Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 6- sinfi uchun darslik



Yüklə 1,29 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə20/170
tarix02.06.2022
ölçüsü1,29 Mb.
#60389
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   170
Ona tili 6 sinf

69-mashq. 
Uyga vazifa. «Aqlli bola — elga manzur» mavzusida matn
tuzing. Unda ishtirok etgan qo‘shimchalarni ajrating va turini ayting.


27
TUB VA YASAMA SOZLAR
1-topshiriq. Boshliq, boshla, bebosh, boshsiz so‘zlarini bir-biriga
taqqoslang. Ularning bosh so‘zidan farqini ayting.
2-topshiriq. -boz, -chan, -la qo‘shimchalari yordamida yangi so‘zlar
yasang.
BILIB OLING.
 
Tarkibi asos va yasovchi qo‘shim-
chalarga bo‘linmaydigan so‘zlarga tub sozlar deyiladi.
Masalan: tosh, temirga, quyoshimiz.
Asosga so‘z yasovchi qo‘shimchalar qo‘shilishi orqali
hosil qilingan yangi asos sodda yasama sozlar deyiladi.
Masalan: toshloq, temirchi, temirchilik, serquyosh.
ESDA TUTING. 
So‘zning qo‘shimchalarsiz qismi
asos sanaladi. Bir umumiy asosga ega bo‘lgan so‘zlar
asosdosh sozlar sanaladi: tashvishli, sertashvish, tash-
vishlanmoq kabi.
70-mashq. 
Matnni o‘qing. Tub va yasama so‘zlarga izoh bering.
Siz ham dor o‘yinini ko‘rganmisiz? U sizda qanday taassurot
qoldirgan?
Dor qurilgan maydonda bolalar arqonlarga osilib
o‘ynamoqda. O‘ktam ham yo‘g‘on arqonni siltab-siltab ko‘rdi,
dor atrofida aylanib, uning uskunasini qiziqib ko‘zdan kechir-
di. U bolalikdan bu o‘yinni sevar edi. Bir necha yildan buyon
ko‘rmagani uchun tomosha qilgisi keldi. Qani, dorboz qo‘liga
langarni olib «baka-baka-bang» maqomi ostida ohangdor, yengil
odimlar bilan arqondan yura qolsa hozir. (Oybek)
71-mashq. 
Gaplarni ko‘chiring, ajratib ko‘rsatilgan so‘zlarga izoh
bering.

Yüklə 1,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   170




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin