Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 6- sinfi uchun darslik



Yüklə 1,29 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə115/170
tarix02.06.2022
ölçüsü1,29 Mb.
#60389
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   170
Ona tili 6 sinf

345-mashq. 
Uyga vazifa. Yaxshi ko‘rgan daraxtingizni tasvirlang.
Unda yasama sifatlardan foydalaning.
3-t o ð s h i r i q . Berilgan so‘zlarni tarkibiy qismlarga ajrating.
Yasovñhi qo‘shimñhalarni aniqlang va ularning ma’nolarini ayting.
Kuzgi, gulsimon, devoriy, qishki, ilmiy.
BILIB OLING.
-gi (-ki, -qi) qo‘shimñhasi ðayt va
o‘rin bildiruvñhi otlarga qo‘shilib, ðayt va o‘ringa xos
belgini, -simon qo‘shimñhasi o‘xshashlik belgisini-(v)iy
qo‘shimchasi xoslik belgisini bildiruvchi sifatlar yasaydi.


138
346-mashq. 
Gaðlarni o‘qing, sifatlarni toping, -gi, -ki, -qi qo‘-
shimñhalarining aytilishi va yozilishiga diqqat qiling.
1. Keñhki ðayt hujrada Boburning yolg‘iz o‘zi o‘tirar edi.
(P. Qodirov) 2. Daryoga doimiy ravishda irmoqlar kelib qo‘shilib
turmasa, uning oqimi jo‘shqin bo‘la olmaydi. (I. Boltayeva)
3. Shahzodaning dilini ma’yus, ammo har kungi mudhish
tuyg‘ularga o‘xshamagan, allaqanday ðokiza hislar ñhulg‘ab oldi.
(O. Yoqubov) 4. Dastlabki kunlar yo‘l unñhalik mashaqqatli
bo‘lmadi. (Mirkarim Osim) 5. Bu o‘rmonda odamsimon may-
munlar yashaydi. (Ertakdan) 6. Tashqi ishlar vazirligi bayonot
berdi. (Gazetadan)
347-mashq.
Nuqtalar o‘rniga -iy, -viy, -simon qo‘shimñhalaridan
mosini qo‘ying, imlosini tushuntiring.
1. Mening tug‘ilib o‘sgan, bolaligim o‘tgan joylar Qarshi
(qadim... Nasaf) shahridan besh-o‘n ñhaqirim shimolroq tomon-
dagi Qo‘ng‘irtov etaklaridir. (A. Oriðov) 2. Jaholatga qarshi
ma’rifat bilan kurashish uñhun xalq mafkura... jihatdan qurol-
langan bo‘lmog‘i kerak. (S. Olimov) 3. Osmon tið-tiniq, oyning
kumush... tumanli nuriga ñho‘mgan, yulduzlar siyrak edi.
(O‘. Hoshimov) 4. Ayniqsa, Nasriddin Afandining quvnoq sar-
guzashtlari bilan tanishish uning tabiatiga xos hajv... mayllarga
turtki beradi. (N. Karimov)
1. -iy, -viy qo‘shimñhalarining ishlatilish o‘rinlari haqida
gaðiring.
2. -gi, -ki, -qi qo‘shimñhalari va ularning imlosi to‘g‘risida
so‘zlab bering.
3. -simon qo‘shimñhasi yordamida so‘zlar yasang.

Yüklə 1,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   170




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin