34
85-mashq.
Matnni o‘qing. Meva nomi ostida birlashadigan so‘zlarni
ko‘chirib yozing. Ularning farqli belgilariga diqqat qiling. Shunday
bog‘da bo‘lganmisiz? Taassurotlaringiz haqida gapirib bering.
Havo issiq va shabadasiz edi. O‘riklar g‘arq pishgan. Yo‘llarga
to‘kilib, oftobda oltinlanib yotadi.
Oldinpishar jonoqi olmalar
olovday yonadi. Hali ... shaftolilarning shoxlari yerda. Qizilsul-
tonlar yoqutday chaqnaydi. O‘ktam mevalarni saralaydi, hid-
laydi,
biroq yegisi kelmaydi, ko‘zi to‘q. (
Oybek)
86-mashq.
Matnni ko‘chirib yozing. Yana qanday bolalarning
o‘yinlarini bilasiz? Ularning o‘xshash va farqli tomonlari haqida bahs
yuriting. O‘z mahallangiz haqida so‘zlab bering.
Mahallamizning
bir tomoni Tikonlimozor, bir tomoni
Qo‘rg‘ontagi. Uzun ko‘chaning o‘ng, chap tomonidagi pastqam,
tor ko‘chalarda o‘g‘il va qiz bolalar to‘planib, har xil o‘yinlar
o‘ynaymiz. «Kurash», «Botmon-botmon», «Oq terakmi, ko‘k
terak?», «Qushim boshi», «Mindi-mindi», «Bekinmachoq»
degan o‘yinlarimiz bor. (
G‘afur G‘ulom)
87-mashq.
Matnni o‘qing. Qovun nomi ostida birlashadigan so‘zlarga
diqqat qiling. Ularning o‘xshash va farqli jihatlarini toping.
Qovun navlarining atalish usullari xilma-xil.
Qovun nav-
lariga nom berishda tashqi ko‘rinishi, rangi, ta’mi, to‘rlarining
tuzilishi, pishish muddati kabi belgilarga alohida e’tibor be-
riladi. Gulobi, obinovvot, shakarpalak, asadi, bo‘rikalla, ko‘kcha,
qirqma, amiri, umrboqi kabi qovun
nomlari til boyligimizning
bir qismi sanaladi. Xullas, har bir qovun nomining o‘z tarixi
va ma’nosi bor. (
M. Safarov)
88-mashq.
Quyidagi so‘zlarni guruhlarga ajrating. Ularni guruh-
lash imkonini beradigan belgilarni aniqlang.
Har bir guruhga umumiy
nom bering.
Tepalik, chumchuq, bug‘doy, arpa, tog‘, qir, musicha,
qaldirg‘och, jarlik, adir, olaqanot, cho‘qqi, g‘or, tosh,
zag‘izg‘on, sholi, makkajo‘xori.
1. To‘plam nima?
2. Tasnif nima?
35
3. Tasnifda qanday belgilarga tayaniladi?
4. O‘quv qurollarini sanang. Ular o‘rtasidagi o‘xshash
va farqli tomonlarni ayting.
Dostları ilə paylaş: