Ishmuxamedov A.E., Eshov M.P., Sunnatov M.N.
«Bozor iqtisodiyoti va
biznes asoslari» - O’quv qo’llanma - T.: TDIU, 2006 – 208 bet.
O’quv qo’llanmada bozor iqtisodiyoti
va biznes asoslari, tadbirkorlik
tamoyillari va aholini ijtimoiy himoya qilish
kabi muammolar batafsil aks
ettirilgan. Bular O’zbekiston Respublikasi hamda rivojlangan mamlakatlar,
misolida ko’rib chiqilgan.
Bozor iqtisodiyoti va biznes asoslari
butun bir iqtisodiy tizim, murakkab
munosabatlar kompleksidir. Buning ma’nosi shuki,
bozor munosabatlari doimo
o’rganib borish asosidagina xo’jalik yuritishda yuksak natijalarga erishish, o’z
mulk va mablag’larimizdan unumli foydalanishimiz natijasida farovon va to’q
hayot kechirishimiz mumkin. Odamlarda yaxshi yashash ko’nikmalarni
hosil
qilishga esa biznes asoslarini egallash orqali erishiladi. Buni bozor munosbatlari
asosida
yashayotgan, rivojlanib borayotgan o’nlab mamlakatlar va xalqlar
hayotidan ko’rib turibmiz.
Mazkur o’quv qo’llanmada O’zbekistonning
boshqa mamlakatlar, xususan,
o’z taraqqiyotida bozor iqtisodiyotiga o’tish yo’lini tanlagan davlatlar bilan olib
borayotgan iqtisodiy o’tish faoliyatiga alohida e’tibor beriladi.
Ushbu o’quv qo’llanmani yozishda so’nggi yillarda
mamlakatimizda olib
borilayotgan chuqur iqtisodiy islohotlar natijalari hamda jahon iqtisodiyotiga
sobitqadamlik bilan kirib borayotgan mustaqil davlatlarning tajribalari, rivojlangan
mamlakatlarning
ilmiy yondoshuvlari, shuningdek, mualliflar tomonidan o’qilgan
ma’ruzalar asos qilib olingan.
Talabalar kursni o’rganish natijalariga ko’ra olingan bilimlar va tajribalarini
o’zlarining kelgusidagi iqtisodiy tartibga solish amaliyotlarida qo’llay
olishlari
lozim.
Ushbu o’quv qo’llanma «Iqtisodiyot» ta’lim yo’nalishi tlabalari uchun
mo’ljallangan.