I.Tashkiliy qism:
1.Salomlashish
2.Davomatni aniqlash.
3. Uy vazifasini tekshirish va baholash.
II. O‘tilganlarni takrorlash: Og‘zaki savol-javob o‘tkazish va uyga berilgan vazifani tekshirish.
III. Yangi mavzu bayoni: Natyurm ort ishlash jarayonida, avvalo, uning yoritilganlik darajasiga e’tibor qaratiladi. Soya, yarim soya, to‘q soya, yorug‘ joy va refleks ajratib olinadi. Ularni belgilashda quyidagi holatlarga e’tibor qarating: 1. Narsalar sirtida eng ko‘p yorug‘lik qaytayotgan joy y o ru g ‘, y a ltiro q jo y deb ataladi. Odatda, chinni, shisha, sirlangan buyumlarning yorug‘lik eng ko‘p tushib turgan joyi yaltirab turadi. 2. Narsalarning soya qismi oxiridan yorug‘likning sinib qaytishi re fle k s deyiladi. 3. Narsalardagi soyaning boshlang‘ich qismi ya rim soya, asosiy qismi - to ‘q soya deb ataladi. 4. Buyumdan tekislikka tushayotgan soya tu sh u vc h i soya deyiladi. Ranglar bilan ishlashda avval yorug‘ joylarini och ranglarda bo‘yash bilan boshlaysiz. So‘ng qovun, anor, qovun tiligidagi yorug‘ va soya joylarini mos ranglar bilan ajratib olasiz. Bo‘yash jarayonida e’tibor avval asosiy narsalarga, so‘ng mayda detallarga qaratiladi.
Naturadan rasm ishlash paytida quyidagi qoidalarga e’tibor berish zarur: - doimo chizilayotgan buyumlar bilan rasm daftaridagi tasvirni solishtirib boring; - dastlab yirik hajmli, keyin maydaroq shakllarni tasvirlashga o‘ting; - ranglar tanlayotganda faqat asosiy ranglarni ishlatmasdan hosila ranglardan ham foydalaning. Naturadan rasm ishlashni tugatar ekansiz, uning ranglarini yana bir bor tekshirib ko‘ring, xatolari bo‘lsa tuzating.
IV.Yangi mavzuni mustahkamlash:Darsning ushbu qismida o‘quvchilar dars yakunida quyida berilgan topshiriqlar va savollarga javob beradilar:
1. Rang berishda nimalarga e’tibor berish kerak?
2. Refleks, yarim soya va to‘q soya nima?