Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 6- sinfi uchun darslik



Yüklə 1,29 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə28/170
tarix02.06.2022
ölçüsü1,29 Mb.
#60389
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   170
Ona tili 6 sinf

BILIB OLING.
 Ma’lum bir so‘roqqa javob bo‘lib,
biror gap bo‘lagi vazifasida keladigan so‘zlar mustaqil
sozlar sanaladi: fe’l, ot, sifat, son, olmosh va ravishlar
mustaqil so‘zlardir.
91-mashq.
So‘zlarga so‘roq berib, guruhlarga ajrating. Ular ishti-
rokida gaplar tuzing.
Maroqli, tabiat, iroda, shubhalanmoq, shu, minglarcha,
hatto, harakatchan, ehtirom, ta’sir, ko‘rsatmoq,
bo‘ysundirmoq, qo‘llab-quvvatlamoq, va, haqiqat, unutmoq,
biroq, agar, oliyjanob, million, ertalab, tez, ular, yaratmoq,
yuzlab, keskin, oddiy, biz, har qaysi, albatta, voy, oh.
92-mashq
Hikmatli so‘zlarni daftaringizga ko‘chiring. So‘zlarga so‘roq
berib, ularning qaysi so‘z turkumiga kirishini aniqlang.
1. Olimlarning xizmati mangu qoladi. (Ulug‘bek) 2. Ha-
qiqatni ochinglar, to‘g‘ri yo‘ldan yuringlar. Bir-biringizdan bilim
o‘rganinglar. (Abu Ali ibn Sino) 3. O‘qib-o‘rganmasdan ham
foyda-zararning farqiga yeta olaman, degan odamni tentak deb
bilmoq kerak. (Suqrot) 4. Ilm urug‘lari sochilsa, elga baraka
beradi. (D. Mendeleyev)
1. So‘z turkumlari deb nimaga aytiladi?
2. Mustaqil so‘z turkumlari qaysilar?
3. Yordamchi so‘z turkumlari haqida gapiring.
93-mashq. 
Uyga vazifa. «Ilm — tuganmas xazina» mavzusida matn
tuzing. Undagi so‘zlarning so‘rog‘ini va qaysi so‘z turkumiga kirishini
aniqlang.


37
1-topshiriq. Berilgan so‘zlarga -ma qo‘shimchasini qo‘shing.
So‘zlarning qanday so‘roqqa javob bo‘lishi va -ma qo‘shimchasining
ma’nosini aniqlang.
O‘qi , keldi , qiziqadi.
2-topshiriq. Nima qildi? so‘rog‘iga javob bo‘luvchi to‘rtta so‘z
toping. Ularni tarkibiy qismlarga ajrating.

Yüklə 1,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   170




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin