38
Tanlab olish tufayli voz kechilgan iqtisodiy xatti-harakat
keltirishi mumkin
bo’lgai foyda tanlov xaqi deyiladi, u har xil ne’mat yoki daromaddan iborat bo’ladi.
Хulosa shuki, tanlov naf keltirgandagana unga qo’l urish ksrak.
5.3. Iqtisodiy tizimlar
Iqtisodiy faoliyat ma’lum iqtisodiy tizim sharoitida amalga oshadi. Iqtisodiy
tizimga quyidagalar kiradi: a) iqtisodiy resurslar; b) iqtisodiy aloqalar yoki
munosabatlar; v)
noiqtisodiy mexanizm; g) iqtisodiy siyosat. Iqtisodiy tizimlarni
tarixan to’rt turga bo’lish mumkin.
1.
An’anaviy yoki natural iqtisodiy tizim. Bu o’ta ko’hna va qoloq iqtisodiy
tizim, uzoq vaqtgacha o’zgarmay qolgani uchun arxaik (eski) tizim deb
baholanadi. Bu tizimda qo’l mehnati hukmron,
ishlab chiqarish natural
xarakterga ega; mehnat unumdorligi va turmush darajasi g’oyat past.
Iqtisodiy aloqalar xo’jalikning o’z ichida yuz beradi. Boshqalar bilan oldi-sotti
munosabatlari bo’lmaydi. Bu iqtisodiyot davlat siyosati ta’siridan holi bo’ladi.
An’anaviy iqtisodiy tizim hali taraqqiy etmagan urug’-aymoqchilik sharoitida
yashayotgan ba’zi Afrika xalqlarida uchrab turadi.
2.
Sof bozor iqtisodiyoti tizimi. Bu bozordaga
talabni qondirishga
qaratilgan,bozor orqali hamkorlikni taqozo etuvchi erkin va demokratik iqtisodiy
tizim. U xususiy mulkchilik, bozor uchun ishlash,
cheklanmagan iqtisodiy
tanlov, naf ko’rish va raqobat kabi tamoyillarga asoslanadi. Bozor tizimida daromad
topish chegaralanmaydi, boy bo’lish taqiqlanmaydi, o’ziga to’q, farovon
yashovchi odamlarning moddiy tengsizligi mavjud bo’ladi.
Bozor tizimi asosida
tovar ishlab chiqarish va pul yotadi. Bozor tizimi dunyoning hamma mamlakatlarida
bor, lekin uning rivojlanish darajasi bir xil emas.
3.
Rejali yoki buyruqbozlik-ma’muriy iqtisodiyot tizimi. Bu to’la-to’kis
davlatlashtirilgan iqtisodiy tizimdir. Uning asosi davlat mulki hisoblanadi, ishlab
chiqarish davlatning reja-topshiriqlariga binoan yurgiziladi, nima ishlab chiqarish
masalasi davlatning buyrug’iga binoan hal etiladi. Boy bo’lish ta’qiqlanadi,
aholining
tengligi
hukm
suradi.
Bunday iqtisodiy tizim sobiq sho’rolar mamlakatida bo’lgan.
4.
Aralash iqtisodiy tizim. Bu har xil darajada bozor va reja (nobozor)
aloqa-munosabatlarining qorishmasidan iborat tizimdir. Bu tizimda bozor vositalari
bilan birgalikda rejalashtirish, hamkorlik va saxovatga asoslangan iqtisodiy
aloqalar mavjud bo’ladi. Iqtisodiyoti yuksak texnologiya, g’oyat yuqori mehnat
unumdorligiga asoslanadi, bu esa moddiy to’kinchilikni ta’minlaydi.
Aholining
ko’pchiligi mulk sohibiga aylanadi, davlat o’z siyosati bilan iqtisodiyotga faol ta’sir
etadi. Aholining ko’pchiligi o’rta hol sinfga mansub bo’ladi. Aralash tizim
iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlarda xususan AQSh Kanada va Evropa
mamlakatlarida mavjud. O’zbekiston mustaqillik yillari davomida reja iqtisodiyotidan
bozor iqtisodiyoti – aralash iqtisodiyotga o’tmoqda.
PDF created with pdfFactory trial version
www.pdffactory.com