Umumiy o’rta ta’lim maktablarida axborot texnologiyalarining o’rni (2 soatma’ruza). Reja



Yüklə 37,19 Kb.
səhifə8/10
tarix29.08.2022
ölçüsü37,19 Kb.
#63325
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Документ Microsoft Word

Elektron nashr sahnasi-mazmunida alohida tuzilish komponentlari aniq bo’lgan mazmuniy, mantiqiy jixatdan foydalanuvchi bilan elektron nashr o’zaro harakatining dasturiy rejasi.
Atama – berilgan fan sohasiga moslashtirilgan va yirik ilmiy aniqlovchiga ega bo’lgan maxsus tushunchani aks ettiradigan so’z yoki so’z birikmasi.
Testlashtirish-statik asoslangan shkala va me’yorga tayanadigan, miqdoriy baho bilan yakunlanadigan testlar asosida o’lchash yoki shakllantirilgan baholash.
Test topshirig’i-testning minimal tashkil etuvchi birligi bo’lib, topshiriq turiga bog’liq ravishda tanlash uchun javoblar to’plamiga ega bo’lishi yoki bo’lmasligi mumkin.
Masofadan o’qitish-o’quv yurtidan uzoq masofadagi jismoniy shaxsga o’qituvchilarning doimiy maslahat olish bilan ta’lim olish imkoniyatini ta’minlaydigan zamonaviy pedagogik, kompyuterli va telekommunikatsion texnologiyalar, uslublar va vositalar majmuasi.
Yagona axborotli ta’lim fazasi-ta’lim oluvchilar, o’qituvchilar va ta’lim muassasalari boshqaruvi va jamiyatni axborotli ta’minlashning yagona texnologik vositalari bilan ta’minlaydigan kompyuterli texnikadan foydalanishga asoslangan dasturli telekommunikatsion muhit. Ushbu muhit ta’lim jarayoni va ta’lim muassasasini boshqarishni axborot bilan qo’llab-quvvatlashga, ta’lim jarayonining borishi va natijalari, shuningdek ta’limdan tashqari tadbirlarni axborotlashtirishga mo’ljallangan.
Gipermatnning axborotli maqolasi sarlavhasi-gipermatnning axborotli maqolasi, maqolada yozilgan axborot ob’ektining nomlanishi berilgan sarlavha bilan ta’minlanadi.
Elektron topshiriqlar-o’qituvchiga ta’lim oluvchilarning individul imkoniyatlarini hisobga olgan holda mustaqil va nazorat ishlari uchun tartibga keltiradigan topshiriqlar majmuini o’zida aks ettiruvchi axborot manbasining muhim ko’rinishidir. Yaratilgan topshiriqlar ta’lim oluvchilarga an’anaviy «qog’oz» li va elektron variantlarida tavsiya etilishi mumkin.
Illyustratsiya-matnni tushunishga yordam beruvchi, o’rganilayotgan ob’ekt, jarayonni tasvirlab beruvchi rasmlar, sxemalar, diagrammalar, fotografiklar va boshqa grafik tasvirlar.
Elektron vosita-ta’lim jarayoni qatnashchilariga ishlab chiqish, o’zgartirish, bog’lash, uzatish, uzoqlashtirish, saqlash va axborot agentlari ustida boshqa faol harakatlarni amalga oshirish imkonini beruvchi vosita.

Yüklə 37,19 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin