Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 6- sinfi uchun darslik



Yüklə 1,29 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə19/170
tarix02.06.2022
ölçüsü1,29 Mb.
#60389
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   170
Ona tili 6 sinf

64-mashq.
 
Uyga vazifa. Qo‘shimchalarni turiga qarab jadvalga
joylashtiring. Ular ishtirokida so‘zlar hosil qiling va shu so‘zlarni
qatnashtirib gaplar tuzing.
-bon, -shunos, -gi, -lar, -imiz, be-, -ib, -li, -ona,
-guncha, -soz, -paz, -ga, -siz.
Topshiriq. -zor, -iston, -li qo‘shimchalari yordamida olcha, o‘zbek,
iroda asoslaridan yangi so‘zlar yasang. Asosdan anglashilgan ma’no
bilan yangi yasalgan so‘z ma’nosi o‘rtasidagi farqni ayting.
BILIB OLING.
 
Asosga qo‘shilib, yangi ma’no hosil
qiluvchi qo‘shimchalar soz yasovchi qoshimchalar de-
yiladi. Masalan: doppi + doz, ser + qatnov, foyda + li,
taqsim + la.
a
h
c
m
i
h
s

o
q
i
h
c
v
o
s
a
y
z

o
S
a
h
c
m
i
h
s

o
q
i
h
c
v
o
s
a
y
l
k
a
h
S
SO‘Z YASOVCHI QO‘SHIMCHALAR


26
65-mashq. 
Gaplarni ko‘chiring, so‘z yasovchi qo‘shimchalarning
tagiga chizing.
1. Boboxon goh o‘chirg‘ichga, goh bug‘doyzor tomon
uchib ketayotgan chumchuq bolasiga, goh Tal’atga qarab hang-
mang bo‘lib qolgan edi. (O‘. Usmonov) 2. Bolalarning beg‘ubor
qalbi to‘lib-toshib oqayotgan daryoday jo‘shqin. (J. Razzoqov)
3. Ipakday mayin, buloq suviday tiniq xayollaringizga hech kim
xalal bermaydi. (Murod Xidir) 4. Shu-shu quyon changalzorga
yolg‘iz bormaydigan bo‘libdi. (Ertakdan)
66-mashq.
-li, -siz, -dosh, -chi, -illa, -la qo‘shimchalari yorda-
mida so‘zlar yasang va ular ishtirokida gaplar tuzing.
67-mashq. 
Matnni ko‘chiring, so‘z yasovchi qo‘shimchalarning
tagiga chizing va izohlang. Matndagi fikrga qo‘shilasizmi?
Zamonaviy bilimga ega, odobli, ilmli, barkamol va shijoat-
li farzandlar bizning kelajagimizdir. Iste’dodli, bilimdon yosh-
lar o‘qish uchun chet ellarga yuborilmoqda. Ularda shijoat,
yangilikka intilish bor. Jismoniy va ma’naviy jihatdan yoshla-
rimizni yetuk qilib tarbiyalash shu kunning bosh vazifasidir.
(Gazetadan)
68-mashq. 
Topishmoqlarni o‘qib, javobini toping. Yasama so‘zlarni
aniqlang va ulardagi so‘z yasovchi qo‘shimchalarni belgilang.
1. Qorday oppoq, parday yumshoq. 2. Qat-qat quloq, dum-
dumaloq. 3. Qush emas, qanoti bor, chiroyli savlati bor. Unga
lochin yetolmas, yengilmas quvvati bor. 4. G‘it-g‘it deydi, ish-
laydi, yerga kukun tashlaydi. 5. Kelib og‘zin ochar, tishlab
qochar.
1. Qanday qo‘shimchalar so‘z yasovchi qo‘shimchalar
deyiladi?
2. So‘z yasovchi qo‘shimchalar yordamida yangi so‘zlar
hosil qiling.

Yüklə 1,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   170




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin