194
UMUMIY O’RTA TA’LIM MAKTABLARIDA INFORMATIKA FANINI
O’QUVCHILARGA SAMARALI O’QITISHDA AXBOROT
TEXNOLOGIYALARINING AHAMIYATI
Turdiyeva Laylo Niyozovna
Navoiy viloyati Karmana tumani 9-maktab
Informatika fani o’qituvchisi
Annotatsiya:
Umumiy o’rta ta’lim maktablarida o’quvchilar ta‘lim jarayonida
axborot texnologiyalarning o’rni hamda zamonaviy ta’lim texnologiyalari haqida
ma‘lumotlar beriladi.
Kalit so’zlar: axborot kommunikatsiya texnalogiyalari, muammoli metodi,
tadqiqotchilik metodi.Interfaol metodlar.
Respublikamizdagi Umumta’lim maktablarida informatika fanini o’quvchilarga
samarali o’qitish,o’rgatish bo’yicha keng qamrovli ishlar amalga oshirib
kelinmoqda.Zamonaviy fan ta‘limning elektron axborot resurslarini shakllantirish va
rivojlantirish
uchun
tegishli
sharoitlami
yaratish
ta‘lim
mazmunini
takomillashtirishning zaruriy shartlaridan biri sanaladi. Zamonaviy ta‘lim tizimining
asosini sifatli va yuqori texnologiyali muhit tashkil etadi. Uning yaratilishi va
rivojlanishi tex
nik jihatdan murakkab, ammo bunday muhit ta‘lim tizimini
takomillashtirishga, ta‘lim jarayoniga axborot kommunikatsiya texnoiogiyalarini joriy
etishga xizmat qiladi. Bugungi kunda ilm-fan jadal taraqqiy etayotgan, zamonaviy
axborot vositalari keng joriy etilgan jamiyatda barcha fan sohalarida bilimlarning tez
yangilanib borishi, ta‘lim oluvchilar oldiga ularni tez va sifatli egallash bilan bir
qatorda, muntazam va mustaqil ravishda bilimlarni egallash vazifasini qo’ymoqda.
Bu vazifani amalga oshirishda o’qitishning to’rtta asosiy metodidan foydalanish
maqsadga muvofiqdir. Bular:
- tushuntirish;
- reproduktiv;
- muammoli;
- kreativlik.
Birinchi metod-
tushuntirish illyustratsiyalash o’quvchi bilan ta‘lim tizimi
o’rtasida aks aloqaning mavjudligni ko’zda tutmagani bois uni kasbiy kompyuter
(axborot kommunikatsiya texnologiyalari) dan foydalaniladigan tizimlarda qo’llash
befoyda. O’qitishning hisoblash texnikasi vositalaridan foydalaniladigan, reproduktiv
metodi o’quvchiga o’qituvchi va axborot kommimikatsiya texnologiyalari tomonidan
195
xabar qilinadigan bilimlami o’zlashtirishni hamda ta‘lim oluvchining o’rganilgan
materialni qayta yaratish, uni o’xshash (analogik) vaziyatlarda qo‘llashga oid
faoliyatni tashkil qilishni kozda tutadi.Mazkur metodni axborot kommunikatsiya
texnologiyalaridan foydalanish bilan qo’llash ta‘lim jarayonini tashkil qilish sifatini
jiddiy yaxshilash imkonini bersada, biroq
о’quv jarayonini an‘anaviy qollanadigan
sxemadan (axborot kommunikatsiya texnologiyalarisiz) foydalanilganiga nisbatan
tubdan o’zgartirishga imkon bermaydi.Bu jihatdan muammoli hamda tadqiqotchilik
metodlaridan foydalanish ko’proq o’zini oqlaydi. O’qitishning muammoli metodi
axborot kommunikatsiya texnologiyalarining
о’quv jarayonini qandaydir muammoni
qo’yish va uni hal qilish yechimlarini izlash sifatida tashkil qilishga oid
imkoniyatlaridan foydalanadi. Asosiy maqsad ta‘lim oluvchining bilish faolligini
oshirishga maksimal darajada k
о’maklashishdan iborat. Ta‘lim jarayonida
olinayotgan bilimlar asosida turli toifadagi masalalarning yechilishi, shuningdek,
qo’yilgan muammoni hal qilish uchun zarur bo‘ladigan qator qo’shimcha bilimlami
olish va tahlil ko’zda tutiladi. Bunda axborotni to’plash, tartiblashtirish, tahlil va
uzatishga oid ko’nikmalami egallashga alohida e‘tibor qaratiladi.O’qitishning axborot
kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanilgan tadqiqotchilik metodi ta‘lim
oluvchining ma‘lum darajada ilmiy texnik tadqiqot olib borish jarayonidagi mustaqil
ijodiy faoliyatini ko’zda tutadi. Bu metoddan foydalanilganda ta‘lim faol tadqiqot,
kashfiyot va o’yin natijasi sanaladi, buning natijasida, odatda, yuqorida sanab
o’tilgan metodlardan foydalanilganidan ko’ra yoqimliroq va muvaffaqiyatliroq
boiadi.
