50
urinishlari bahoga ta’sir etmaydi va bunda ayrim harakatlar muvaffaqiyat keltirmay,
mavjud muvozanat belgilaydigan umumiy baho bo’yicha oldi-sotdi amalga oshadi.
Raqobatning mohiyati shuki, har bir sotuvchi bozordagi juda ko’p miqdordagi
sotuvchilar ishtirokida o’zining nisbatan kichik hissasi bilan umumiy taklifga ta’sir
ko’rsata olmaydi, demak, bahoni ham yakka holda o’zgartira olmaydi.
Aytish
mumkinki, raqobat shundan iboratki, har bir sotuvchi — taklif sub’ekti umumiy
taklifga kichik hissa qo’sha oladi va umumiy oqim ichida bo’ladi. YAkka holdagi
sotuvchilar taklifning umumiy miqdoriga sezilarli ta’sir ko’rsata olmaydilar, shuning
uchun ham yakka ishlab chiqaruvchi sifatidagi sotuvchi mahsulot narxini istaganicha
o’zgartira olmaydi va unga istagan holda munosabatda bo’la olmaydi. Haqiqatan
ham har bir sotuvchi yakka-yakka holdagi harakatda va raqobatda qatnashuvchi
sifatida bozor ixtiyorida bo’ladi. Bunda raqobat yakka-yakka
holdagi barcha yoki
juda ko’pchilik sotuvchilar harakatidan iborat bo’ladi. Ko’rinib turibdiki, raqobat
bozorda hukmronlikni inkor etib, erkin harakatni talab etadi.
Хaridorlar to’g’risida ham shuni aytish mumkin, ya’ni ular ham bir-biriga
bog’liq bo’lmagan ixtiyoriy harakatda bo’ladilar. Umumlashtirib aytganda,
raqobatning asosini tashkil qiluvchi iqtisodiy hokimiyatning
keng tarqoqligi bu
hokimiyatdan foydalanishni tartibga solib turadi va undan zararli foydalanish
imkoniyatlarini chegaralab boradi. Demak, iqtisodiy imkoniyatlar uchun kurash
iqtisodiy birliklarning o’z foydasini ko’zlab, bir-biriga zarar keltirishga to’siq bo’lib
xizmat qiladi. Raqobat sotuvchi va xaridorlarning o’z manfaatlarini ta’minlashining
amalga oshuvining chegaralarini belgilab turadi. Shuning uchun ham raqobat bozor
iqtisodiyotida asosiy tartibga soluvchi kuch bo’lib xizmat qiladi.
Yuqorida
qayd
qilib
o’tilgan
raqobatlarning
ikkinchi
tomoni
ishtirokchilarning tanlov erkinligidir. Bozor sharoitida har bir tadbirkor istagan
tovari bilan ish ko’rishi, xohlagan tarmoqda faoliyat ko’rsatishi va zarur topganda
hech qanday to’siqlarsiz va qiyinchiliksiz bu tarmoqdan chiqib ketib boshqasiga
o’tish imkoniga egadir. Bu bilan ma’lum
tarmoqlar, sohalarning zaruriyatga qarab
kengayishi yoki torayishi imkoni ta’minlanib boriladi. Chunki, talab va taklif
muvozanati tufayli ishlab chiqaruvchi va xaridorlarning tarmoqlararo harakati
erkinligi ta’minlanadi. Bunday sharoit iqtisodiy moslashuvni ta’minlaydi va
samaradorlikning saqlanib borishi imkonini tug’dirib boradi.
Endi biz raqobatning faqat tarmoqlar manfaati bilan chegaralanmay, uning
tarmoqlararo va umumjamiyat manfaatlari borasidagi ta’siri va harakatini ko’rib
chiqaylik. Bozor mexanizmlari bo’lgan talab va taklif orqali iste’molchilar va
jamiyat
istaklari korxonalarga, korxonalar orqali esa resurslar bilan
ta’minlovchilargacha etkaziladi. Bu jarayonda raqobat ta’sirini ko’ramiz. Ma’lumki,
iste’mol talabining ko’tarilishida baho o’z aksini topadi. Talab ortib borishi tufayli
baho ko’tarilib boradiki, natijada yuqori foyda olinadi. Bu o’z-o’zidan shu
mahsulotlarga talab oshgan va ularni ko’proq ishlab chiqarish kerakligadan xabar
beradi. Raqobat, ayniqsa bunga qo’shiluvchi yangi firmalar ishlab chiqarishni
kengaytirib, bahoning xarajatlar darajasida bo’lishini ta’minlashi mumkin. Agarda bu
jarayonga raqo-batning ta’siri bo’lmay, monopoliyalik mavjud bo’lsa, o’zgarish yuz
bermaydi va ortiqcha foyda olish davom etaveradi.
