
foydalanish imkoniyatlari kengaytirildi, ular tomonidan ishlab chiqarilgan
mahsulotlarni tovar xomashyo birjalarida sotish hajmi oshib bormoqda Natijada
kichik va o’rta biznesning yalpi ichki
mahsulotdagi hissasi oshdi, u hozirgi 2002
yilning boshida 24,5 foizni tashkil etmoqda. Shuni alohida ta’kidlash kerakki, butun
mamlakat iqtisodiyotida band bo’lgan aholining 53 foizidan ko’prog’i kichik va o’rta
tadbirkorlik sohasida mehnat qilmoqda.
Shuning uchun ham qishloq xo’jaligida isloxotlarni amalga oshirish
shirkatlarga aylantirilgan 18 ming,55,1 ming fermer xo’jaliklari va ularga
biriktirilgan 1054,7 mig gektar er, ya’ni bir xo’jalikka o’rta hisobdan 19 gektar er
to’g’ri keladigan yerlarni suіorishga
yaroqli suvdan tejab-tergab, samarali
foydalanishga, sug’orish va irrigatsiyaning zamonaviy tizimlarini joriy qilishga,
suvdan foydalanish intizomini kuchaytirishga erishayotganlarni rag’batlantirishga
qaratilgan va ilmiy-tadbirkorlikni hayotga tadbiq qilish muhim ahamiyatga egadir.
Respublika Prezidenti I.Karimov «har tomchi suv oltinga teng bo’lib turgan bir
paytda ko’plab viloyatlarda suvdan foydalanish koeffitsienti tushib ketgan. Jumladan
Buxoro Navoiy, Surxondaryo, Namangan kabi bir qator viloyatlarda sodir
bo’layotgan bunday salbiy holatlarning sabablarini chuqur sinchiklab o’rganish va
tegishli choralar ko’rish lozim
5
» dedilar.
Alohida e’tiborni talab qiladigan yana masala viloyatlar, Toshkent shahrida va
boshqa aholi punktlarida ichimlik suvini tejash masalasidir. YAqin yillar ichidayoq
bu masala eng keskin muammolardan biriga aylanishi, ichimlik suvi esa eng noyob
va qimmatbaho tabiiy resurs bo’lib qolishi mumkin. Hozirning o’zidayoq
butun-
butun mintaqalarda, xususan Qoraqalpog’iston Respublikasi, Хorazm, Buxoro
viloyatlarida, Qashqadaryo, Navoiy viloyatlarining ayrim tumanlarida suv ta’minoti
bilan bog’liq muammolarga duch kelinmoqda.
Bu masala o’rganilganda aholi tomonidan suv sarflanishining amaldagi
miqdori belgilangan me’yorlardan 2-3 barobar ortiq ekani ayon bo’ldi. Masalan,
Toshkent shahrida korxonalarda, avtomobil yuvish shaxobchalarida ichimlik suvidan
texnik maqsadlarda foydalanish kabi odatlarga hanuzgacha chek qo’yilgani yo’q.
Bundan tashqari respublikaning ayrim shaharlari va tuman markazlarida sug’orish
shaxobchalari yo’qligi, mavjud ariqlarning esa ko’mib
tashlangani tufayli yoz
mavsumida aholi vodoprovod suvidan sug’orish maqsadlari uchun foydalanilmoqda.
Ichimlik suvi sarflanishini hisobga oluvchi o’lchagichlarni o’rnatish ishlari
qoniqarsiz
ahvolda.
Toshkent
shahrining
o’zida
ahvol
yomon
«Toshviloyatsuvoqava» trestiga qarashli iste’molchilarning atigi 3 foizidagina ana
shunday o’lchagichlar mavjud.
Energetika resurslaridan, birinchi galda tabiiy gazdan foydalanish ahvoli
yaxshi emas. Masalan, respublika bo’yicha o’tkazilgan tekshirishlar
natijasida jami
12 mingdan ortiq issiqxonalar qonunga xilof ravishda gazdan foydalanayotgani
5
Iqtisodni erkinlashtirish, resurslardan tejamkorlik bilan foydalanish bosh yo’limiz Хalq so’zi 13 fevral, 2002 yil.
PDF created with pdfFactory trial version
www.pdffactory.com
125
aniqlandi. Bunday issiqxonalarning soni Samarqand viloyatida 4250 ta, Toshkentda
1500 ta, Andijon viloyatida esa 1450 ta ekanligi ma’lum bo’ldi. Tahlillar shundan
dalolat beradiki, ayrim aholi qatlamlarining tabiiy gazdan foydalanish darajasi
me’yoridagiga nisbatan 1,5-2 barobar ortiq.
Moddiy resurslardan xo’jasizlarcha, mas’uliyatsizlik
bilan foydalanish
mahsulotni ishlab chiqarishga ketadigan material va energiya sarfining oshishiga, bu
esa, o’z navbatida ana shu mahsulot tannarhining qimmatlashuviga olib keladi.
Tovarning narxi oshib ketadi va oqibatda u raqobatga bardosh bera olmaydi. Shu
tariqa, mahsulotlarimizni jahon bozoriga olib chiqish yo’lidagi say’i-harakatlar
yo’qqa chiqadi.
Shuning uchun bunday holatlarning oldini olish, bu borada tartib o’rnatish va
mahalliy resurslardan oqilona foydalanish O’zbekistonning jahon bozoriga tezroq
integratsiya qilishga imkon beradi, bu imkoniyat tabiiy gazlardan oqilona
foydalanishdir. Haqiqatan respublikamizda tabiiy gaz zahiralari keng tarqalgan.
Shular ichida Sho’rtan gaz konlari xazinasini oqini oqqa, ko’kini ko’kka
ajratib
olsak, tamomila boshqacha ko’rinishdagi manzara paydo bo’lar ekan.
Mutaxassislarning aytishlaricha, mana shu gaz tarkibidan 148 turdan ziyod polietilin
ishlab chiqarish imkoniyati bor. Bu imkoniyat Sho’rtan gaz kimyo majmuasida
ro’yobga chiqarilmoqda. Cho’l bag’rida bunyod etilgan ushbu maskanni 450
gektarga yaqin yashil o’rmon qurshab turibdi. Bu erda qariyb 1 million tup ko’chat
o’tkazildi.
Ko’rib turibmizki, istiqlol tufayli O’zbekiston mahalliy mineral va xomashyo
resurslarini chuqur qayta ishlash orqali yangi marralarni zabt etmoqda, mamlakatlaru
qit’alar bilan mustahkam aloqa o’rnatmoqda.
Dostları ilə paylaş: