Umumiy ma'lumoti tayyori. Doc



Yüklə 1,04 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə28/149
tarix11.06.2023
ölçüsü1,04 Mb.
#128723
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   149
Bozor iqtisodiyoti va biznes asoslari

 
 
PDF created with pdfFactory trial version 
www.pdffactory.com


41 
VI-MAVZU. BOZOR IQTISODIYoTI VA
 
UNGA O’TISh YO’LLARI 
 
6.1. Bozor iqtisodiyotining belgilari 
6.2. Bozor iqtisodiyotining turlari 
6.3. Bozor iqtisodiyotiga o’tish yo’llari 
 
6.1. Bozor iqtisodiyotining belgilari 
Kishilik jamiyati paydo bo’libdiki, insoniyat oldida: nimani ishlab chiqarish 
zarur; qanday usullar va sarf-xarajatlar bilan ishlab chiqarish zarur ishlab chiqarilgan 
narsalar kimga kerak, ularni kimlar iste’mol etadi? degan mazmunidagi muammolar 
turadi. 
Bu muammolarni hal etish iqtisodiy tizimga qarab turlicha bo’lgan. Agar rejali 
iqtisodiyot tizimi ularni samarali hal eta olmagan bo’lsa, bozor iqtisodiyoti buning 
uddasidan chiqa oldi. Bozor. iqtisodiyoti ko’pchilik xalqlarga manzur bo’lgan va ular 
kelajagini ta’minlovchi iqtisodiyot hisoblanadi. U hozirgi davrga xos umuminsoniy 
iqtisodiyotdir. 
Bozor iqtisodiyoti iqtisodiy faoliyatda erkinlikka, xo’jalik yuritishda
oqilonalik tamoyillariga asoslangan demokratik iqtisodiyotdir. 
Bozor iqtisodiyotining mohiyatini anglash uchun uning asosiy belgilarini 
ko’rib chiqamiz. Bozor iqtisodiyotiga erkinlik xos bo’lib, uni mulkchilik shakli 
ta’minlaydi. Bunday iqtisodiyotda xususiy, jamoa va davlat mulklari mavjud bo’lib, u 
yoki bu mulkning monopoliyasi (yakka hokimligi) bo’lmaydi. Barcha mulklar teng
ular cheklanmagan holda rivojlanadi. Mulkchilikning asosini xususiy mulk tashkil 
etadi. Bozor iqtisodiyotida xo’jalik yuritishning shakllaridan qaysi birini tanlash, o’z 
mol-mulkini qanday ishlatish ham kishilarning o’z ixtiyoriga bog’liq. Tadbirkorlik 
qilish yoki yollanib ishlash, o’z pulini sanoatga, dehqonchilikka, tijoratga, bank 
ishiga yoki boshqa yo’lga sarflash odamlarning o’z ixtiyorida. Muqobil faoliyat 
turlari ko’p va ulardan ma’qul keladigani tanlab olinadi, ammo iqtisodiy oqilonalikka 
amal qilinadi. Shu boisdan hamma o’z qo’lidan keladigan ish bilan shug’ullanadi. 
Хilma-xil mulkchilik va faoliyat turlarini erkin tanlab olish iqtisodiy 
plyuralizmni tashkil etadi. 
Bozor iqtisodiyoti iqtisodiy monopoliyani rad etadi. Iqtisodiy aloqalarda hech 
bir cheklanish bulmaganidan ularda ko’pchilik faol qatnashadi. Ular jumlasiga har 
xil firmalar, resurslar egalari, millionlardan iborat ists’molchilar (xaridorlar), 
davlatning 
idora 
mahkamalari kiradi. Ularning aloqalari tovar — pul munosabatlariga asoslanadi. 
Tovar—pul munosabatlari tovarlarni bozor uchun ishlab chiqarish, ularni oldi-
sotdi qilish va shuningdek, pul borasida yuz beradigan iqtisodiy aloqalarni o’z ichiga 
oladi. 
Bozor tizimiga iqtisodiy liberalizm xos, ya’ni yuqorida aytilganidek, 
har qanday faoliyat turlari erkin amalga oshadi, ammo faoliyat turlari albatta bir-biri 
bilan bozor orqali bog’lanishi shart. hamma o’z manfaati yo’lida harakat qiladi. 
Sotuvchi qimmat sotishga intilsa, xaridor arzon olishga intiladin. Tadbirkor ishtiyoqi foyda 
PDF created with pdfFactory trial version 
www.pdffactory.com


