Umumiy o’rta ta’lim maktabi Boshlang’ich sinf o’qituvchisi ning 4-sinflar uchun O’qish


Jami 45 daqiqa I. Tashkiliy qism



Yüklə 14,91 Mb.
səhifə41/47
tarix18.07.2023
ölçüsü14,91 Mb.
#136866
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   47
O\'qish 4.4

Jami

45 daqiqa

I. Tashkiliy qism:
a) Salomlashish, davomotni aniqlash, tozalikni tekshirish.
b) Manaviyat daqiqasini o’tkazish Kun yangiligi.
d) ingliz tili daqiqasi; past – o’tgan, pen – ruchka.
II. O’tgan mavzuni mustahkamlash: O’quvchilar bilan savol-javob o’tkaziladi. Dars davomida o’quvchilar rag’batlantirilib baholanadi.
1. Ozod bilan Nosir tog‘ yo‘lida qanday jonivorlarga duch kelishdi?
2. Do‘stlar jonivorlarning qanday xislatlari haqida so‘zlashdilar?
III.Yangi mavzu bayoni:
OYDIN KECHA
Murod Xidir
II
Ular anchagacha jim qolishdi. Bolalarning ko‘z o‘ngi- da o‘rmon bilinar-bilinmas yorishib kelardi.
Sekin-asta daraxt shoxlari orasidan shapaloq- dek-shapaloqdek yog‘dular tusha boshladi. Bir-biri bilan ayqash-uyqash bo‘lib o‘tgan ko‘lankalar jonlangandek tebranib qo‘yardi.
Endi-chi, jo‘nab qolamiz, Ozod, — shipshidi No- sir. Shunday dedi-yu, nafasi ichiga tushib ketdi. U ro‘parada nimaningdir pishqirganini, to‘p-to‘p tuyoq to- vushini aniq eshitdi. Ular vujudlarini quloqqa aylantirib, ro‘paradan ko‘z uzmay qolishdi. Haligi pishillash an- cha yaqinlashib qoldi, endi uning to‘nkadek tanasi ham ko‘zga chalindi.
To‘ng‘iz... — dedi nafasi ichiga tushib Nosir.
To‘ng‘iz o‘rik danaklarini qars-qurs chaqib, mag‘zini yeb kelardi. U bir gilam o‘rnichalik joyning danaklarini terib yedi. Uning xanjardek tishlari oy yog‘dusida goho yiltirab ko‘rinardi.
yiltirab ko‘rinardi.

To‘ng‘iz danaklarning hammasini yeb bitirdi, she- killi, tumshug‘ini yerga tegizgudek bo‘lib, so‘l tomonga yo‘rtib ketdi.
Ana shundan keyingina Nosirning dami chiqdi.
Ozod, Ozod, ketmaymiz. Bu to‘ng‘izlardan ko‘pga o‘xshaydi. Odamni naq yorib tashlaydi, deb eshitgan- man, — yolvora ketdi Nosir yig‘lamsirab.
Ozod Nosirni tinchlantirdi. Ozod o‘zi seskanayotgani- ni hech bildirmasdi.
Allamahalgacha o‘y-xayollar bilan qachon uyqu elit- ganini sezmadi... Bir mahal tizzalaridan bosh ko‘tarsaki, hammayoq yop-yorug‘ — tong otibdi. Uvushgan qo‘llari bilan ko‘zlarini uqaladi, sekin Nosirni turtkilashga o‘tdi.
Nosir, uyg‘onsang-chi, ketdik.

Yüklə 14,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   47




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin