Umumiy o’rta ta’lim maktabi Texnologiya fani o’qituvchisi ning Mohir qo‘llar To’garak reja va ishlanmalari



Yüklə 8,6 Mb.
səhifə11/46
tarix22.09.2023
ölçüsü8,6 Mb.
#146990
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   46
MOHIR QO\'LLAR

Mashg’ulot turi: Bilimlarni mustahkamlovchi. Yangi bilim beruvchi.
Mashg’ulot uslubi: Tushuntirish, suxbat, tezkor savol – javob, amaliy mustaqil ishlar bajarish
Mashg’ulot metodi: guruhlarda ishlash, “Aqliy hujum”, “Kim epchil-u, kim chaqqon”, “Klaster”, “Blits savollar”, “Nilufar guli”, “Eng boy o‘quvchi” va boshqalar.
Mashg’ulotda jihozi: tikuvchilik o‘quv xonasi, rasm va tarqatma materiallar, o‘quv qurollari.
Mashg’ulot bayoni:

Hozirgi kunda tikuv mashinalarining turli tumanlari mavjud bo‘lib, ularning ishga tushirilishiga qarab uch turga ajratish mumkin:
1.Qo‘l yuritmali tikuv mashinalari;
2. Oyoq yuritmali tikuv mashinalari;
3. Elеktr yuritmali tikuv mashinalari;
Har qanday tikuv mashinasi turli qismlardan tuzilgan va ular har xil mеtallar qotishmasidan tayyorlangan. Tikuv mashinasining qismlari va asosiy mеxanizmlari quyidagilardan iborat: platforma, baxya rostlagichi, qo‘l yuritma korpusi, ip o‘ragich, maxovik, tana, ip tortgich, tеpkini ko‘taruvchi richag, yuqori ipni rostlagich, igna yuritgich, moki moslamasi, qisish tеpkisi, igna plastinkasi, platforma qutisi.
Tikuv mashinasining qo‘l yuritma qismining tuzilishi quyidagicha:
Uning korpusi, katta va kichik tishli g‘ildiraklari bo‘ladi. Katta g‘ildirakka yog‘och yoki plastmassa dasta, richagga o‘rnatiladi va u g‘ildirakni aylantiradi. Tishli g‘ildi raklar harakatni po‘lat tizgin-6 orqali maxovikka uzatadi. Richagni katta tishli g‘ildirakdagi uyaga, qo‘l yuritma korpusini maxsus vint bilan mashina korpusiga mahkamlanadi. Maxovik val ni aylantiradi va mashina ishlaydi. Tikuv mashinasida ishlaganda quyidagi sanitariya-gigiena talablariga amal qilish kеrak:
1. Mashina ignasiga old yoki chap tomonidan yorug‘lik tushib turishi kerak.
2. Tikuvchining stuli ignaning to‘g‘risida bo‘lishi lozim.
3. Tikuvchi tirsagi mashina stoliga to‘g‘ri kelishi kerak.
4. Odam tanasi mashina stoldan 10-15sm narida bo‘lib, gavdani to‘g‘ri tutib, boshini sal egib o‘tirishi lozim.
5. Ignadan ko‘zgacha oraliq 30-35sm bo‘lishi lozim.
Tikuv mashinasida ishlaganda quyidagi xavfsizlik texnikasi talablariga amal qilish lozim:
1. Ixcham kiyinilgan, sochlar ro‘mol bilan o‘ralgan bo‘lishi kerak.
2. Mashina ustidan ortiqcha narsalarni olish, qaychi o‘ngda tortmada bo‘lishi kerak.
3. Tikayotgan buyum orasida to‘g‘nog‘ich bo‘lmasligi kerak.
4. Mashinada ishlashdan oldin uning ignasini va tepkisini to‘g‘ri o‘rnatilganligini tekshirish lozim.
5. Mashinada ishlayotganda diqqatni buzmaslik, harakatdagi qismlariga yaqin bormaslik kerak.

Yüklə 8,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   46




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin