1-topshiriq. O‘qidi, o‘qitdi, o‘qishdi, o‘qildi fe’llarini bir-biriga
qiyoslang. Ulardagi bir xil va farqli qismlarni toping.
2-topshiriq. Ishla fe’liga -t, -sh qo‘shimchalarini qo‘shing. Ma’noda
qanday o‘zgarish bo‘lganini ayting.
BILIB OLING.
Bajaruvchisi aniq bo‘lgan harakat
yoki holatni bildirgan fe’l shakli aniq nisbat deyiladi.
111-mashq.
Matnni o‘qing. Aniq nisbatdagi fe’l ishtirok etgan
gaplarni ko‘chiring. Siz qanday gazeta va jurnallarni o‘qiysiz? Shu haqda
gapirib bering.
Rahimberdi va Qudratilla amakilarim yashaydigan hovlining
ko‘chadan kiraverishida, ariq bo‘yida kattagina bo‘sh bir
o‘tinxona bo‘lar edi. Shu xonani dadam ko‘chamiz bolalari
ixtiyoriga berdilar. Bolalar ishga kirishib ketdilar. Dadam bos-
maxonadanmi, magazindanmi, juda ko‘p har xil afishalar,
«Mushtum» keltirib berdilar... So‘ng dadam o‘z kutubxonalaridan
va yana allaqayerlardan ancha kitob keltirib berdilar. Shu bilan,
qarabsizki, shinamgina kutubxona paydo bo‘ldi. Bolalar kitob,
jurnal, gazetalar o‘qigani tez-tez keladigan bo‘ldilar. (H. Qodiriy)
112-mashq.
Berilgan fe’llarni aniq nisbatga qo‘yib, ular ishtirokida
gaplar tuzing.
O‘ylamoq, pishmoq, gullamoq, kulmoq, chanqamoq,
o‘qimoq, otmoq, turmoq, varaqlamoq, uzmoq.
113-mashq.
Gaplarni yozing. Fe’llarni topib, nisbatini aniqlang.
1. Shamol toy ekan, Kuchga boy ekan, Yengil ko‘charkan,
Ko‘kka ucharkan. (Po‘lat Mo‘min) 2. Kampir tong qorong‘usida
xamir qilgani turib, ho‘kizidan xabar oldi. (Abdulla Qahhor)
3. Ra’no javob berish o‘rniga birdan yig‘ladi, ancha vaqt ko‘z
yosh to‘kib turdi. (Abdulla Qodiriy) 4. Qobil yugurib borib
do‘konxona eshigidan ko‘chaga qaradi. (Abdulla Qodiriy)
5. Ko‘zim tikdim, parqu bulutlar Ko‘char edi zilol va toza.
Lochin kabi samolyot uchar, Uchar edi solib ovoza. (Hamid
Olimjon)
Dostları ilə paylaş: |