42 
olish bo’lsa, ishchining maqsadi ko’proq ish haq olish. Alohida manfaatlar bo’lishi 
ularning to’qnashuviga sabab bo’ladi. Shu boisdan bozor iqtisodiyotida raqobat 
bo’ladi. Ishning ko’zini bilgan bu kurashda g’olib chiqadi, uning mavqei 
mustahkamlanadi, uquvsizlar esa o’z-o’zidan chiqib qolishadi. 
Bozor iqtisodiyotida faqat raqobat emas, manfaatlar uyg’unlashgan sharoitda 
hamkorlik ham yuz beradi. Masalan, sotuvchi bilan xaridor savdolashib, har ikki 
tomonga ma’qul narx kelishib olinganda ularning manfaati mos tushadi, ya’ni ular bir-
biridan rozi bo’ladilar. Shunday o’zaro bir-biriga naf keltirish hamkorlik, shsrikchilik va 
oldi-berdini keltirib chiqaradi. 
Bozor iqtisodiyotining o’ziga xos rivojlanish mexanizmi bor, u iqtisodiy 
stimullarga, ya’ni kishilarni to’q va xotirjam yashash, obro’ga ega bo’lish, hayotda 
o’z o’rnini topish kabi manfaatlarini yuzaga chiqarishga asoslanadi. Bozor 
mexanizmi iqtisodiy rag’batlantirish mexanizmidir. Unda iqtisodiy faollikka undash 
va hatto zo’rlash ham bor, ammo bu ma’muriy zo’rlash emas, balki iqtisodiy jihatdai 
majburlashdir. Masalan, raqobat hammani yaxshi ishlashga majbur qiladi. Bozor 
mexanizmi iqtisodiy bo’lganidan bu tizimda foyda zarar, sarf-xarajat, yutish-
yutqazish, narx-navo, raqobat-kelishuv, soliq-subsidiya degan narsalar keng 
ishlatiladi. 
Bozor iqtisodiyotiga xos belgilardan biri erkin, ya’ni liberallashgan narxlarning 
bo’lishi va hamisha narxni hisobga olib, foyda-zararni nazarda tutgan holda 
ishlashidir. Iqtisodiy mexanizmlar ishlab chiqarishni tez va eng avvalo resurslarni 
tejab-tergab sarflagan holda rivojlantirishni ta’minlaydi. Natijada moddiy 
to’kinchilik yuzaga keladi. Binobarin, bozor iqtisodiyoti taqchilliksiz iqtisodiyot 
hisoblanadi. Uning ijtimoiy mo’ljal-maqsadi farovonlikni oshirish. Farovonlikni 
kishilarning ishbilarmonligi, mshnatining natijasi, o’z mulkini samarali ish bilishi 
ta’minlaydi. Har bir kishi qo’lidan kelgan ish bilan shug’ullanib, ishlaganiga qarab 
daromad ko’rishi adolatli hisoblanadi. Bozor iqtisodiyoti kambag’al va 
qashshoqlarning emas, balki o’ziga to’q kishilarning tengligidir. Tengsizlikning 
bo’lishi ham adolatli hisoblanadi. Bozor iqtisodiyoti rivojlangan sharoitida eng kam 
daromad chegarasini davlat qonun yo’li bilan belgilab qo’yadi. Masalan, AQShda 
2002 yilda eng kam ish xaqi 1 soat ishlaganlik uchun 6,0 dollar qilib belgilangan va 
uni bundan kamaytirib bo’lmaydn. Bozor iqtisodiyotida daromadlarning yuqori 
chegarasi belgilab qo’yilmaydi, bu esa kishilarda pul topish ishtiyoqini kuchaytirib, 
ko’plab ishlab chiqarishga rag’bat beradi. Kishilar iqtisodiy faollikni yuzaga 
chiqaradi. Boyligi adolatli yo’l bilan topilganidan uni yashirmaedan oshkor e’lon 
qiladilar. Masalan, 2002 yil natijasiga ko’ra AQSh eng katta boylar ro’yxatiga 400 ta 
boy kiritilib, ularning boyligi 0,5 milliard dollardan 43,0 milliard dollargacha 
bo’lganligi e’lon qilindi. 2002 yilda jahondagi eng boy kishining puli 48 milliard 
dollar bo’lgan va uning nomi - Bil Geyts, ikkinchi o’rinda Uorren Beffet – 36 mlrd. 
dollar va uchinchi o’rinda Mg’crosoft asoschisi Pol Allen – 21 mlrd. dollarga ega.
Bozor iqtisodiyotida shunday qoida bor: 
Jamiyatiing naqadar boy bo’lishi har bir oila, har bir kishining naqadar boy 
va farovon yashashiga bog’liq. 
Bu qoidaning yuzaga chiqishiga bozor mexanizmi xizmat qiladi. Chunki, u 
PDF created with pdfFactory trial version 
www.pdffactory.com


43 
ishlab chiqarishni rivojlantiruvchi kuch hisoblanadi. 

Yüklə 1,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   149




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin