Umumiy o’rta ta’lim maktabi Boshlang’ich sinf o’qituvchisi ning 4-sinflar uchun Tasviriy san’at



Yüklə 157,3 Kb.
səhifə1/8
tarix25.12.2023
ölçüsü157,3 Kb.
#195053
  1   2   3   4   5   6   7   8
4 sinf Tasviriy san`at konspekt yangi 2022 2023 yillik konspekt




____________ viloyati __________ tumani
Xalq ta’limi bo’limi tasarrufidagi
____-umumiy o’rta ta’lim maktabi
Boshlang’ich sinf o’qituvchisi
_____________________________ning
4-sinflar uchun
Tasviriy san’at
F anidan yillik dars ishlanmalari

2022-2023-o’quv yili 4-sinflar Tasviriy san’at fanidan ishlanmalar tayyorlashda foydalanilgan yillik taqvim rejasi



T/r





Mavzular

Soat

1

Tasviriy san’atning tur va janrlari

1

2

Qovun va anor” mavzusida natyurmort ishlash

1

3

Qovun va anor” mavzusida natyurmort ishlash

1

4

Qovun saylida” mavzusida kompozitsiya ishlash

1

5

Raqqosa” haykalini ishlash

1

6

Kuzgi gullar” mavzusida rasm ishlash

1

7

Kub rasmini ishlash

1

8

Nazorat ishi

1

9

Qushlar hayoti” mavzusida kompozitsiya ishlash

1

10

O‘zbekiston me’moriy yodgorliklari” mavzusida suhbat

1

11

Kvadrat shaklida naqsh chizish

1

12

Sport o‘yinlari” mavzusida kompozitsiya ishlash

1

13

Sport o‘yinlari” mavzusida kompozitsiya ishlash

1

14

Nazorat ishi

1

15

Qish keidi” mavzusida rasm ishlash

1

16

Qish keldi” mavzusida rasm ishlash

1

17

Doira shaklida naqsh ishlash

1

18

Tuya bilan bo‘taloq mavzusida” haykalini ishlash

1

19

Ur to‘qmoq” ertagiga illustrasiya ishlash

1

20

Ur to‘qmoq” ertagiga illustrasiya ishlash

1

21

Harakatlanayotgan robot” mavzusida kompozitsiya ishlash

1

22

Harakatlanayotgan robot” mavzusida kompozitsiya

1

23

"Futbolchi" mavzusida haykal ishlash

1

24

"Tog'da bahor" mavzusida kompozitsiya ishlash

1

25

"Tog'da bahor" mavzusida kompozitsiya ishlash

1

26

Nazorat ishi

1

27

"Bahor gullari" mavzusida kompozitsiya ishlash

1

28

"Bahor gullari" mavzusida kompozitsiya ishlash

1

29

"Bokschi" mavzusiga haykal ishlash

1

30

Poyga” mavzusiga rasm ishlash

1

31

Poyga” mavzusiga rasm ishlash

1

32

Nazorat ishi

1

33

Bo‘ri bilan turna” masaliga illustrasiya ishlash

1

34

Bo‘ri bilan turna” masaliga illustrasiya ishlash

1



Sana : ___________
Mavzu: Tasviriy san’atning tur va janrlari
Darsning maqsadi:
Ta’limiy: O’quvchilarga taviriy san’at turlari haqida ma’lumot berish.
Tarbiyaviy: Ularni estetik didini tarbiyalash.
Rivojlantiruvchi: O’quvchilarning badiiy ijodiy qobiliyatlari, badiiy - estetik didlarini o’stirish, tasviriy malakalarini rivojlantirish.
Kommunikativ kompetensiya:
muloqotga kirishishda muomala madaniyatiga rioya qilish.
Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi:
axborot manbalaridan (televizor, radio, audio-video yozuv, telefon) foydalana olish.
O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi:
o‘qib-o‘rganish orqali bilimini oshirib borish.
Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi:
o‘quvchilik burch va huquqlarini, vazifalarini bilish va ularga rioya qilish.
Milliy va umummadaniy kompetensiya:
san’at asarlarini tahlil qilish.
O’tish usuli: Tushuntirish , suhbat, amaliy.
Dars jihozi: Taviriy san’at turlari mavzusiga doir fotosuratlar.
Darsning borishi.

T/R

Bo’limlar

Vaqti

1

Tashkiliy qism

3 daqiqa

2

O`tgan mavzuni mustahkamlash

5 daqiqa

3

Yangi mavzu bayoni

15 daqiqa

4

Yangi mavzuni mustahkamlash

10 daqiqa

5

O`quvchilarni rag`batlantirish. Darsni yakunlash.

10 daqiqa

6

Uyga vazifa

2 daqiqa

Jami

45 daqiqa

I.Tashkiliy qism. 1. Salomlashish.
2. Davomatni aniqlash.
3. O’quvchilarni darsga tayyorlash.
II. O’tgan mavzuni mustahkamlash: Yozgi ta’til vaqtidagi taasurotlari bilan o’rtoqlashish.
III. Yangi mavzu bayoni.
Grafika. Tasviriy san’atning eng ommaviy turlaridan biri grafikadir. «Grafika» so‘zi yunonchada «yozaman», «chizaman» degan m a’noni anglatadi. Qalam da yoki tushda ishlangan rasm lar, kitob, gazeta va ju rn a lla rg a chizilgan illustratsiyalar (2-rasm ), biror jism ga o ‘yilgan gravyuralar, plakat, stend, buyum larning etiketkalari, yorliqlari, oziqovqatla r o ‘raladigan yozuvli q o g ‘ozlar - bularning barchasi grafika nam unalari hisoblanadi.
Rangtasvir. Rangtasvir tasviriy san’atning eng jozibali va ta’sirli turi (3-rasm). Unda m usavvir bo‘yoqlar vositasida matoga, qog‘ozga yoki boshqa tekis yuzaga hayotiy hodisalarni badiiy tasvirlab beradi. Rangtasvir asarlari, asosan, moyli bo‘yoqlarda yaratiladi.
Haykaltaroshlik. Haykaltaroshlik - borliqni uch o‘lchovli shaklda tasvirlaydigan san’at turi (4-5-rasm - lar). Haykalni har tarafdan aylanib tom osha qilishimiz mumkin. Haykaltarosh Ilhom Jabborovni ng «Amir Temur», «Ahmad al-Farg‘oniy», Jaloliddin Mirtojiyevning «Bobur», «Ibn Sino», «Alisher Navoiy», «Mirzo Ulug‘bek» asarlari haykaltaroshlikning yumaloq turiga kiradi. Agar inson qiyofasi boshidan ko‘kragigacha tasvirlangan bo‘lsa, bunday haykal b y u s t deyiladi.

4-rasmda tasvirlangan haykal - byustdir. Binolarning devorlari va peshtoqlariga, tanga, medal kabi buyumlarning yuzasiga ishlangan bo‘rtma-qavariq tasvirlar haykaltaroshlikning re ly e fli h a y k a l namunalaridir. Relyefli haykaltaroshlik qavariqliq darajasiga ko‘ra barelyef (kamroq o‘yiq), gorelyef (ko‘proq o‘yiq) turlariga bo‘linadi (6-7-rasm - lar). Haykaltaroshlik asarlarini yaratishda loy, plastilin, gips, yog‘och, marmar, granit, bronza, hatto oltin, mis, kumush kabi qim m atbaho metallardan ham foydalaniladi. Tasviriy san’at janrlari. Tasviriy san’at asarlari mavzusi, mazmuni, ishlanish uslubiga ko‘ra turli janrlarga bo‘linadi. «Janr» so‘zi fransuzcha so‘z bo‘lib, «tur» yoki «ko‘rinish» m a’nosini anglatadi. Tasviriy san’at janrlari ularning turlariga ham bog‘liq. Rangtasvir va grafika asarlari quyidagi asosiy janrlarda yaratiladi:

1. Portret.
2. Manzara.
3. Maishiy.
4. Tarixiy
5. Batal.
6. Animalistik.
7. M arinistik.
8. Natyurmort

Agar kartinada aniq bir insonning tashqi qiyofasi tasvirlangan bo‘lsa, bunday asar portret janrga mansub bo‘ladi. Italiyaning m ashhur rassom i Leonardo da Vinchining «M ona Liza», M uham m ad N uriddinovning «Ona» (8-rasm ) asari portret janriga m ansubdir.


Tasviriy san’atning eng ommaviy janrlaridan biri manzara ja n rid ir. Unda rassom tabiat go‘zalligini tasvirlash bilan birga inson va tabiat munosabatlarini aks ettiradi (9-rasm).


Maishiy hayot, turmushdagi voqea va hodisalarni tasvirlovchi tasviriy san’at asarlari m a is h iy ja n rg a oid hisoblanadi (10-rasm). Biror tarixiy voqea yoki tarixiy shaxslarning tasviriga
oid tasviriy san’at asarlari ta r ix iy ja n rg a (11-rasm), jang, harbiy yurishlar tasviriga oid ishlar b a ta l ja n rig a (12-rasm), hayvonlar tasviriga oid asarlar a n im a lis tik
ja n rg a (13-rasm), suvli manzara tasviriga oid ishlar m a rin is tik ja n rg a (14-rasm) mansub bo‘ladi. N a tyu rm o rt ja n r id a g i asarlarda jonsiz narsalar tasvirlanadi (15-rasm) Fransuzcha «nature morte» - «jonsiz tabiat» degan ma’noni bildiradi.


Yüklə 157,3 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin