I. Darsni tashkil qilish.
1. Salomlashish.
2. Davomatni aniqlash
3. O’quvchilarni darsga tayyorlash.
II. O’tgan mavzuni mustahkamlash: O’quvchilarning ishlarini ko’rib chiqish ,izohlah va baholash.
III. Yangi mavzu bayoni. Rassom lar o‘zlari kuzatgan voqea-hodisalarni xayollarida umumlashtirib, yaxlit bir kompozitsiya yaratadilar. Buning uchun ular qalamda, bo‘yoqda xomaki eskizlar, qoralama rasmlar, e tu d la r ishlaydilar. So‘ng ularning eng maqbuli asosida rassom tasavvuridagi tasviriy san’at asari paydo bo‘ladi. «Qovun saylida» mavzusidagi kompozitsiyaning yechim ini xayolingizda tasavvur qilib ko‘ring: 1. Qovun va tarvuzlarning qanday navlarini bilasiz? 2. Qovun va tarvuzning shakli va rangi bir-biridan qanday farq qiladi? Ishni rasm daftari yuzasiga yer va osmon chegarasi - gorizontal u fq c h iz ig ‘in i o‘tkazishdan boshlaysiz. Chiziq daftar yuzasining o‘rtasidan yuqoriroqda o‘tkaziladi. Avval chizmoqchi bo‘lgan kishilarning o‘tirgan holatlarini, atrof-muhitni qoralama chiziqlar yordamida umumiy ko m p o n o vka qilib oling. So‘ng mayda detalla rn i ish la sh g a o ‘ta siz. C h iz a y o tg a n in g iz d a birinchi planda tarvuz-qovun, ikkinchi planda kom pozitsiya markazida bobo va nabira, uchinchi planda dasturxonga tugilgan tushlik, to‘rtinchi planda - perspek- tiva d a uzoqlardagi poliz dalasi va daraxtlar tasvirlanishi mumkin (21-rasm). Dastlab ishlayotgan rasmingizning bir necha xomaki eskizini chizib ko‘rsangiz, ishingiz yanada mazmunliroq chiqadi. Qalamtasvirda ishlab bo‘lganingizdan so‘ng rangtasvirda ishlashga o‘tasiz. Eng avval inson qiyofalari, chayla, so‘ng orqa zamin - tabiat ko‘rinishi ranglarda ishlanadi. Bo‘yoq bilan ochdan to‘qqa tarzida ish yuritiladi. Soya, yarim soya, to‘q soya va hosila ranglarni topishda rangshunoslik qoidalariga amal qilinadi. Avval och rang tuslari, keyin to‘q rang tuslari berib rasmni tugallaysiz.