Umumiy o’rta ta’lim maktabi Boshlang’ich sinf o’qituvchisi ning 4-sinflar uchun O’qish



Yüklə 14,91 Mb.
səhifə37/47
tarix18.07.2023
ölçüsü14,91 Mb.
#136866
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   47
O\'qish 4.4

Mavzu: Yoz. Sh.Sa’dulla
Maqsad: DTS talablari asosida bilim berish. Ongli ifodali sidirja o’qishni o’rgatish.
Ta’limiy: Gullar va ularning turlari haqida, boychechak haqida ma’lumot berish. TK3: o‘zining xato va kamchiliklarini to‘g‘ri tushunish, o‘zini nazorat qilish va xatolarini tuzatishga harakat qilish; o‘qib-o‘rganib borish orqali bilimini oshirib borish.
Tarbiyaviy: O’quvchilarni atrof muhitni kuzatishga, tabiatni asrab – avaylashga o’rgatish.
TK3 yaxshilik va yomonlikni bir-biridan farqlay olish va yaxshi fazilatlarga rioya qilish;
Rivojlantiruvchi: Darsda o’quvchilarning faol ishtirok etishlarini ta’minlash. FK2 xalq og‘zaki ijodi namunalari va boshqa asarlarni bir-biridan farqlay oladi.
Dars turi: Yangi bilim beruvchi, o’tgan mavzuni mustahkamlash..
Dars metodi:Ifodali o’qish, mantiqiy savol - javob.
Jihozi: Mavzuga doir ko’rgazma,tarqatmali savollar.
Darsning borishi.

T/R

Bo’limlar

Vaqti

1

Tashkiliy qism

3 daqiqa

2

O`tgan mavzuni mustahkamlash

5 daqiqa

3

Yangi mavzu bayoni

15 daqiqa

4

Yangi mavzuni mustahkamlash

10 daqiqa

5

O`quvchilarni rag`batlantirish. Darsni yakunlash.

10 daqiqa

6

Uyga vazifa

2 daqiqa

Jami

45 daqiqa

I. Tashkiliy qism:
a) Salomlashish, davomotni aniqlash, tozalikni tekshirish.
b) Manaviyat daqiqasini o’tkazish Kun yangiligi.
d) ingliz tili daqiqasi ; tiger – yo’lbar, wild – yovvoyi.
II. O’tgan mavzuni mustahkamlash: O’quvchilar bilan savol-javob o’tkaziladi. Dars davomida o’quvchilar rag’batlantirilib baholanadi.
III. Yangi mavzu bayoni:
Muallif haqida: Shukur Saʼdulla 1912 yilning yanvarida Jizzax shahrida xizmatchi oilasida dunyoga keldi, boshlangʻich maʼlumotni ona shahridagi Narimonov nomli maktabda oldi. 1924 yilda Samarqand pedagogika bilim yurtida tahsil oldi, soʻngra Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston davlat universitetida oʻqidi. 1931–64 yillarda Shukur Saʼdulla Oʻzbekiston davlat va “Kamalak” (“Yosh gvardiya”) nashriyotlarid a muharrir, boʻlim boshligʻi, bosh muharrir oʻrinbosari, bosh muharrir, direktor vazifalarida mehnat qilib, bolalar uchun adabiy-badiiy kitoblar nashr etishga oʻzining barakali hissasini qoʻshdi.


YOZ
Shukur Sa’dulla
Keldi ko‘klam kabi soz,
Bizlar sevgan issiq yoz.
Ekin o‘sdi yerlarda,
Bug‘doy pishdi qirlarda.

Qip-qizardi olchalar,


Uzar yosh bolachalar.
Poliz to‘la bodring,
Dehqon, tez uzib bering!

Sabr qiling siz andak,


So‘yib beray handalak.
Quyosh ko‘kda nur sochar,
Yangi dunyolar ochar.

O‘rik yetilib pishar,


Yerlarga to‘p-to‘p tushar.
Olma, anor, nok, bodom,
To‘ymaydi yeb hech odam.

Yoz bo‘yi bizda har xil


Meva pishar to‘qson xil.

Yüklə 14,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   47




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin