Bir kun oʻgʻlim soʻrab qoldi:
Bobolarim boʻlganmi?
Bor boʻlsalar
qani ular,
Elga xizmat qilganmi?
Nе
dеyishga qoldim hayron,
Boʻlmasdi shu turishda:
Katta bobong shahid boʻlgan
Tengsiz jangda, urushda!
«Urush» soʻzin eshitdi-yu,
Oʻgʻlim birdan oʻzgardi.
Koʻzlarida gʻazab chaqnab
Bir nimalar soʻzlardi.
Urush
muncha yomon ekan,
Oʻylab topgan kim buni?
Yalmogʻizdan
battar ekan
Odam, olam dushmani.
Mеhr
bilan tikildim shod
Shu murgʻak polaponga.
Hayajondan oʻgʻilchamni
Dast koʻtardim osmonga.
Sеning
jajji yuragingda
Olam orzu ovozi.
Yaxshi niyat oʻlmaydi hеch
Yuksak boʻlur parvozi.
Oʻgʻlim xursand soʻzlar shodon:
Yaxshi niyat oʻlmaydi!
Yashasin-ay,
Yashasin-ay,
Endi urush boʻlmaydi!
V. O‘quvchilarni rag’batlantirish . Darsni yakunlash: O‘quvchilar darsdagi ishtirokiga ko‘ra belgilangan baholash mezonlari asosida baholanadilar. Baholar o‘quvchilarning kundalik daftarlarida va sinf jurnalida aks ettiriladi. Darsda faol ishtirok etmagan o‘quvchilar bilan ishlanadi.
VI. Uyga vazifa: “Tinchlik va do‘stlik ulug‘ ne’mat” mavzusida hikoya o’rganish.
O‘TIBDO‘______ _________________
Sana:__________________________
Dostları ilə paylaş: