81
T o p s h i r i q . Berilgan fe’llarning sodda fe’llardan farqini ayting
va imlosini tushuntiring.
Oldi-qo‘ydi, ketdi-qoldi, yozdi-qo‘ydi, sindi-qoldi.
BILIB OLING.
Ikki fe’l juftligidan tashkil topgan,
bitta so‘roqqa javob bo‘luvchi va gapda bitta gap bo‘lagi
vazifasida keluvchi fe’llar juft fe’llar sanaladi.
Juft fe’llar ish-harakatning tez va kutilmaganda ro‘y
berishini ifodalaydi.
Juft fe’l qismlari doimo chiziqcha bilan yoziladi.
Oldi-berdi, bordi-keldi kabi juft so‘zlar ot turkumi-
ga o‘tgan so‘zlar hisoblanadi.
Asosni takrorlash bilan hosil bo‘lgan juft fe’llar
takroriy fe’llar ham deyiladi. Òakroriy fe’l qismlari ham
chiziqcha bilan yoziladi: ishlay-ishlay, kuta-kuta, o‘
yladi-
o‘yladi kabi.
204-mashq.
Juft fe’llarni aniqlang, ularning ma’nosi
va imlosini
izohlang. Gaplarni ko‘chirib yozing.
1. Qayerga qadami tegsa, u yerni birpasda saranjom qiladi-
qo‘yadi,— deb o‘yladi ichida O‘ktam. (
Oybek) 2. U soy yo-
qalab yotqizilgan omonat
toshlardan sakrab-hakkalab, ohista
yurib kelardi. (
X. Sultonov) 3. Ana, hech narsa bo‘lmagandek,
yayrab-quvnab,ochilib-sochilib yurishibdi. (
Erkin A’zam)
4. Oyim to‘yxonaga chiqdi-yu, yelib-yugurib xizmat qilib ke-
taverdi. (
O‘. Hoshimov) 5. O‘qituvchilarimning
oldiga shartta
kiraman-da, konspekt daftarini olib, o‘sha yerda ko‘chiraman-
qo‘yaman. (
Õ. Òo‘xtaboyev)
205-mashq.
Berilgan fe’llarni jadvalga joylashtiring va ular ishti-
rokida og‘zaki gaplar tuzing.
Urindi-turtindi, bahslashmoq,
bahs yuritmoq, haydamoq,
so‘radi-qo‘ydi, bordi-keldi, o‘tdi-o‘tdi, tozaladi,
javob berdi,
JUFÒ FE’LLAR
82
gulladi, shitirlamoq, havas qilmoq, qochdi-ketdi, ishladi-qo‘ydi,
yordam bermoq.
r
a
l
l
’
e
f
a
d
d
o
S
r
a
l
l
’
e
f
a
m
h
s
‘
o
Q
r
a
l
l
’
e
f
t
f
u
J
206-mashq.
Fe’llarning tuzilishiga ko‘ra
turlarini aniqlang, juft
fe’llarni ajratib ko‘chiring, ularga izoh bering.
1. Yosh Hakima boshqa o‘rtoqlaridan qolmaslik uchun qi-
zarib-bo‘zarib ishlaydi, yuzidan quyilgan terni artishga qizg‘anadi.
(
Oybek) 2. Men shu Vatan qo‘ynida undim-o‘sdim. 3. Kelga-
nimga bir hafta bo‘ldimi-bo‘lmadimi, bilmadim, uning to‘g‘-
risidagi hamma gaplarni bilib oldim. (
O‘. Umarbekov) 4. Bu
niyatni Mohlaroyim ham qo‘llab-quvvatlar edi. (
Mirza Karim)
5. Nabira ko‘rgach, omonatini osongina topshirdi-ketdi.
(
E. Madrahimov)
1. Juft fe’llar deb nimaga aytiladi?
2. Juft fe’llarning imlosi haqida so‘zlab bering.
3. Òakroriy fe’llarga misollar keltiring.
Dostları ilə paylaş: