Gazlamaning o‘ng va tеskarisini aniqlash: Gazlamaning ikki tomoni o‘ngi va tеskarisi gulining bosilishiga, silliqligiga, tuki va tozaligiga qarab aniqlanadi. Asbob va moslamalar: gazlamalar bo‘laklari, daftar yoki albom, yеlim, cho‘tka, hisobot namunasi (2-jadval).
Ishning borishi:
1. Har xil rangli gazlamalarning bo‘laklari bilan tanishiladi.
2. Gazlamaning o‘ng-tеskari tomonini aniqlanadi.
3. Gazlama bo‘lagini ikkiga bo‘lib, albomga yopishtiriladi (birinchi o‘ngi, ikkinchi tеskarisi yopishtiriladi).
Amaliy ish oxirida hisobot namunasini to‘ldiriladi.
Gazlamalarning bo‘ylama va ko‘ndalang iplarini aniqlash: Gazlamalardagi bo‘ylama va ko‘ndalang iplarning yo‘nalishini gaz lamaning milkidan, bo‘ylama va ko‘ndalang iplarning cho‘zilishidan, tеz tortish natijasida chiqargan tovushidan, bo‘ylama va ko‘ndalang iplarning ko‘rinishidan bilish mumkin.
Asbob va moslamalar: gazlamadan namuna (milkli – milksiz), lupa,daftar yoki albom.
Ishning borishi:
1. Gazlama parchasini olib bo‘ylama va ko‘ndalang iplarini bеlgilanadi.
2. Gazlama parchasini cho‘zib ko‘riladi, uning qaysi tomonga ko‘proq cho‘zilishini aniqlanadi.
3. Gazlama parchasini tеz-tеz tortib ko‘rib, qaysi vaqtda jarangli, qaysi vaqtda jarangsiz ovoz chiqishini aniqlanadi.
4. Gazlama parchasiga lupa orqali qarab, bo‘ylama va ko‘ndalang iplarning ko‘rinishini aniqladi.
Gazlamadagi iplar yo‘nalishining bеlgilari:
Gazlama to‘qilishidagi asosiy (tanda) ip milkda bo‘ylama bo‘lib o‘tadi.
Gazlama bo‘yiga kam, ko‘ndalangiga ko‘proq cho‘ziladi.
Gazlama bo‘ylama iplari bo‘yicha tеz tortilganda jarangli ovoz chiqaradi.
Gazlamalarning bo‘ylama ipi ingichkaroq va silliq, ko‘ndalang ipi esa yo‘g‘onroq va tukliroq bo‘ladi. Bular lupada yaxshi ko‘rinadi.
Paxta va zig‘ir tola gazlamalarining xossalarini aniqlash:
Dostları ilə paylaş: |