Tayanchkompetensiyaelementlari:
Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi: televizor, radio, telefon orqali berilgan xabarlarni gapirib bera olish. O‘z-o‘zini rivojlantirish kompetensiyasi: kattalarni hurmat qilish, ularning nasihatiga amal qilish, jamoat joylarga o‘zini tuta bilish. Milliy va umummadaniy kompetensiyasi:milliy bayramlarni, milliy qadriyatlarni, o‘zi yashab turgan tarixiy obidalarni bilish va bir-biridan farqlash. Dars turi: aralash Dars metodi: suhbat, savol- javob, “Tarmoqlash” metodi, “Bilarjonni kim yengadi?” ta`limiy o‘yini. Darsning jihozi: d idaktik jihoz: Prezidentimiz Sh.Mirziyoyevning “Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz”, “Erkin va farovon, demokratik O‘zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz” asari, davlat ramzlari, Harakatlar strategiyasiga oid video va audio yozuvlar, mustaqillik yillari rasmlari. texnik jihoz: televizor, noutbuk, slaydlar. Darsning borishi: I.Tashkiliy qism: a)salomlashish hamda navbatchi axborotini tinglash; b) davomatni aniqlash hamda tozalik nazorati; s) ma`naviy daqiqa. Dars shiori: “Mustaqillik nuriga to‘lsin Vatan, Fidoying bo‘lgaymiz seni, O‘zbekiston!” o‘quvchi: So‘zimiz boshi salom,
Ish boshidir intizom. Ustozlarga chin dildan, Deymiz, salom , assalom! o‘quvchi: Mustaqil yurtimizning,
Kelajagi bizlarmiz. Ona Vatan bag‘rida, Baxtin topgan bizlarmiz. 3- o‘quvchi: Ona yurtga muhabbat, Yosh avlodning dilida. Madhiyamiz yangraydi,
Bolajonlar tilida. O‘qituvchi: - Assalomu alaykum, bilimga chanqoq o‘quvchilar, aziz mehmonlar, Istiqlolning 32 yilligiga bag‘ishlangan darsimizni boshlaymiz. 4- o‘quvchi: Mustaqillik qutlayman seni, Bor san’atim, bayotim bilan. Mustaqillik asrayman seni, Kerak bo‘lsa hayotim bilan.