О’quv jarayonida kompyuterlardan foydalanish bo’yicha dastlabki tajribalar
hisoblash texnikasidan foydalanish ta‘lim jarayoni samaradorligini sezilarli darajada
oshirishi, bilimlarni hisobga olish va baholashni yaxshilashi, qiyin vazifalarni hal
qilishda o’qituvchining har bir ta‘lim oluvchiga yakka tartibda yordam berishini
ta‘minlashi, yangi kurslami yaratish va qo’yishni osonlashtirish kabi imkonyatlarni
berishini ko’rsatdi.Axborot kommunikatsiya texnologiyalari vositalarining ta‘limning
boshqa texnik vositalariga qaraganda asosiy ustunliklari nozikligi, ta‘limning turli
m
odellari va algoritmlariga sozlash, shuningdek har bir ta‘lim oluvchining xatti-
harakatlariga yakka tartibda ta‘sir qilish imkoniyati sanaladi. Bunday vositalardan
foydalanish ta‘lim jarayonini yanada faollashtirish, unga tadqiqotchilik va
izlanuvchanlik x
arakterini bag‘ishlash imkonini yaratadi. Axborot kommunikatsiya
texnologiya vositalari o’quv jarayonida quyidagi eng muhim jihatlari bilan alohida
ahamiyatga egadir:
-
individual
o’qitish
jarayonini
tashkil
qilishi;
-
o’qish jarayonini baholash, teskari aloqa bogiashi; - o’zini-o’zi nazorat qilish va
tuzatib borishi; -
o’rganilayotgan fanlami namoyish etishi va ulaming dinamik
196
jarayonini ko’rsatishi; - fan mavzularida animatsiya, grafika, multiplikatsiya, ovoz
kabi kompyuter va axborot texnologiyalardan foydalanishi-
o’quvchi talabalarga
fanni o’zlashtirish uchun strategik ko’nikmalar hosil qilishi va hokazo. Shuningdek,
axborot kommunikatsiya texnologiyalari vositalarining amaliy tomoni ulardan
о’quv
jarayonida foydalanish va keigusida ta‘lim tizimida o’quv jarayoni uchun ma‘lumotlar
bazasini va virtual stendlar yaratishdek muhim vazifani amalga oshirishga zamin
hozirlaydi.Bugungi kunda nafaqat ta‘lim tizmini balki boshqa soha tizimlarini ham
axborot texnalogiyalarsiz tasavvur qilish qiyin. Ta‘lim tizmida axborot
texnalogiyalaridan foydalanish ta‘lim sifatini yanada oshirishga darslarni yanada
qiziqarli va maroqli bo‘lishiga yordam beradi. O‘z navbatida o‘quvchida bu
texnalogiyalar yordamida turli amallar va topshiriqlar bajarishda o‘zining yangicha
keri
ativ g’oyalardan foydalanib amallar bajarishi mumkin. Yuqoridagi innovatsion va
interfaol metodlar orqali o’quvchilar infomatika fanini o’rganishi va tushunishi
ancha yaxshilanadi va amaliyotda qo’llashida yaxshi samara bera oldi.
FOYDALANILGAN ADABIY
OTLAR RO’YXATI:
1. A.Xoliqov. -Pedagogik mahorat. -
Т.: Iqtisod-moliya. 2010.
2. R.Mavlonova va boshqalar. -Pedagogika. -
Т.: O’qituvchi, 2008.
3. . R.Mavlonova, N.Raxmanqulova, N.Vohidova. -Pedagogika nazariyasi va
tarixi. Darslik.-
Т.: Fan va texnologiyalar. 2010.
4 H.T.Omonova boshqalar -Pedagogik texnologiyalar va pedagogik mahorat .
Darslik Toshkent - 2007
5.. Elektron ta‘lim resurslari
www.Uzedu.uz
Dostları ilə paylaş: |