I kkinchi tashabbus yoshlarni jismoniy chiniqtirish, ularning sport sohasida qobiliyatini namoyish qilishlari uchun zarur sharoitlar yaratishga yo‘naltirilgan.
U chinchi tashabbus aholi va yoshlar o‘rtasida kompyuter texnologiyalari va internetdan samarali foydalanishni tashkil etishga qaratilgan.
To‘rtinchi tashabbus yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish, ular o‘rtasida kitobxonlikni keng targ‘ib qilish bo‘yicha tizimli ishlarni tashkil etishga yo‘naltirilgan.
Beshinchi tashabbus xotin-qizlarni ish bilan ta’minlash masalalarini nazarda tutadi.
Quvnoq daqiqa: ( Vatan haqida qo‘shiq kuylanadi) 9 - o‘quvchi: FIDOYILAR KERAK VATANGA O‘zbekona g‘ururi baland, Temuriylar nasliga monand, Xalqi bilan yuragi payvand Fidoyilar kerak Vatanga! Vatanim deb, o‘zin unutgan, Yov kelganda ko‘ksini tutgan, Farzand bo‘lib jonini tikkan Fidoyilar kerak Vatanga! Oltin zamin belbog‘larini, Osmon o‘par alp tog‘larini, Asraguvchi bog‘-rog‘larini Fidoyilar kerak Vatanga! O ‘quvchilar bilan davlat ramzlari nomlari va ularni tasvirlari yuzasidan suhbat o‘tkazilib, tarmoqlanadi. O‘quvchilar ramzlar haqida she’rlar ijro etadilar.
10 – o‘quvchi:O‘zbekiston bayrog‘i Hilpirar ko‘kda erkin. Havorang, oq va yashil, Keltiraylik ta`rifin. Ko‘k rangi bu – osmonimiz, Yashil bog‘-u bo‘stonimiz. Oq rang- poklik, qizil rang, Tomirdagi qonimiz. 11- o‘quvchi: Vatanimizning gerbida, Charaqlab turar quyosh. Qanotini keng yoyib, Mag‘rur turar Humo qushi. O‘ng tomoni paxtazor, Yurtimning oq- oltini. So‘l tomoni bug‘doyzor, Vatanimizning non-doni. 12 – o‘quvchi: Yillar o‘tar, Qomusimiz bo‘lsin omon, Keng jahonda o‘zbek elim sursin davron. Doim bo‘lsin o‘zbek elim Qomusli el, Omon bo‘lsin Qomusli el, nomusli el 13- o‘quvchi: Serquyosh hur o‘lkam, deya madh etib, Kuylayman jamoling, jonajon yurtim. Kelajaging buyuk, toleying ulug‘, Yo‘llaring nurafshon, nurga kon yurtim. . Yoshlarni jismoniy tarbiya va sport bilan muntazam shug‘ullanishga keng jalb etish, yoshlar orasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, voyaga yetmaganlar va yoshlar o‘rtasida huquqbuzarlik va jinoyatlar sodir etilishini oldini olish, barkamol avlodni tarbiyalashda ommaviy-axborot vositalari va zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan samarali foydalanish yurtimizda yaratilgan keng imkoniyatlarning mingdan biridir. Respublikamizda ta’lim tizimining rivojlanishi shiddat bilan o‘sib bormoqda. Mustaqillikdan avvalgi an’anaviy darslar o‘rnini noan’anaviy tarzdagi insonparvarlashtirilgan ta’lim egallagani, dars jarayonida o‘quvchining faollashtirish yo‘lida barcha choralar qo‘lanayotgani to‘g‘risida suhbatlashiladi.