PDF created with pdfFactory trial version
www.pdffactory.com
51
Raqobat faqat jamiyat talabiga e’tibor berish va ba’zi tarmoqlarning kengayishi
va qisqarishiga olib kelish bilan chegaralanmay,
firmalarni eng samarali
texnologiyaga o’tish, ilg’or ishlab chiqarishni ta’minlab borishga undaydi. U past va
kam samarali texnologiya asosida ishlab chiqarishni uyushtirgan firmalarni
qo’llamaydi va ularning boshqa ilg’or raqiblar tomonidan siqib chiqarilishiga olib
keladi. Shuning uchun raqobat, aytganimizdek, texnik progress imkonini qo’llaydi va
uni keng taraqqiyotiga undaydi.
Raqobatli bozorning yana eng muhim tomonlaridan biri, oldingi mavzuda
ko’rganimizdek, xususiy va ijtimoiy manfaatlar uyg’unligining ta’minlanishidir.
Chunki, bu juda muhim va o’ta zarur bo’lgan manfaatlar tengligiga xos hodisadir.
Bunda o’ta muhim bo’lgan davlat manfaati ham ko’zda tutiladi. Aytganimizdek,
tadbirkorlar eng tejamli
resurslar kombinatsiyasini, ya’ni mavjud raqobat sharoitida
xususiy manfaatga ham to’la mos keladigan kombinatsiyani qo’llaydilar.
Tadbirkorlarning texnik progressga asoslanmagan holdagi ishlab chiqarishi zarur
foyda bermaydi va pirovardida sinishga olib keladi. Shu bilan birga kamyob
resurslarni ishga solish, kam xarajatli ishlab chiqarishni uyushtirish eng samarali
usullardan bo’lib, bu jamiyatga juda foydalidir.
Хulosa
qilib aytganda, raqobat kuchi shaxsiy manfaatni tartibga solib, uni
shunday yo’naltiradiki, u o’zidan-o’zi jamiyat manfaatining maqsadga muvofiq
ravishda ta’minlanishiga olib keladi. Bozorga xos "ko’zga ko’rinmaydigan qo’l"
ta’siri shunday yakunlanadiki, firmalar o’z foydalarini imkoni boricha yuqori
darajaga etkazsalar, jamiyat mahsuloti ham shunchalik yuqori darajada bo’ladi.
Raqobatning bo’lishi, raqobat ta’sirining kuchayishidagi asosiy shart
xo’jaliklarning turli-tumanligidir. Umuman, kurash to’g’rililik, ko’p xalollikni talab
qiladi. Bozor iqtisodiyotida ko’p xillik xo’jaliklar, ularning
egalari bir-birlarining
raqiblari bo’lib, ular raqobat jarayonida faol ishtirok etishlari kerak. Хo’jalik turlari
juda oz yoki bir xil bo’lsa, raqobatning ta’sir doirasini kengaytirish uchun sharoit
bo’lmaydi.
Raqobat uchun xo’jalik usullari, shakllari ko’payishi kerak. Ayniqsa, xususiy
xo’jaliklar ko’payib, asosiy o’rinni egallashi zarur. Qaror xususiy xo’jaliklar bilan bir
qatorda kooperativlar, birlashma, qo’shma xo’jaliklar ko’payishi talab etiladi. Davlat
xo’jaliklari ham shaklan va ham mazmunan o’zgarib, bozor talablari asosida qayta
tashkil etilishi kerak. Bularga hissador (aktsiyali) jamiyatlar, ijarali xo’jaliklar kabilar
misol bo’li-shi mumkin.
Yuqorida aytganimizdek, busiz xo’jalik yuritishda mustaqillik bo’lmaydi,
mustaqilliksiz raqobatni tasavvur etib bo’lmaydi va umuman bozor mazmunsiz
bo’ladi.
Raqobat jahon iqtisodiyoti miqyosida ham bo’lib, uning milliy mamlakatlar
iqtisodiyotiga ham ta’siri bo’ladi.
Dostları ilə paylaş: