Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi — jamiyatda bo‘layotgan voqea, hodisa va jarayonlarga daxldorlikni his etish va ularda faol ishtirok etish, o‘zining fuqarolik burch va huquqlarini bilish, va huquqiy madaniyatga ega bo‘lish layoqatlarini shakllantiradi.
Milliy va umummadaniy kompetensiya — vatanga sadoqatli, insonlarga mehr-oqibatli hamda umuminsoniy va milliy qadriyatlarga e’tiqodli bo‘lish, badiiy va san’at asarlarini tushunish, orasta kiyinish, madaniy qoidalarga va sog‘lom turmush tarziga amal qilish layoqatlarini shakllantiradi.
Sinf soati mashg‘ulotning jihozi:Tabiat manzarasi , o‘simliklar ,hayvonlar aks ettirilgan rasmlar va videotasmalar.
Mashg‘ulot turi:yangi bilim beruvchi, bilimlarni mustahkamlovchi, amaliy, nazariy, aralash, noan’aviy, ananaviy.
Mashg‘ulot uslubi: tushuntirish, suhbat, tezkor savol – javob, amaliy mustaqil ishlar bajarish, munozara, muammoli topshiriq, ko‘rgazmali va boshqalar.
Mashg‘ulot metodi: guruhlarda ishlash, “kim epchil-u, kim chaqqon”, “ko‘rsam tezroq o‘rganaman”, “muammo va yechim” shu kabi metodlar.
Mashg‘ulot jihozi:mavzuga oid rasm, ko‘rgazmalar va tarqatma materiallar, o‘quv qurollari, elekron materiallar.
Mashg‘ulotning borishi: Tashkiliy qism: a) Salomlashish. b) Davomatni aniqlash.
Uyga vazifani so‘rash: a) Savol – javob o‘tkazish. b) Topshiriqlarni tekshirish.
II. Asosiy qism: Tabiat manzarasi aks ettirilgan: yurtimiz ko‘chalari ,bog‘lari hayvonot dunyosi va qushlar, gulzor bog‘lar va tog‘lar aks ettirilgan videolavha namoyish etiladi. Bularning barchasi bir so‘z bilan tabiat deb atalishi aytib o‘tiladi.
O‘qituvchi: Tevarak atrofimizni o‘rab turgan, mana shu lavhada ko‘rgan barcha narsalar tabiat deb ataladi. Tabiat jonli va jonsiz tabiatga bo‘linadi.
Hozir ko‘rgan lavhani ko‘z oldingizga keltiring va shu yerdan qaysilari jonli tabiatga , qaysilari jonsiz tabiatga kirishina aniqlab olamiz.
O‘quvchilar guruhlarga bo‘linib jonli va jonsiz tabiatga kiruvchi harsalar alohida- alohida yozib chiqishadi va uni doskaga osib qo‘yiladi. Hamma ishni yakunlagach, tushunchalar umumlashtiriladi.
Demak , Hayvonlar ham odamlardek nafas olishi, ovqatlanishi, ulg‘ayishi va qandaydir holatlarda insonlarga foyda keltirishi mumkin ekan. O‘simliklar ham ildizlari orqali suv ishadi, oziqlanadi, barglari orqali nafas oladi, bizlarga iflos havoni barglari orqali tozalab, toza havo yetkazib beradi .
Bugun biz sizlar bilan tabiat haqida suhbatlashdik. Yerimizdagi har bir xas- cho‘p ham biz uchun qadrli ekani haqida bilib oldik. Tasavvur qiling, agar uyimizda bir kun kechgacha suv, tabiiy gaz va elektr nuri bo‘lmasa qanday holat yuzaga keladi. Endi bu holatni yer yuzida bo‘lmasligini ko‘z oldingizga keltiring. Buning uchun bizlar nima qilishimiz kerak? Albatta tabiatni asrab –avaylashimiz kerak . Shundagina kelajak avlodlarimiz ham bu ne’matlardan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Shu maqsadda O‘zbekiston ham ko‘p davlatlar qatori “EKOSAN” jamgarmasiga a’zo bo‘lgan . Bu jamg‘armaning asosiy maqsadi yer yuzida nobud bo‘lib ketayotgan ba’zi bir hayvonlar, o‘simliklarni ko‘paytirish va saqlash, suv va havoning ifloslanishining oldini olish choralarini ko‘rishga qaratilgan.
Bu ishda biz ham o‘z hissamizni qo‘shishimiz kerakligini tushunib oldik.