Umumiy ma'lumoti tayyori. Doc


 Iqtisodiy tanlov qoidasi



Yüklə 1,04 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə26/149
tarix11.06.2023
ölçüsü1,04 Mb.
#128723
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   149
Bozor iqtisodiyoti va biznes asoslari

 
5.2. Iqtisodiy tanlov qoidasi 
Inson xatti-harakatlari uning manfaatiga qaratilgani uchun «qaysi biri foydali, 
qaysi biri zararli ekanligi o’ziga ravshan bo’lgach foydalisini tanlayda va olib 
o’zlashtiradi, zararlisiii rad etadi. 
Muayyan makondagi tabiat resurslari ma’lum miqdordagi jon-zodlarni boqishi 
mumkin. Bu qoidaning insoniyatga ham aloqasi bor. Ammo resurslar taqchilligi fan-
texnika taraqqiyoti tufayli susayadi. Baribir tabiiy resurslar miqdori bilan aholi soni 
o’rtasida ma’lum nisbat bo’lishi kerak. Resurslar qanchalik ko’p bo’lmasin, ular 
chegaralangan vaqt davomida ma’lum miqdordagi aholining farovon yashashi uchun 
kifoya qiladi. Aholi soni ortib, uning ehtiyoji oshgani sari resurslar kamyobligi 
kuchayadi. Shu sababli aholining ehtiyoji bilan tabiatning imkoni orasidagi tafovut 
kuchayib boradi. 
Tanlash qoidasi shuki, resurslar cheklangan sharoitda ulardan nimani ishlab 
chiqarish iqtisodiy jihatdan ma’qul bo’lsa, resurslarni shunga sarflash yo’li tanlab 
olinadi. 
Masalan, tikuvchilik fabrikasi imkoniga qarab nima tikishni ya’ni kostyummi, 
plashmi, paltomi, kurtkami, shu masalani o’ziga ma’qul usulda hal qiladi. Fuqaro 
hamyonidagi puliga qarab qaerdan qaysi birini xarid etishni o’zi tanlaydi. 
Iqtisodiyotda hech bir narsa tekinga kelmaydi, - degan qoida ham bor. Shunga ko’ra 
nimaiki tanlansa, uning xaqi to’lanadi. 
PDF created with pdfFactory trial version 
www.pdffactory.com


38 
Tanlab olish tufayli voz kechilgan iqtisodiy xatti-harakat keltirishi mumkin 
bo’lgai foyda tanlov xaqi deyiladi, u har xil ne’mat yoki daromaddan iborat bo’ladi. 
Хulosa shuki, tanlov naf keltirgandagana unga qo’l urish ksrak. 
5.3. Iqtisodiy tizimlar 
 
Iqtisodiy faoliyat ma’lum iqtisodiy tizim sharoitida amalga oshadi. Iqtisodiy 
tizimga quyidagalar kiradi: a) iqtisodiy resurslar; b) iqtisodiy aloqalar yoki 
munosabatlar; v) noiqtisodiy mexanizm; g) iqtisodiy siyosat. Iqtisodiy tizimlarni 
tarixan to’rt turga bo’lish mumkin. 
1. An’anaviy yoki natural iqtisodiy tizim. Bu o’ta ko’hna va qoloq iqtisodiy 
tizim, uzoq vaqtgacha o’zgarmay qolgani uchun arxaik (eski) tizim deb 
baholanadi. Bu tizimda qo’l mehnati hukmron, ishlab chiqarish natural 
xarakterga ega; mehnat unumdorligi va turmush darajasi g’oyat past. 
Iqtisodiy aloqalar xo’jalikning o’z ichida yuz beradi. Boshqalar bilan oldi-sotti
munosabatlari bo’lmaydi. Bu iqtisodiyot davlat siyosati ta’siridan holi bo’ladi.
An’anaviy iqtisodiy tizim hali taraqqiy etmagan urug’-aymoqchilik sharoitida 
yashayotgan ba’zi Afrika xalqlarida uchrab turadi. 
2. Sof bozor iqtisodiyoti tizimi. Bu bozordaga talabni qondirishga 
qaratilgan,bozor orqali hamkorlikni taqozo etuvchi erkin va demokratik iqtisodiy 
tizim. U xususiy mulkchilik, bozor uchun ishlash, cheklanmagan iqtisodiy 
tanlov, naf ko’rish va raqobat kabi tamoyillarga asoslanadi. Bozor tizimida daromad
topish chegaralanmaydi, boy bo’lish taqiqlanmaydi, o’ziga to’q, farovon
yashovchi odamlarning moddiy tengsizligi mavjud bo’ladi. Bozor tizimi asosida 
tovar ishlab chiqarish va pul yotadi. Bozor tizimi dunyoning hamma mamlakatlarida 
bor, lekin uning rivojlanish darajasi bir xil emas. 
3. Rejali yoki buyruqbozlik-ma’muriy iqtisodiyot tizimi. Bu to’la-to’kis 
davlatlashtirilgan iqtisodiy tizimdir. Uning asosi davlat mulki hisoblanadi, ishlab 
chiqarish davlatning reja-topshiriqlariga binoan yurgiziladi, nima ishlab chiqarish 
masalasi davlatning buyrug’iga binoan hal etiladi. Boy bo’lish ta’qiqlanadi, 
aholining 
tengligi 
hukm 
suradi.
Bunday iqtisodiy tizim sobiq sho’rolar mamlakatida bo’lgan. 
4. Aralash iqtisodiy tizim. Bu har xil darajada bozor va reja (nobozor) 
aloqa-munosabatlarining qorishmasidan iborat tizimdir. Bu tizimda bozor vositalari
bilan birgalikda rejalashtirish, hamkorlik va saxovatga asoslangan iqtisodiy
aloqalar mavjud bo’ladi. Iqtisodiyoti yuksak texnologiya, g’oyat yuqori mehnat 
unumdorligiga asoslanadi, bu esa moddiy to’kinchilikni ta’minlaydi. Aholining 
ko’pchiligi mulk sohibiga aylanadi, davlat o’z siyosati bilan iqtisodiyotga faol ta’sir 
etadi. Aholining ko’pchiligi o’rta hol sinfga mansub bo’ladi. Aralash tizim 
iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlarda xususan AQSh Kanada va Evropa 
mamlakatlarida mavjud. O’zbekiston mustaqillik yillari davomida reja iqtisodiyotidan 
bozor iqtisodiyoti – aralash iqtisodiyotga o’tmoqda. 
PDF created with pdfFactory trial version 
www.pdffactory.com


39 

Yüklə 1,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   149




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin